O’lchash deb, berilgan kattalikni tegishli o’lchov birliklar bilan taqqoslashga aytiladi.
Gipoteza bu – ilmiy taxmin bo’lib, hodisani tushuntirishni taqozo etadi hamda tekshirish va isbotlashdan so’ng, ilmiy nazariyaga aylanadi.
Mexanika deb, materiyaning eng sodda harakati, jismlarning yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.
Harakat deb, jism vaziyatining vaqt o’tishi bilan uzluksiz o’zgarishiga aytiladi.
Moddiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o’lchamlari juda kichik va shakli nazarga olinmasa ham bo’laveradigan jismlarga aytiladi, ammo jismning massasi shu nuqtada to’plangan bo’ladi. Masalan, Oy radiusi uning orbita radiusidan ancha kichik bo’lganligi uchun Oy Yer uchun moddiy nuqta hisoblanadi.
Mexanik harakat deb, vaqt o’tishi bilan jism vaziyatining boshqa jismga nisbatan o’zgarishiga aytiladi, ya’ni mexanik harakat oddiy ko’chishdan iborat bo’ladi. Bunday ko’chishlar qandaydir boshqa qo’zg’almas moddiy nuqtalarga nisbatan bo’ladi. Shuning uchun biror jismning harakatini kuzatish uchun oldindan jismni qaysi tinch turgan jismlar to’dasiga nisbatan kuzatayotganimizni tanlab olishimiz kerak. Ana shu tanlab olingan jismlar to’dasi sanoq sistemasi deb ataladi.
Harakatlanayotgan jismning fazoda qoldirgan iziga harakat trayektoriyasi deb ataladi.
Trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat harakat to’g’richiziqliharakat deb ataladi.
Trayektoriyasi egri chiziqdan iborat harakat egrichiziqliharakat deb ataladi.
Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida uning harakat davomida chizgan chiziq uzunligi yo’l deb ataladi, ya’ni trayektoriyaning uzunligi yo’l(masofa) deb ataladi.
Jismning boshlang’ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi ko’chish deb ataladi.