Toshkent davlat transport universiteti


Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.08.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#138928
1   2   3   4   5
2 5269466633541267628

1.Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli.
 
Qo'qon MTU: Yangi o'quv-mashg'ulot markazi bunyod 
etildi 
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining har 
bir korxonasida, stansiyalarda, uchastka yo'llarida 


harakat xavfsizligini ta'minlash, ishchi-xodimlarning 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga 
qat'iy rioya etishini nazorat qilish asosiy talablardan biri. 
Buning uchun soha xodimlari ishtirokida o'quv 
amaliyotlarini tashkil etib, tajriba va malakasini oshirishga 
mas'uliyat bilan yondashiladi. Xususan, “Qo'qon 
mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK hududida “O'quv 
mashg'ulot markazi” tashkil 
etildi. Uzel rahbariyati va 
yetakchi mutaxassislar ishtirokida qisqa muddatda puxta 
va sifatli ishlab chiqilgan loyiha asosida 4000 kvadrat 
metr hududda tarmoqning barcha yo'nalishlarini o'zida 
qamrab olgan o'quv poligoni xalqaro talablarga javob 
beradigan ko'rinishda bunyod etildi. 

Yangi bunyod etilgan markazda mamlakatimiz temir 
yo'l transportining barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha 
o'quv va amaliy mashg'ulot o'tkazish uchun o'quv 
poligoni tashkil etildi, 

deydi Рersonalni boshqarish va 
kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig'i Muxsinjon 
Mamasidiqov. 

Ushbu markaz nafaqat sohaga endi 
qadam qo'ygan yosh mutaxassislar bilim ko'nikmaklarini 
oshirishga, balki uzoq yillik tajribaga ega xodimlarimizni 


ham o'z yo'nalishlari bo'yicha tajribasini boyitib borishiga, 
ish jarayoni qonun-qoidalari haqida to'liq ma'lumotga 
ega bo'lishida katta samara berishi shubhasizdir. O'quv 
poligonida tashishlarni tashkil etish, vagon xo'jaligi, yo'l 
xo'jaligi, signallashtirish va aloqa, elektr ta'minoti, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo'yicha yoshlar 
o'z bilim va ko'nikmalarini ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan oshirib borishlari uchun barcha qulayliklar 
yaratilgan.
Temir yo'l transportida asosiy yo'nalishlar va harakat 
xavfsizligini ta'minlashga aloqador barcha soha qamrab 
olingan o'quv poligonida tashishlarni tashkil etish 
yo'nalishi bo'yicha stantsiya navbatchisi xonasi qurilib, 
poligondagi stantsiya yo'llari, svetoforlar va strelkali 
o'tkazgichlar ga ulangan pult-tablo o'rnatildi. Vagon 
xo'jaligi bo'yicha o'quv poligoniga vagon o'rnatilib, zaruriy 
ehtiyot qismlar bilan ta'minlandi. Ishchilarga vagon 
qismlarining nosozligini aniqlash va ularni qanday 
bartaraf qilish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Yo'l 
xo'jaligi bo'yicha tashkil etilgan o'quv poligoniga temir 
yo'l yotqizilib, ish jarayonida zarur bo'ladigan barcha 


extiyot qismlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari temir 
yo'llardagi nosozliklar, ularni bartaraf etish bo'yicha 
texnik mashg'ulotlar o'tkazilishi uchun barcha sharoitlar 
yaratildi. Signallashtirish va aloqa xo'jaligi hamda Elektr 
ta'minoti xo'jaliklari bo'yicha o'quv poligonida rele 
qurilmalari, svetoforlar, aloqa vositalari, kontakt tarmog'i 
o'rnatilgan bo'lib, ulardan to'g'ri foydalanish, 
nosozliklarni bartaraf qilishni amaliy jihatdan 
o'rganishlarlari mumkin.
Shuningdek, yig'ilishlar va texnik mashg'ulotlar o'tkazish 
uchun xonalar tashkil qilinib, ular zamonaviy texnik 
vositalari, ko'rgazmali qurollar va plakatlar bilan 
ta'minlandi. 



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin