Ma’ruza. Kosmik astrofizik tekshirish asboblari. Xabll teleskopi
Reja
1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari.
2. Kosmik nurlar astrofizikasi.
3. Ultrabinafsha astronomiya.
4. Rentgen va gamma astronomiya.
5. Xabll teleskopi
Tayanch iboralar: infraqisil nurlar, ultrabinafsha nurlar, roentgen nurlar, gamma nurlar,
kosmik nurlar, Geyger –Muller sanagichi, foto electron kuchaytirgichlar.Xabll teleskopi
1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari.
Osmon yoritkichlari nurlanishining ko’p qismi Yer yuziga yetib kelmaydi. Bular qisqa
to’lqinli gamma (
0,01 nm), rentgen (0,01
10 nm), ultrabinafsha (u eng chetki UB - 10
40,
uzoq UB - 40
200, yaqin UB - 295
395 nm larga bo’linadi) nurlanishning
295 nm lari va
uzun to’lqinli infraqizil IQ (u yaqin IQ – 0.75 mkm dan bir mkm gacha, o’rta IQ – 4 mkm dan 10
mkm gacha, uzoq IQ – 10 mkm dan 100 mkm gacha) nurlarning 10 mkm
1000 mkm. Bu
nurlarda tekshirishlar bajarish uchun o’lchash asbobini Yer atmosferasidan tashqariga olib chiqish
kerak bo’ladi. Bu ishni samolyotlar va aerostatlar (30 km), baland uchar geofizik raketalar (100
km), Yerning suniiy yo’ldoshlar (YeSY, 200 km dan baland) va avtomatik kosmik stansiyalar
(AKS) bajaradi. Osmon yoritkichlari spektrining bu diapazonlarida maxsus teleskoplar va
nurlanish priyomniklari qo’llaniladi.
Osmon yoritkichlarining rentgen va gamma nurlarini kosmik nurlar deb ataluvchi yuqori
energiyali (10
20
eV gacha) zaryadlangan zarralar (atom yadrolari) ummonida qayd qilishga to’g’ri
keladi. Kosmik nurlar energiyasi bo’yicha rentgen va gamma kvantlar ketma-ketligining yuqori
energiyali chegarasidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |