Bosim – bu fizik kattalik bo’lib, sirtga tik (perpendikulyar) ta’sir etuvchi kuchning shu kuch ta’sir etayotgan sirt yuzasiga nisbatiga teng.
Boshqachaaytgandabosimdeb, sirtning birlik yuzasiga tik ravishda ta’sir etuvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
Suyuqlik va gazlar bosimini o’lchaydigan asbob – manometr deb ataladi.
Atmosfera bosimi o’lchaydigan asbob – barometr deb ataladi. U grekcha so’zdan olingan bo’lib, “baro” – bosim, “metreo” – o’lchash, ya’ni bosimni o’lchash demakdir.
Atmosfera bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan suyuqliksiz metall barometrlarga aneroidbarometrlar deb ataladi.
Kosmik kemada bosimni o’lchaydigan asbob – aneroidbarometr deb ataladi.
Aneroidbarometrningafzalligi shundan iboratki, undan vaznsizlik holatida ham foydalanish mumkin.
Kemaning suvga botadigan chuqurligi botishdarajasi deb ataladi.
Kemaning yo’l qo’yiladigan eng ko’p botish darajasi, kema korpusidagi qizil chiziq bilan belgilanib, bu chiziq vaterchizig’ideb ataladi.
Kema vater chizig’igacha botganda, siqib chiqarilgan suvning og’irligi kemaning suvsig’imi deb ataladi.