2
Abduqodirov A.A. - Informatika o„qitish metodikasi kafedrasi professori,
pedagogika
fanlari doktori
Taqrizchilar:
Axatov A.R.
– SamDU Amaliy matematika va informatika fakulteti
dekani, texnika fanlari doktori, professor
Yuldаshеvа U.T.
– TTЕSI qоshidаgi аkаdеmik litsеy dirеktоri, texnika
fanlari nomzodi
3
I. Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi oʻrni
Tа‟lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi
jаhоn аndоzаlаri аsоsidа
bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. SHuning uchun tа‟lim tizimidаgi
5110700 – Infоrmаtikа oʻqitish mеtоdikаsi yoʻnаlishidа oʻqitilаdigаn fаnlаr hаm
zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy
dаstur bugungi kunning
zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning
nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‟tibоr qаrаtilgаn.
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo„nalishi: 5110700 – Informatika o„qitish
metodikasi yo„nalishida o„qiladigan «Kompyuterli modellashtirish» o„quv fani
bo„yicha tuzilgan boʻlib, fan mazmunining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi.
Bu fan ixtisoslik fanlariga kirib, 6, 7, 8-semestrlarda o„qitiladi.
Dasturni amalga
oshirish o„quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika,
umumiy psixologiya va
umumiy pedagogika fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
«Kompyuterli modellashtirish» fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir
dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda,
uning axboriy
madaniyatni egallashida asosiy rol o„ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning
kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki grafik ma‟lumotlar
bilan
ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari, akademik litsey va
kasb
– hunar kollejlarda «Informatika va axborot texnologiyalari»
mutahassislaridagi fanlarni o„qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.