1.Kap floristik olamga umumiy tasnifi. 2.Kap floristik viloyati uning xududiy chegarasi. 3.Shimoliy Amerika pryeriyalari va Janubiy Amerika pampaslari 4.Avstraliya floristik olami.
Kap dunyosi eng kichik oblast hisoblanib, u Afrikaning janubi-g'arbiy qismida joylashgan. Uncha katta bo lmagan xududda 15 mingga yaqin yuksak o'simliklaming turlari uchraydi. Ulardan 3 mingdan ortig'i endem turlardan iborat. Agarda 0'zbekiston xududi bilan taqqoslasak bizda 4500ga yaqin tur yuksak o simiiklar tarqalgan. Kap oblastida 1000 ga yaqin manzarali o'simliklami uchratish mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Proteya Gulsafsar Avstraliya dunyosi Avstraliya dunysi Janubiy yarim shardagi yirik dunyolardan hisoblanadi. U deyarli Avstraliyani ko'pchilik xududlari va Tasmaniya orollarini egallaydi. Bu yerda 10 mingga yaqin gulli o simliklar ucliratilib, ulardan 8 ming turi endem hisoblanadi. Keng tarqalgan oilalar sifatida dukkakdoshlar, mirtadoshlar, astradoshlar, xiloldoshlar, qo'ng'irboshdoshlar kabilami ko rsatish mumkin. Kupchilik oilalar Avstraliya dunyosi uchun xarakterlidir. 300 turga yaqin o'sirnlik qirqquloqlarga mansub. Ushbu oblastda Kap oblastidek kserofit o simliklar tipi shakllangan. Bo'r davrida bu orollami qit’adan ajralib qolishi endem turlaming ko'p saqlanib qolishiga imkon bergan. Avstraliya oblastida 486 tur akatsiya, 342 tur evkalipt va 50 turga ega bo'lgan banksiya turkumlarining vakillari mavjud. Avstraliyada uchraydigan akatsiyalaming ko pchilikida barg plastinkasi yaxshi rivojlanib, bandi yassi bo'ladi. Shuning uchun ham ular fillodiyli akatsiyalardir. Avstraliya uchun endem hisoblangan evkaliptlaming balandligi 150 m bo'lib, undan xo jalik ehtiyojlari uchun keng foydalaniladi. Evkalipt Akatsiya Banksiya Bu mintaqa yer kurrasining eng issiq qismi hisoblanadi. Tropik zona ekvatordan shimolda (0-20-30°) va janubda (0-20-30^ joylashgan ba’zi maydonlarni o'z ichiga oladi. Turlaming rang-barangligi mo tadil iqlimli joylarga nisbatan har xildir. Bu mintaqada yog ingarchilik yiliga 100-200 mm dan oshmaydi. Yog'ingarchilikning kam bo'lishi o'simIik zonalariga ta’siri katta. Bu ekvotarial tropik mintaqaning yog'ingarchiIik miqdori qalin va yuqori doim yashil o'rmonlar hisobiga ko'payadi. Tropik zona o'simlikIari eng qulay (tropik) iqlim sharoitida o'sishi va boshqa bir necha xususiyatlari bilan boshqa zona o'simliklaridan farq qiladi. Bu iqlimda quyidagi o simlik zonalari uchraydi. 1. Doirn yashil nam tropik o'rmonlar. 2. Mavsumiy nam bargini to'kuvchi tropik o rmonlar. 3. Bargini to'kuvchi musson o'rmonIari. 4. Bargini to'kuvchi quruq tropik o'rmonlar. 5.Savannalar. 6.Tikan bargli kserofill siyrak o'rmonlar. www.ziyouz.com kutubxonasi Doim yashil nam tropik o rmonlar. Doim yashil nam tropik o rmonlar Janubiy Amerika, Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Bu o'rmonlar iqlim issiq va nam bo'lganda yaxshi rivojlanadi Harorat 23-25° da, yillik yog ingarchilik 1800-2000 mmdan kam bo lmasligi kerak. O simliklami rivojlanishi uchun yilning hamma mavsumi qulay. Nam tropik o'rmonlaming tuprog'i ferrallit kambag al tuproqlardir. Bu nam tropik o rmonlarda daraxtlar balandligi 55-60 m gacha yetadi. Ba’zilariniki esa 2-5 m dan oshmaydi. Yirik daraxtlami tashqi ko rinishi o'ziga xos. Ulami tanasi tekis bo lib, yupqa po'stloq bilan qoplangan. Tanasining asosidan yog ochsimon ildizlar chiqib, ular daraxtni vertikal holatda turishiga yordam beradi. Nam tropik o'rmonlar uchun lianalar xarakterlidir. Lianalar. Lianalar turli oila vakillaridan tashkil topgan bo lib, ulaming ingichka, lekin uzun (200-300 m) poyasi bir daraxtdan ikkinchisiga maxsus ilgaksimon tikan (yoli g ajaksimon ildiz) lari yordamida chirmashib o'sadi. Bu xildagi lianalardan palma-liana va palma-rotang, palma-dum, kokos, qoramuruch, fikus (Ficus diversifolius), ligodium degan qirqquloq, nepentes, «mum daraxti» yoki goyya (Hoya camosa), monstera (Monstera deliciosa), vanil ilonpecha (Clemafis glycinoides), smilaks (Smilax australis), entadayoki «fil Iiani» ni ko rsatish mumkin. Nam tropik o rmonlarda gulli o simliklar va qirqquloqlardan iborat epifitlar ham mavjud. Epifit holda o'suvchi o'simliklar, asosan, daraxtlaming tanasidan substrat sifatida foydalanadi. Epifit holda o suvchi o simliklami tuban o simlik vakillari (lishayniklar, suvo'tlar), sporali yuksak o simlik vakillari (yo'sinlar, plaunlar, qirqquloqlar) va gulli o'simliklaming ayrim vakillari tashkil etadi. Qirqquloqlar ujovnik (Ophioglosum pandulum), asplenium (Aspilenium nidus), plaun (Lycopodium plegmaria), psilot (Psilotum complanatum), uzunligi 2-3 m bo'lgan selaginella, vittariya (Wittaria angustifolia) kabilar ko'p uchraydi. Shuningdek, gulli o'simliklaming orxisguldoshlar oilasidan dendrobium, bulbofillum, erika, trikspermum (Trixspermum arachitas), bromeliyadoshlar oilasidan aregeliya (Aregelia spectabilis), bromeliya (Nidularia innasentii), exmiya (Alchmea benratii, Aech bracteata, Aech nudicaulis), bilbergiya (Bilbigeria baceri, B. magnifica, B. nutans, B. pyramidalis), shuningdek epifit holda uchraydigan gulli o simliklardan disxidiya mirmekodiya, kabilar ko'p uchraydi. Kaulifloriya. Nam tropik o rmonlardagi daraxtlaming 1000 dan ortiq turi kaulifloriya xususiyatiga ega. Ulardan non daraxti (Arctocarpus heterohyllus), qovun daraxti (Carcia papaya), kofe daraxti va fikusning 50 dan ortiq turi, xurmo daraxti, kakao yoki shokolad daraxti (Theobroma cacao) ko'p uchraydi. Sterkuliyadoshlar oilasining vakillari tropik o'simIiklar bo'lib, daraxtsimon, butasimon va liana holida uchraydi. Shu oilaning shokolad va kola daraxtlari tropik o'rmonlarda keng tarqalgan. Shokolad daraxtining urug i alkaloid va glyukozid moddalarga boy. Alkaloidlardan, asosan, teobromin uchraydi. Urug' tarkibidagi zararli alkaloidlar ajratib olinadi. So'ngra bu urug'lar fabrikada yanchiladi va ularga yog', sut, shakar aralashtirish yo li bilanturli xil shokoladlar tayyorlanadi. Kola daraxtining urug'ida ham 2,5-3,0% gacha teobromin, kolanin va kofein kabi alkaloidlar mavjud. www.ziyouz.com kutubxonasi Tutdoshlar oilasining keng tarqalgan vakillari bo lib, non daraxti, fikus kabilar hisoblanadi. Bir tup daraxt yil davomida 2-3 kishilik oilani to la ta’minlashi mumkin. Non daraxti 60-80 yilgacha yashaydi. Uning 40 aan ortiq turi ma’Ium bo lib, asosan, Xitoy, Birma va Zona orollaridagi tropik o'rmon!arda keng tarqalgan. Pandanusdoshlar oilasi nam tropik o'rmon!ar uchun endem hisoblanib, 250 turi bor. Ular ichida pandanus turi ko'p tarqalgan. Uning 4 m uzunlikdagi ingichka barglaridan har xil buyumlar to'qiIadi. Mevasi ovqat sifatida iste’moI qilinadi. Pandanus Banandoshlar oilasining bambuklar turkumi 600 turga ega bo lib, barcha tropiklarga tarqalgan. Ular orasida liana holidagilarni yoki bo yi 20-30 m li daraxtsimon vakillami uchratish mumkin. Bambuklar poyasning yo'g'onligi 40 sm. Ular juda tez o suvchan o simliklar bo lib, bir sutkada 50-80 sm o sishi mumkin. Mahalliy xalq bambuk yog'ochidan turli xil asbob-uskunalar yasaydi. Ko'p yillik o'tsimon o'simIiklardan shakarqamishmng bo'yi 4-6 m ga yetadi. Uning poyasitarkibida 18% gacha saxaroza bo lganligi uchun undan qand tayyorlanadi. Tabiiy holda uchramaydi. Banandoshlar oilasining banan va sayyohlar daraxti yoki ravelena kabi turkumlarining vakillari keng tarqalgan. Bananning 950 turidan 3-4 tasi (Musa nana, M. Sapiendum, M. textilis) ko'proq uchraydi. Bir tup to'pmeva bandida 300 tacha meva joylashadi. Bunday to pmevaning og irligi 50 kg gacha bo lishi mumkin. Uning oziqovqat va yem-xashak sifatida ishlatiladigan navlari Hindiston, Xitoy va Malayya arxipelagidajuda ko'p ekiladi. Banan www.ziyouz.com kutubxonasi Lavrdoshlar oilasidan dolchin va kamfora daraxtlari dolchin va kamfora mahsulotlarini berishi bilan mashhurlar. Palmadoshlar oilasining 1500 ga yaqin turi mavjud. Ulaming ko pchiligi tabiy holda uchraydi va ekiladi. Nam tropik o'rmonlarda, asosan, ikkita tur: vino va sharbatlar tayyorlashda ishlatiladigan palma (Raphiavinifera) hamda moy olinadigan palma (Elaeis quenensis) uchraydi. Birinchi jahon urushigacha faqat Kamerun davlati har yili 5 470 000 kg, Togo davlati 2 700 000 kg palma yog i tayyorlab eksport qilgan. 1903 yilda Afrikadan eksport qilingan palma yog i va uning mahsulotlari 50 mln oltin markaga teng Kokos palmasi (Cocos nucifera) 30 turga ega bo'lgan xurmo turkumining biridir. U tropik mintaqada keng tarqalgan (29 tur yovvoyi holda faqat tropik Amerikada uchraydi). Kokos palmasining quritilgan danagi (yong'og'i) tarkibida 60- 65% gacha yog' bo'lib,undan ovqat tayyorlash mumkin. Kunjarasi esa mollarga beriladi. Danak po'chog'idan tugmalar tayyorlanadi, poyasi va bargidan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Sutlomadoshlar oilasining 4500 ga yaqin turi ma’lum. Ulardan kauchuk olishda keng ishlatiladigan Braziliya geveyasining bo'yi 30-40 m ga yetadi. U yowoyi holda Amazonka daryosi bo yilarida, madaniy holda esa boshqa tropik iqlimli joylarda keng tarqalgan. Shuningdek, tropik iqlimli joylarda mangustan, mango, qovun daraxti, durian va tsitrus o'simlikIaming mevasi iste’moI qilinadi. Osiyodagi nam tropik o'rmonlar, asosan, Janubiy va qisman Sharqiy Osiyoda (Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka), Hindi-xitoy (Birma, Tayland, Laos, Kambodja, Vetnam), Xitoyning janubi-sharqiy qismi, Katta va Kichik zond orollari, Tayvan oroli hamda Filippin orollarida uchraydi. Afrikadagi nam tropik o rmonlar esa, asosan, Kongo daryosi vodiysida va qisman Madagaskar orolida uchraydi. Avstraliyaning sharqiy qismida uchraydi. Nihoyat, Amerikadagi nam tropik o rmonlar Amazonka daryosi vodiysida hamda Markaziy Amerikada katta maydonlami egallaydi. Kokos Fikus Nepentes www.ziyouz.com kutubxonasi Ujovnik Dendrobium Bromeliya Non daraxti Qovun daraxti Shokolad daraxti Mavsumiy nam bargini to kuvchi tropik o rmoDlar. Bu o'rmonlar nam iqlimli rayonlarda rivoilanadi, bu rayonlarda yillik yog'ingarchilik 1500-2500 mm gacha bo'ladi. Lekin, yog'ingarchilik barcha joylarga bir xil tushmaydi. Bu o'rmonlarda quqoqchilik mavsumi uncha uzoq davom etmaydi, ya’ni 4-5 oydan oshmaydi. 0'simIiklar ikki yarusga ajratiladi: yuqorigi yarusda bargini to'kuvchi daraxtlar bo lib, pastki yarusda esa o't-o'simliklar. Tashqi ko'rinishi jihatidan bu o rmonlar doim yashil o'rmonlardan farq qilmaydi. Mavsumiy nam bargini to kuvchi tropik o'mionIar Janubiy amerika, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Bargini to kuvchi musson o rmonlari. Bargini to kuvchi musson o'rmonIari namlik ko'p va qurg'oqchilik ham uzoq davom etadigan tropik rayonlarda tarqalgan. Yog'ingarchilik paytida daraxtlar barg bilan qoplanadi. Qurg'oqchilik mavsumida esa barglari to'kiladi. Musson o'rmonlari siyrak, ulami ko pchiligini bargini to'kuvchi daraxtlar tashkil etadi. Lekin pastki yaruslarda doim yashil daraxtlami ham uchratish mumkin. Bargini to kuvchi musson o rmonlari Janubiy Amerika, Afirika, Hindiston, Osiyoning janubiy-sharqida tarqalgan. Buo rmonlarda tik (Tectona grandis) daraxti keng tarqalgan bo'lib, uning hajmi katta va yog ochi juda qimmatbaho hisoblanadi. Musson o'rmonIarida yillik yog'ingarchiIik miqdori 900-1500 mm. Yilning sovuq va issiq fasli o'rtasida harorat 8-14° atrofida o zgarib turadi. Iyun-oktyabr oylari www.ziyouz.com kutubxonasi qurg oqchilik oylari bo'lib hisoblanadi. Bu vaqda daraxtlar bargini to'kadi. Musson o rmonlarida tek daraxti dominat bo'Iib, uning bo'yi 20-25 m (musson o'rmonlarida tek daraxti ko'proq o sganligi sababli ba’zan bu o'rmonlar tek o rmonlari deb ham ataladi). Qurg'oqchilik davrida ba’zi daraxtlar vaqtincha barglarini to'kadi. Noyabr oyidan boshlab ular barg yozib, qish oyilarida gulga kiradilar. Qurg'oqchilik oylari (iyulavgust) va butea (Butea monosperma) daraxti va amarillisdoshlar oilasining ba’zi vakillarigina gullaydi. Musson o'rmonlarida dalbergiya, diospiros, xurmo, chilonjiyda, dipterokarpus, terminaliya, bambuklar (Dendrocalamus strictus, D. tulda), gulxayridoshlar, ro'yandoshlar, sigirquyruqdoshlar, labguldoshlar, murak-kabguldoshlar, arxisguldoshlar, hiloldoshlar va boshoqdoshlar kabi oilalaming o tsimon vakillari ko'p uchraydi. Savanna o rmonlarida musson o'rmonlariga nisbatan yog'ingarchilik kam bo'ladi. Shuning uchun bunday joylarda daraxtlar siyrak o'rmonlami hosil qiladi. Bargini to'kuvchi quruq tropik o rmonlar. Bu o'rmonlar katta hududni egallaydi. Kengligi jihatidan nam doim yashil tropik o'rmonlardan qolishmaydi. Ular harorat va yillik yog'ingarchilik mavsumiy o'zgarib turadigan rayonlarda tarqalgan. Bu o rmonlar Afrika, Janubiy Amerika, Markaziy Amerika, Xindiston, Xindi-Xitoy va Avstraliyaning ba’zi bir rayonlarida uchraydi. Bargini to'kuvchi quruq tropik o'rmonlar savnnalar ham deb ataladi. Savannalar nisbiy quruq tropik rayonlarda shakllanadi. Savannalar. Savannalar ham tropik o'simlikIar tipiga mansub bo'lib, kserofil o tlardan va daraxtsimon o'simliklardan tashkil topgan. Ular, asosan, Afrikada, janubiy Amerikada, Janubiy Amerikaning Venesuela, Gviana hamda Braziliya shtatlarida, Avstraliya va Hindistonda uchraydi. Savannalarda yillik yog'ingarchilik 900-1500 mm atrofida yog'adi. Qurg'oqchilik 4-6 oy davom etadi. Masalan, Braziliya savannalarida yillik yog ingarchilik 1500 mm bo'lib, shundan may-avgust oylarida atigi 100 mm yog adi. G arbiy Afrikada esa yillik yog'ingarchilik 1000 mm tashkil etsa-da, iyun-sentyabr oylarida esa 14-15° ni tashkil qiladi. Savannalarda kserofil o't va ba’zan kserofil daraxtlar uchraydi. Daraxtlar pakana bo'lib, shoxlari tikanli va barglari dag'aldir. Afrika savannalari. Afrika savannalarida, ikki pallali daraxtsimon baobab (Adamsonia digitata), moyli palma (Elaeis guenensis), butirosperum (Buthyrospermum parkii), lofira (Lophira alata), dum palsi (Hyphaene thebaica), protea va siyabonsimon shaklga ega bo'lgan akatsiyalar (Acacia senegali, A. Spirocarpa, A. albida, A. giraffae) ko'p uchraydi. Baobab Afrika savannalari uchun endem o'simIikdir. Uning bo'yi 15-25 m va eni 10 m. U 4000-5000 yil yashaydi. Mevasining uzunligi 30-35 sm bo lib, uni ovqat sifatida iste’moI qilish mukin. Po'stlog'ining ichki qavatidan dag'al tola olinib, undan arqonlar to'qiladi. Yosh barglaridan ovqat va dori-darmon sifatida foydalaniladi. Shuningdek urug'idagi adonsonin deb ataluvchi alkaloiddan meditsinada zaharlangan kishilami davolash uchun dori sifatida ishlatiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Baobab Dumpalsi Lofira Moyli palmaning bo'yi 15-25 m. U 80-120 yil yashaydi. Mevasi tarkibida 22-70% moy bo'ladi. Bu moy sovun tayyorlashda va temir detallami moylashda ishlatiladi.urug'idan olingan moy esa ovqatga ishlatiladi. Tanasidan olinadigan shira (sharbat) dan vino tayyorlanadi. Bir gektar maydondagi palmadan 4 tonna moy olinadi. Shuning uchun ham u juda keng maydonlarda o stiriladi. Butirospermum va lofira kabi daraxtlaming urug'idan yuqori sifatli moy olinadi; palma - dumning mevasi ovqat sifatida, bargi esa turli xil buyumlar to qish uchun ishlatiladi. Akatsiyaning 500 ga yaqin turi maMum bo'lib, Afrika savannalari uchun xarakterli bo'lgan bir necha turlari katta xojalik ahamiyatiga ega. Ulaming po stlog idan tannin (oshlovchi modda) va shirach olinadi. Yog'ochi esa juda yuqori sifatli bo lib, undan turli xil cholg'u asboblari, badiiy buyumlar va rangli fanerlar tayyorlanadi. Osiyo savannalari. Osiyo savannalari, asosan, Hindiston va Hindixitoy tekisliklarida uchraydi. O simliklar qoplamini qizil qiyoq (Imperata cylindrica) deb ataluvchi boshoqli osimliklar tashkil qiladi. Uning ildizpoyasi juda yaxshi rivojlangan bo lib, savannalardagi qumlami mustahkamlashda muhim rol o ynaydi. Ammo ekinlar orasida begona o't sifatida ham uchraydi. Osiyo savannalarida keng tarqalgan boshoqli osimliklardan yana biri shakarqamish. Shakarqamishning areali ancha keng bo lib, u O rta Osiyoning Sirdaryo va Amudaryo vodiylarini o'z ichiga oladi. Uning barg qinidan dag'al tola olinadi.
Avstraliya savannalari. Savannalar Avstraliyada katta maydonni egallaydi. Avstraliya savannalarida turli xil o'simlik guruhlari (formatsiyasi) mavjud. Ular uchun 600 ga yaqin turga ega bo'lgan evkalipt endem hisoblanadi. Evkaliptning barcha turlari (po'stlog'ida, bargida va yosh novdalari) da efir moylari parfyumeriya sanoatida qo llaniladi. Yog ochi esa yuqori sifatii hisoblanadi. Avstraliya savannalari akatsiya turkumining 300 ga yaqin turi uchraydi. Bu akatsiyalar daraxtsimon yoki butasimon bo'lib, ulaming barg kengayganligi uchun ular fillodiylar deyiladi. Qurg oqchilik boshlanish bilan murakkab patsimon barglar tezda to kiladi, kengaygan barg band (fillodiy) esa assimilyatsiya protsessini o'tay boshlaydi. Kazuarina, ksantoreya, kingiya, dizipogon kabi turkumli turkumlaming vakillari Avstraliya savannalarida ko'p uchraydi. Shuningdek, boshoqdoshlar oilasining www.ziyouz.com kutubxonasi Kazuarina Tikon bargli kserofill siyrak o rm onlar Bu o'rmonlar savannalarga nisbatan quruq iqlimli rayonlarda shakllangan. Bu zonada yog'ingarchilik miqdori juda kam, qurg'oqchilik davri anchaga cho'ziladi. 0 'simliklar jamoasi o ziga hos ularda ko proq mayda tikon bargli butalar tarqalgan. Bu butalaming ko pchiligi sukulen, qalin tuklar biian qoplangan. Daraxtlaming barglari mustaxkam qattiq emas, hamda kseromorf tuzilishga ega, qurg oqchilik davrida barglar novdada saqlanib qoladi. Bu o'rmonlarda butilkasimon daraxt uchrab, ularning tanasi huddi butilkaning shaklini olgan. Daraxtsimon kavanilleziya (Cavanillesia arborea) bu o rmonlaming tipik vakili hisoblanadi.
Bu oblast janubiy g’arbiy Afrikani kichik bir qismini o’z ichiga oladi. Bu oblast uchun daraxt turlarini kabag’alligi xarakterlidir. Keng tarqalgan o’simliklar troteydoshlar (262 tur), vereskdoshlar (460 tur), restionadoshlar (80 tur), amariliskdoshlar (80 tur) va savsarguldoshlar (161 tur) ќisoblanadi. Bulardan tashqari orxisguldoshlar, terebintadoshlar, kislisadoshlar, rutadoshlar, boshoqdoshlar, qiyoqdoshlar, murakkabguldoshlilar oilalarini vakillari keng tarqalgan.
Kap oblastida shuningdek pelargoniya, protea, kap ituzumi, nosorog daraxti, podokarpus, kalitriks daraxtsimon paparotniklar o’sadi.
Bu yerda gollartik flora vakillaridan qichitqi (krapiva), sutpechak, xoxlatka, ayiqtovon, binafsha, na’matak, keleriya va chalov o’sadi.
Kap oblastining shimoliy qismidagi Karru cho’li uchun akasiya, sukulent (bargi qalin) o’simliklar va yovvoi tarvuz va 300 turdan iborat mezembriantimum xaraterlidir.
Mezemtriantimum o’simliklarini ayrim turi toshga o’xshash ko’rinishga ega bo’lib o’sadi va shu bilan o’zini dushmandan saqlab qoladi. Kap oblastida 1000 yaqin manzarali o’simlik o’sadi.
Kap oblasti bog’larda va parniklarda yetishtriladigan ko’p o’simliklar turini vatanidir. Bularga veresklar, geranlar deb ataladigan pelargoniyani ќar xil turi, chiroyli gul ochadigan lileylilar (lola, giasint), narsiss (amarilisdoshlar) va gladioluslar (irisdoshlar) misol bo’la oladi. Qo’riqxona floasining endem turlari. O’zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan turlar. Subendem turlar.