Tekisharakat deb, teng vaqt oralig’ida teng masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi.
Notekisharakat deb, teng vaqt oralig’ida har xil masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi.
Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtani birlashtiruvchi ixtiyoriy to’g’ri chiziq o’z-o’ziga parallelligicha qoladigan harakatga aytiladi
Ilgarilanmaharakat deb, jismni tashkil etgan barcha nuqtalarning bir xil ko’chishiga ham aytiladi.
Spidometr (radar) harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligini o’lchaydi.
To’g’richiziqlio’zgaruvchanharakat deb, trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va oniy tezligi tekis o’zgaradigan harakatga aytiladi.
Tezlanish deb, jismning oniy tezligini o’zgarish tezligiga miqdor jihatdan teng fizik kattalikka yoki jismning birlik vaqt ichidagi tezligining o’zgarishiga aytiladi.
Trayektoriyasi aylanadan yoki aylana yoyidan iborat bo’lgan harakat aylanmaharakat deb ataladi.
Bir marta to’liq aylanishga (yoki tebranishga) ketgan vaqt davrdeb ataladi. Davr skalyar kattalik.
Vaqt birligidagi (ya’ni, 1 sekunddagi) to’la aylanishlar soniga chastotadeb ataladi. Chastota skalyar kattalik.
Chiziqlitezlik deb, vaqt birligi ichida bosib o’tilgan yo’l uzunligiga aytiladi. Chiziqli tezlik harakat yo’nalishiga o’tkazilgan urinma bo’yicha bo’ladi.
Erkintushish deb, tinch holatdagi jismning og’irlik kuchi ta’sirida havosiz joyda (vakuumda) yerga tushishiga yoki jismning faqat og’irlik kuchi ta’siri ostidagi harakatiga aytiladi.
Dinamika – jismni harakat sabablarini o’rganadigan mexanikaning bo’limi hisoblanadi.
Kuzatilayotgan jismga, uni o’rab turgan muhitdagi jismlar ta’sir etganda u o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xususiyati inersiyadeb ataladi.