1. Kurs ishi Bitiruv malakaviy ishi 3



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#184287
  1   2
15 Kurs ishi Bitiruv malakaviy ishlar Magistirlik va doktorlik


Mavzu: Kurs ishi. Bitiruv malakaviy ishlar. Magistirlik va doktorlik disertatsiyalari.
Reja:


1. Kurs ishi
2. Bitiruv malakaviy ishi
3. Magistrlik va doktorlik disertatsiyalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kurs ishi
Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muxim omili – bu talabaning oʻz qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma’suliyatli boʻlishi lozim.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mavzular soni talabalar sonidan koʻp boʻlishi kerak, ularning yoʻnalishi oʻquv dasturi doirasida va talabaning qobiliyati xamda imkoniyatlari darajasida boʻlishi kerak.
Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan boʻlishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Kurs ishi rahbari talabaga tanlangan mavzu boʻyicha kurs ishi topshirigʻini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan soʻng topshiriqni talabaga beradi. Kurs ishi mavzusi talabalarning guruh jurnalidagi nomeriga muvofiq tanlanadi.
Kurs ishi topshirigʻida talabaning ismi sharifi, yoʻnalishi, kursi, guruhi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.
Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini oʻzgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish toʻgʻrisida ariza bergandan soʻng va kafedra uni tasdiqlagandan soʻng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar toʻplashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni oʻrganish davomida koʻrsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqalarni xam oʻrganishi lozim.
Undan soʻng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlangʻich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin