1-Laboratoriya ishi
Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari, qo‘llaniladi
gan asbob va moslamalar bilan tanishish, tarozida tortish qoidalari.
Laboratoriyada
ishlash tartibi
1. Darslik va leksiyadan tegishli bo’limlarni o’qib chiqish va laboratoriya ishlarini
ng mazmuni bilan tanishish lozim.
2. Tajriba olib borish uchun zarur narsalar (idish, asbob- uskunalar reaktiv v
a boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajribani boshlash kerak.
3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibiga rioya qiling.
4. Kerak bo’lgan taqdirda ishni mo’rili shkafda olib boring.
5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating. Uning tavsilotlarini laboratoriy
a ishdaftariga yozib boring. Kuzatilgan barcha hodisalarni (cho’kma hosil bo’lishi,
eritmava cho’kma rangining o’zgarishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi, gaz hosil b
o’lishi va shu kabilar) reaksiya tenglaamasini, hisob va xulosalarini maxsus la
boratoriya ish daftariga yozib boring.
6. Laboratoriya ish daftariga tajriba bajariladigan mavzuni nomi, ishning maz
muni, lozim bo’lsa
foydalanilgan
asbob-uskunalarning
sxemasi yoki rasmini chizing.
7. Laboratoriya jurnali muqovasida talabaning familiyasi, ismi va gruppasinin
g nomeri yozilgan bo’lishi kerak.
8. Ish tamom bo’lgandan keyin o’z ish joyingizni tartibga keltiring. Tartib va
ozodalik faqat ish
joyingizdagina
emas balki butun laboratoriyada ham saqlanishi shart.
Tajriba olib borishda ko`riladigan
ehtiyot choralari
Kimyoviy laboratoriyalarda olib boriladigan ishlar va qo’llaniladigan reakti
vlar kishi organizmi uchun ma’lum darajada zararlidir. Shuning uchun laborat
oriyada ishlaganda quyidagi ehtiyot choralari qoidalariga amal qilish kerak:
1. Zararli va qo’lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili sh
kafda bajaring.
2. Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqindan turib hidlamang. Agar gazni hidlash
lozim bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz t
omon ohista yelpib, hidlang.
3. Kuchli kislotalarni ayniqsa konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suv
ni kislotaga quymasdan, kislotani suvga idish devori orqali jildiratib ohista quying.
4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qo’lingizga sachramasin.
5. Suyuqlik qizdirilayotganda uning holatini kuzatish uchun idish ustiga enga
shib qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin.
6. Probirkaga biror modda, ayniqsa, suyuq holdagi modda solib qizdirayotganingiz
da uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratmang.
7. Ko’z va qo’lingizga biror kimyoviy modda sachrasa zararlangan joyni darxol su
v bilan yuvib tashlang.
8. Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashmasi portlovchi bo’ladi. Shuning uch
un vodorod va shunga o’xshash gazlarni yoqishdan oldin ularning tozaligini s
inab ko’rish kerak.
9. Simob
va
uning
bug’i o’ta
zararlidir.
U bilan
ishlaganda juda
ehtiyot bo’lish lozim.
10. Simob va shunga o’xshash zaharli moddalar bilan ishlagandan so’ng alba
tta qo’lingizni yuvishni unutmang.
11. Suvli eritmalar va umuman suyuqliklarning mazasini tatib ko’rish qat’iy
man etiladi.
12. Oson o’t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda
yoki maxsus mo’rili shkafda olib borish lozim.
13. Benzin, spirt, efirlar bilan ihlayotganda o’t chiqib qolsa hech vaqt suv b
ilan o’chirishga urinmang. Bunday alangani qum sepib yoki maxsus vositalar yord
amida o’chirish lozim. Ularni o’tga yaqin keltirish yoki ochiq alangada
isitish mumkin emas.
14. Terining biror joyi kuyib qolsa, u yerni kaliy permanganatning kuchsiz e
ritmasi bilan ho’llang va tegishli surkama moydan surkang. So’ng albatta vrachga
murojaat qiling.
15. Laboratoriya mashg’uloti tugagach, ish stolini tartibga solish, gaz va vodoprov
od jumragini berkligini hamda elektr asboblarini o’chirilganligini albatta teksh
irishni unutmang.