Mehnatga haq to‘lashning shartlarini xodim uchun
noqulay tomonga o‘zgartirishga
uning roziligi bilan
amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda xodimning roziligisiz mehnatga
haq to‘lash shartlari o‘zgartirilishi mumkin:
texnologiyada, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil
etishning o‘zgarishi natijasida avvalgi shartlarini saqlab
qolish mumkin bo‘lmasa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi
mumkin.
Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2
oy oldin
ogohlantiriladi.
Mehnat haqidan ushlab qolish
Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma
roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra
amalga oshirilishi
mumkin.
Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda
ushlab qolinishi mumkin.
belgi
langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro
hujjatlarini ijro etish
uchun;
oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob
-kitob
qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish
uchun;
mehnat ta’tili bo‘yicha hisob
-kitob qilish uchun;
xodim tomonidan ish beruvchiga
etkazilgan zararni
qoplash uchun;
intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish
uchun.