7. Yorug’lik kuchi - kandela (kd) 540 . 1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug’ligining enYergetik kuchi 1/683 . Vt/sr ga teng bo’lgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qo’shimcha birliklar: 1. Yassi burchak - radian (rad) Aylana uzunligi radiusga teng bo’lgan joyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak
1 radian deb qabul qilingan.
2. Fazoviy burchak - steradian (sr) Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Tezlik - metr taqsim sekund (m/s) 1m/s tezlik bilan to’g’ri chiziqli tekis harakat
qilayotgan moddiy nuqta 1s davomida 1m masofaga ko’chadi.
Tezlanish - metr taqsim sekund kvadrat (m/s2 ) 1m/s2 tezlanish bilan to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat qilayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi 1s da 1m/s2 ga o’zgaradi.
Impuls - kilogramm metr taqsim sekund (kg.m/s). 1kg.m/s -1m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 1kg massali jismning impulsi.
Kuch - Nyuton (N) 1N - massasi 1kg bo’lgan jismga ta’sir qilib, unga ta’sir yo’nalishida 1m/s2 tezlanishi beradigan kuch.
Kuch impulsi - Nyuton sekund (N.S). 1N.s -1s davomida ta’sir etuvchi 1N kuchning impulsi.
Qisqacha xulosalar: 1. Atrofimizni o’rab turgan olam uzluksiz harakatdagi materiyadan iborat.
2. Issiqlik texnikasi fani juda qadimdan buyon mavjud.
3. “Issiqlik texnikasi” fanining asosi - termodinamika fanidir.
4. Issiqlik texnikasi fani qadimdan kelayotgan tabiat fanlariga yoki fizika, ximiya, biologiya, astronomiya va x.k. fanlariga asoslanib, o’zining fizik kattaliklariga egadir.
Nazorat savollari: Issiqlik texnikasi fani qanday bo’limlardan iborat?