Blackcurse


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix17.06.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#61700
1   2   3   4   5   6   7   8
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
5110700 – Informatika o„qitish metodikasi ixtisosligi bo„yicha bakalavrlarni 
tayyorlash Davlat ta‟lim standartida mutaxassislik fanlari qatorida “Matematik va 
kompyuterli modellashtirish asoslari” o„quv fani alohida o„rin tutadi.
Ushbu fanning asosiy maqsadi – bakalavrlarda amaliy masalalarni hal etishda 
modellashtirish usul va vositalaridan foydalanish, hususan matematik va kompyuterli 
modellashtirish texnologiyalarini chuqur o„zlashtirib olish, ta‟lim tizimiga oid ilmiy 
izlanishlarda ulardan unumli foydalana olish malaka va ko„nikmalarini hosil 
qilishdan iborat. 
Fanning vazifasi – fizik, matematik va boshqa modellarni tuzish, 
formallashtirish, amaliy masalalar va ularni kompyuterda yechish, kompyuterda 
modellashtirish, hisoblash eksperimentni o„tkazish matematik modellarni yechish 
usullari, sonli usullar, kuzatish natijalarini qayta ishlash, matematik dasturlash, 
chiziqli dasturlash, kompyuterli modellashtirish texnologiyasi, kompyuterli 
modellashtirishning dasturiy vositalari, o„quv kompyuterli modellar, kompyuterli 
modellarni ishlab chiqish va ulardan o„quv jarayonida foydalanish va ulardan muayan 
foydalanish haqida ma‟lumot berishdan iborat. 



“Kompyuterli modellashtirish” fani boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va 
malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi: 
-model tushunchasi va uning turlarini, modellashtirish, modellarni qurishning 
asosiy tamoyillari va xossalarini, amaliy masalalarni kompyuterda yechish 
bosqichlari, hisoblash eksperimenti, eksperiment natijalarining aniqliligi va 
ishonchliligi, modelning tahlili, matematik modellarni yechish usullari, matematik 
dasturlash, chiziqli dasturlash masalasi va uni yechish usullari, kompyuterli 
modellashtirish texnologiyasi, kompyuterli modellashtirishning dasturiy vositalari, 
kompyuterli modellarni ishlab chiqishga doir bilimga; 
- fizik va matematik modellar, formallashtirish, modellarni qurishning asosiy 
tamoyillari va xossalarini, amaliy masalalar va ularni kompyuterda yechish 
bosqichlari, matematik va axborotli modellashtirish, kompyuterli modellashtirish, 
hisoblash eksperimenti, eksperiment natijalarining aniqliligi va ishonchliligi, 
modelning tahlili va talqini, sonli usullar, algebraik va transsendent tenglamalarni 
taqribiy yechish usullari, vatarlar, urinmalar va iteratsiya usullari, tenglamalar 
sistemasini taqribiy yechish usullari, funksiyalarni interpolyatsiyalash va 
yaqinlashtirish, sonli differensiallash va integrallash, kuzatish natijalarini qayta 
ishlash usullari, matematik dasturlash, chiziqli dasturlash masalasi va uni yechish 
usullari, kompyuterli modellarni ishlab chiqish ko‘nikmasiga; 
- modellarni qurish amaliy masalalarni kompyuterda yechish, matematik 
modellarni yechish, algebraik va transsendent tenglamalarni, vatarlar, urinmalar va 
iteratsiya usullarida taqribiy yechish, funksiyalarni interpolyatsiyalash va 
yaqinlashtirish, sonli differensiallash va integrallash, kuzatish natijalarini qayta 
ishlash, dasturlash masalasi va uni yechish, kompyuterli modellashtirishning dasturiy 
vositalarida ishlash, о„quv kompyuterli modellar ishlab chiqish va ulardan о„quv 
jarayonida foydalanish malakasiga ega bо‘lishi lozim. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin