1. Imlo xatolar Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish



Yüklə 4,85 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,85 Kb.
#168917
ruxshona3

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlantirish istituti Agrologistika va Biznes fakulteti O’rmonchilik ta’lim yo’nalishi 111-guruh talabasi O’zbek tilining sihada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU; Imlo xatolar yo’l qo’yiladigan matinlarni ko’zdan kechirib ulardagi xatolarni muhokama qilish

  • Imlo xatolariga yo`l qo`yilgan matnlarni ko`zdan kechirib, ulardagi xatolarni muhokama qilish Diktantda yo‘l qo‘yilgan xato o‘quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi
  • . Qolaversa, o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham o‘sha so‘zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo‘lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo‘rqib yurgan o‘quvchi ham so‘zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo‘lib kelgan. Shu bois, u pedago­gikada hal etilishi shart bo‘lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
  • Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida muntazam ishlab, bir qator ta’limiy diktantlarni o‘tkazishni va o‘quvchilar- ning imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib, tahlil qilib borishni maslahat beradi. Ammo ular ustida ishlashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilar yo‘l qo‘yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur. Ona tili darslarida o‘quvchilarning ona tili daftarlarini ko‘zdan kechirsak, quyidagi xatolarga duch kelamiz:
  • — grafik xatolar: harf elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib qoldirish, ularning o‘rinlarini almashtirib qo‘yish va h.k; — so‘z o‘zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish; — so‘z va shakl yasovchi qo‘shimchalarni xato yozish; — bo‘g‘in ko‘chirishdagi xatolar; — bosh harflarni qo‘llashdagi xatolar; — shevaga oid xatolar.
  • Grafik xatolarni tuzatish mashqlari:
  • Grafik xatolarni tuzatish mashqlari:
  • — kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so‘z yozilib, o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o‘z o‘rniga qo‘yib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar;
  • — yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto‘g‘ri qo‘yib, o‘quvchilarga ularni to‘g‘rilab ko‘chirish vazifasi topshiriladi;
  • — doskada harflari tushirib yozilgan murakkab so‘zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta’limiy o‘yini o‘tkazish orqali mustahkamlanadi.
  • Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari:
  • — o‘quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarni jarangsiz undosh tarzida o‘qib, lug‘at diktanti o‘tkazish;
  • — tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarning yarmini aytib, qolganini o‘quvchi yozishini ta’minlaydigan lug‘at diktanti o‘tkazish. Masalan, al-alla, el-ellik, is-issiq, ar-arra kabi.

Yüklə 4,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin