Blackcurse


-mavzu. Sonli differensiallash



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix17.06.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#61700
1   2   3   4   5   6   7   8
 
9-mavzu. Sonli differensiallash. Sonli differensiallash tushunchasi. Lagranj va 
Nyutonning interpolyasion formulalalarini differesiallash. 
 
10-mavzu. Aniq integralni taqriban hisoblash usullari. Aniq imtergrallarni 
to„g„ri to„tburchak, trapesiyalar va parabolalar metodi bilan hisoblash. Metodlarning 
hatoliklari.
 
11-mavzu. Birinchi tartibli taqriban yechish. Oddiy differensial tenglamalar 
uchun Koshi masalasini qo„yilishi. Birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalarni 
taqriban yechishning metodlari. Eyler va Runge-Kutta metodlari, ularning hatoliklari. 
 
12-mavzu. Eyler va Runge-Kutta usullari. Birinchi tartibli oddiy differensial 
tenglamalarni taqriban yechishning Eyler va Runge-Kutta metodlari, ularning 
hatoliklari. 
13-mavzu. Chiziqli dasturlash masalalarining qoʻyilishi va unda 
qoʻllaniladigan modellar. Chiziqli dasturlash masalalarining qoʻyilishi. Chiziqli 
dasturlashga keltiriladigan masalalarga doir turli sohalardan misollar.



14-mavzu. Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda yechish. Chiziqli 
dasturlash masalalarini yechish metodlari. Simpleks usulida chiziqli dasturlash 
masalal yechish. 
15-mavzu. Transpotga oid masalalar va ularni yechish usullari. Transpotga 
oid masalalarni yechish metodlari.Transpotga oid masalalarni shimoli – g„arb 
metodida yechish. 
16-mavzu. Matematika statistika elementlari. Kuzatish natijalarini qayta 
ishlsh. Eng kichik kvadratlar metodi. Regressiya va koorelyasiya koefisiyentlari. 
Regressiya chizig„i.
IV. Amaliy mashgʻulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlar bo„yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
1. Turli modellar tuzishga doir misollar yechish 
2. 
Xatoliklar arifmetikasi. Xatoliklarni aniqlashda differensial hisobini 
qoʻllash 
3. 
Bir noma‟lumli algrebraik va transsendent tenglamalarni vatarlar va 
urinmalar usulida taqriban yechish 
4. 
Bir noma‟lumli algrebraik va transsendent tenglamalarni oddiy iterasiya 
usulida echish. 
5. Chiziqli tenglamalar sistemasini Gauss usulida yechish 
6. Chiziqli tenglamalar sistemasini kvadrat ildizlar usulida yechish 
7. Chiziqli tenglamalar sistemasini iterasiya usulida yechish
8. Lagranj interpolyasion koʻphadini qoʻrish va xatoligini baholash 
9. 
Nyutonning I va II interpolyasion koʻphadlarini qurish va xatoliklarini 
baholash 
10. Lagranj va Nyuton interpolyasion koʻphadlarni sonli differensiallash 
11. Trapesiya formulasi boʻyicha sonli integrallash va aniqlikni baholash 
12. Simpson formulasi boʻyicha sonli integrallash va aniqlini baholash 
13. Koshi masalasini taqriban yechishning Eyler usuli 
14. Koshi masalasini taqriban yechishning Runge-Kutta usuli 
15. Birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalarni taqriban yechimning 
geometrik ifodasi 
16. Chiziqli dasturlashga keltiriladigan masallarning matematik modelini 
qurish 
17. Chiziqli dasturlash masalasini grafik usulda yechish 
18. Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulida yechish 
19. Transport masalasini yechishning shimoli - gʻarb burchak usuli.



20. Kuzatish natijalarini qayta ishlashga doir masalalar yechish 
Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish bo„yicha kafedra professor-o„qituvchilari 
tomonidan ko„rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma‟ruza 
mavzulari bo„yicha olgan bilim va ko„nikmalarini amaliy masalalarga dasturlar tuzish 
orqali bilimlarini yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o„quv q o„llanmalar 
asosida talabalar bilimlarini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan 
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, 
masalalarning dasturini tuzish, mavzular bo„yicha ko„rgazmali qurollar tayyorlash va 
boshqalar tavsiya etiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin