“Fizika” – tabiat hodisalarining umumiy qonuniyatlarini, materiyaning tuzilishi va xossalarini hamda uning harakatini o’rganuvchi fandir.
“Fizika” deb, moddiy dunyo harakatini o’rganuvchi fanga aytiladi yoki “Fizika” deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari hamda qonuniyatlarini o’rgatuvchi fanga aytiladi.
Fizika fani metafizika (“metafizika” so’zining ma’nosi – “katta tabiat”) fanidan ajralib chiqqan. Fizika so’zi grekcha “phuzis” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “tabiat” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni fanga birinchi marta qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Sharq mamlakatlarida Arastu) kiritgan.
Materiya – doimiy harakatda bo’ladi. Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi.
Jism o’lchamga ega bo’lgan narsalar hisoblanadi.
Fizik kattaliklar deb, fizik hodisalarni, materiyaning harakat shakllari va xususiyatlarini miqdoriy tavsiflovchi kattaliklarga aytiladi.
Hosilaviy kattaliklar deb, asosiy kattaliklarni darajaga ko’tarish, ko’paytirish yoki bo’lishlar yordamida hosil qilinadi. Shuning uchun hosilaviy (hosil qilingan) kattaliklar deb ataladi.
Skalyar kattaliklar deb, faqat son qiymati bilan tavsiflanadigan kattalikka aytiladi.
Vektor kattaliklar deb, son qiymati va yo’nalishi bilan tavsiflanadigan kattalikka aytiladi.
Fizik qonun deb, hodisalarni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi aniq miqdoriy bog’lanishdan iborat bo’lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish deb, sodir bo’layotgan hodisaga ta’sir ko’rsatmasdan, uning xususiyatini va sharoit ta’sirini o’rganishga aytiladi.
Tajriba deb, tekshirilayotgan hodisalarni qaytadan hosil qilib, o’zgaruvchan fizik kattaliklar orasidagi qonuniy bog’lanishlarni o’lchash asosida hosil qilishga aytiladi.