1. Jazoir ta'lim tizimi. Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə1/6
tarix06.04.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#94221
  1   2   3   4   5   6
Afrika mamlakatlarida ta\'lim tarbiya jarayoni

Mavzu: Afrika mamlakatlarida ta'lim tarbiya jarayoni

Mavzu: Afrika mamlakatlarida ta'lim tarbiya jarayoni

Reja:

1.Jazoir ta'lim tizimi.

2. Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi.

3. Zambiya ta'lim tizimi.


Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. Eng yirik kutubxonasi- Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari-Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, Paster instituti (parazitologiya vamikrobiol.), gigiyena, traxoma va tropik oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi.

Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi. Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-96 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami o'quvchilar 9,3 mln kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlari:


Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin