Termodinamika va issiqlik texnikasi



Yüklə 78,59 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü78,59 Kb.
#179101
  1   2   3
1 mavzu


1-MA’RUZA
MAVZU: Kirish. Termodinamika asoslari.
Reja:

  1. “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fani tarixi

  2. Atrof – muxitda va turmushimizdagi o’rni

  3. Termodinamika qonunlari

Tayanch iboralar: Termodinamika, issiqlik texnikasi, issiqlik texnik uskunalari, texnik termodinamika, modda, maydon, fizik kattaliklar, sistema Internatsionalnaya.


Biz yashab turgan va hayot kechirayotgan galaktikamiz (Quyosh va uning atrofida aylanayotgan to’qqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda ko’p asrlardan beri mavjud. Tabiat hodisalarini, jarayonlarini va qonunlarini o’rganish juda qadimdan boshlangan. Qadimgi Yunonistonda tabiat hodisalarini o’rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga kelgan. O’sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar kirgan. Keyinchalik ular mustaqil fanlar bo’lib ajralib chiqqan, lekin ular o’rtasida keskin chegara yo’q, ular doimo bir-birlarini to’ldirib hamisha aloqada bo’ladilar. Shu asnoda oxirgi 14-15- asrlardan boshlab issiqlik texnikasi fani yuzaga kela boshladi. Bu fanning boshlanishini 1597 y. Galileo-Galiley termometrni ixtiro qilgan vaqtlardan xisobga olish mumkin. Termodinamika fani esa asosan 18-19- asrlardan boshlab, ya’ni ichki va tashqi yonuv, bug’ dvigatellari ixtiro qilingandan keyin yuzaga keldi. Termodinamika Yunoncha so’z bo’lib, “Termo”- issiqlik, “dinamika”- harakat yoki kuch degan ma’noni anglatadi. Termodinamika fani fizik qonuniyatlardan kelib chiqqan xolda 3 ta asosiy qonunlariga ega. Bular energiyaning saqlanish qonuni, energiya sarflamasdan ish bajarib bo’lmasligini, har qanday jismni qanday darajada qizdirishdan qat’iy nazar o’zining boshlang’ich haroratiga qaytishi xodisalarini tushuntiruvchi qonunlardan iborat. Issiqlik texnikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir. Bu fanlar fizik kashfiyotlar yordamida taraqqiy qilib yangi fan cho’qqilarini egallashsa, o’zining yutuqlari bilan fizikani ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal asboblar yaratishni qo’yadi, shu tariqa o’zi ham termodinamika ham rivojlanib boradi.
Bizning atrofimizni o’rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz harakatda bo’lgan materiyadan iboratdir. Materiya ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1) Modda ko’rinishda ya’ni-qattiq, suyuq, gazsimon va plazma xolatidagi jismlar;
2) Maydon ko’rinishida, ya’ni-gravitatsion maydon, elektromagnit maydon,yadroviy kuchlar maydoni va boshqalar.

Yüklə 78,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin