1. Kurs ishi Bitiruv malakaviy ishi 3



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə2/2
tarix18.12.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#184287
1   2
15 Kurs ishi Bitiruv malakaviy ishlar Magistirlik va doktorlik

2. Bitiruv malakaviy ishi
Bitiruv malakaviy ishni bajarish — oliy ta'lim muassasi bakalavriatida talabalagni o`qitishning yakuniy bosqichi bo`lib, O'zbekiston Respublikasi Davlat atestatsiya komissiyasi haqidagi Nizomga ko`ra bitiruv malakaviy ishni himoya qilish Davlat Attestatsiya Komissiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi ta'lim bo"yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llash; ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo`yilish jarayonidan boshlab, uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas'uliyatni his etishga; o`rgatish; zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning, axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta'minlash;
Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni sistemalashtirish, tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatiarni shakllantirish tajribasini egallash;
Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Bitiruv maiakaviy ish talaba tomonidan mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlar va tadqiqiy, amaliy ko`nikmalari negizida bajariladi.
Ushbu metodik qo`llanmada bitiruv malakviy ishlarga bo`lgan umumiy talablar, bitiruv malakaviy ishga rahbarlik, maslahatchilik qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarish, rasmiylashtirish, bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bo`yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni baholashning umumiy mezonlari berilgan.
Ilova qismida BMIni rasmiylashtirish haqida tavsiyalar keltirilgan.
So`ngi ilovada matematik analiz o`quv fanida o`rganilgan materiallar asosida bajarish mumkin bo`lgan BMI mavzulari keltirilgan. Ba'zi mavzular uchun ko`rsatmalar (rejalar) keltirilgan.

3. Magistrlik va doktorlik disertatsiyalari
Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak: titul varaq; ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro`yxati; ilovalar (mavjud bo`lsa).
Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot ob`ekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar xajm jiqatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani qal etishda magistratura talabasining shaxsiy qissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo`lishi lozim: qatorlar oraliq`i - 1,5 sm; yuqori va pastki xoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq - 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasigа davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o`tkaziladi.
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul'tet o`quv-metodik kengashining qarori bilan o`zgartirilishi vа ko`paytirilishi mumkin.
Xulosa
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qogʻozning bir tomoniga kompyuter texnikasidan foydalanilgan xolda 14 hajmdagi Times New Roman shriftida 1.5 oraliqda davlat tilida (rus guruhlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi hajmi 30 -40 betni tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 30 mm, oʻng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan xolda yoziladi. Kurs ishi matnlari qogʻozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta soʻz joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli boʻlsa, oʻsha sahifada keltiriladi.
Har bir qism, jurnaldan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi sarlovxalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda soʻzlarning boʻgʻin koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sahifa tartib raqami saxifaning pastki (yuqorigi) oʻrta –qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar xam saxifalanadi. Jild varagʻi 1- bet sanaladi, unga tartib raqami qoʻyilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varagʻi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar.
Ilovada turli xujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qogʻoz qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.
Jild (titul) varagʻi kurs ishining 1- beti boʻlib, unda Vazirlik, oliy oʻquv yurtining nomi, fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yoʻnalishi, kursi, guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hamroyev O.H. Iqtisodiy muvozanat va uni ta’minlash mехanizmlari. – T.: TDIU, 2004, 35-b.
2. Jumayev N.Х. Jahon moliyaviy inqirozi: mohiyati, sabablari va uning Oʻzbеkistonga ta’siri (Elеkron ma’ruza matni).- TDIU. - T, 2009.
Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin