1. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi: А. miloddan ilgarigi III asrga toʼgʼri kelishi taʼkidlanadi;
B. aniq maʼlumotlar mavjud emas;
V. Аngliya sanoat toʼntarishidan keyingi davrga toʼgʼri keladi;
G. buyuk inqirozdan keyingi davrga toʼgʼri keladi.
2. Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi olimlarni necha guruhga ajratish mumkin? А.Beshta guruhga.
B. Toʼrtta guruhga.
V. Uchta guruhga.
G. Ikkita guruhga.
3. Tarixiy manbalarga koʼra, dastlabki banklar qaerda tashkil topgan? А.Аngliyada.
B. Rimda.
V. Gretsiyada.
G. Stokgolmda.
4. Аyrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar: А. karvon saroyda tashkil etilganligi qayd etiladi;
B. ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi;
V. korxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi;
G. uylarda tashkil etilganligi qayd etiladi.
5. Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki koʼrinishlari qaerda va qachon vujudga kelgan? А. Аngliyada, XVI asrda.
B. Rimda, XV asrda.
V. Gretsiyada, XIX asrda.
G. Italiyada, XVIII asrda.
6. “Bank” soʼzi qanday maʼnoni anglatadi? А. Qadimgi nemicha “banque” va italiyancha “bansa” soʼzlaridan paydo boʼlgan boʼlib, “almashtirish stoli” maʼnosini anglatadi.
B. Qadimgi frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa” soʼzlaridan paydo boʼlgan boʼlib, “almashtirish stoli” maʼnosini anglatadi.
V. Qadimgi lotincha “banque” va nemischa “bansa” soʼzlaridan paydo boʼlgan boʼlib, “almashtirish stoli” maʼnosini anglatadi.
G. Qadimgi italyancha “banque” va frantsuzcha “bansa” soʼzlaridan paydo boʼlgan boʼlib, “almashtirish stoli” maʼnosini anglatadi.
7. Banklar nechta funktsiyani bajaradi? А. 3 ta.
B. 4 ta.
V. 5 ta.
G. 6 ta.
8. Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon boʼladi? А. Аholining ishonchi va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ishonchsizlik bildirishida.
B. Bajaradigan funktsiyalari va aholining ularga boʼlgan ehtiyojida
V. Muomalaga pul chiqarishi va toʼlov aylanmasini tashkil etishda.
G. Ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari hamda xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va aholining ularga boʼlgan ehtiyojida.