1.
«Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni.
Jarayonlar, asosiy qurilmalar, fanning maqsadi, axamiyati, rivojlanishi, turlari, gidromexanik,
issiqlik, modda almashinish, kimyoviy, mexanik, turg‘un noturg‘un.
1.
«JARAYONLAR VA QURILMALAR» FANI MAQSADI VA VAZIFALARI.
Kimyo sanoati uchun malakali injener kadrlar tayyorlashda «Kimyoviy ishlab chikarish asosiy
jarayonlarii», qisqacha «Jarayonlar va qurilmalar» fani katta axamiyatga ega. Bu fan
talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jixatdan chuqur
egallashga, ularning injenerlik
bilimlarini mustaxkamlashga, qanday qilib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
texnologik qurilmalardan unumli va muqobil rejimda foydalanish mumkinligini o‘rgatadi.
«Jarayonlar va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu
jarayonlar amalga
oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prisiplari va ularni xisoblash uslublari
o‘rganiladi. Asosiy jarayonlarni qonuniyatlarini o‘rganish va qurilmalarni xisoblash usullarini
tuzishda fizika, kimyo, fizik-kimyo,
termodinamika, iqtisod kabi fanlarni fundamental
qonunlari asso qilib olinadi. «Jarayonlar va qurilmalar» kursi kimyo sanoatining turli
tarmoqlarida ishlatiladigan va tashqi ko‘rinishidan xar xil bo‘lgan jarayonlar
va qurilmalarning
o‘xshashliklarini aniqlashga asoslanadi.
Zamonaviy katta o‘lchamdagi ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalashda xam «Jarayonlar va
qurilmalar» fanining axamiyati katta. O‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan jarayon avval laboratoriya
sharoitida, kichik o‘lchamdagi qurilmalarda o‘rganiladi. So‘ngra olingan tadqiqot natijalari
katta o‘lchamdagi sanoat qurilmalarida ko‘chiriladi.
Shunday qilib, kichik tizimlarda olingan
natijalardan katta sistemalarda foydalanish qonuniyatlari modelllashtirish deb yuritiladi.
Modellashtirish «Jarayonlar va qurilmalar» fanining muxim vazafalaridan biri xisoblanadi.
(Keyingi darslarta batafsil to‘xtalib o‘tamiz)