1-laboratoriya ishi



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#180981
  1   2
5 labaratorya umumiy fizika


QATTIQ JISMLARNI ZICHLIGINI CHIZIQLI O`LCHAMLARI ASOSIDA ANIQLASH
Kerakli asbob va anjomlar: shtangentsirkul, mikrometr, chiziqli o’lchamlari va zichligi aniqlanadigan turli shakldagi buyumlar, lupa.
Ishning maqsadi: shtangentsirkul va mikrometrning tuzilishi va ishlash usuli bilan tanishish hamda ular yordamida o’lchash malakasini hosil qilish.

ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA


Chiziqli va burchakli kattaliklarni o’lchash uchun turli asbob va moslamalardan foydalaniladi. Ularning eng oddiylari sifatida shtangentsirkul, mikrometr, mikroskop, burchak o’lchagich va hokazolarni ko’rsatish mumkin.


Uzunlik masshtabli chizg’ich yordamida o’lchanadi. Bunday chizg’ichning eng kichik bo’limi 1 mm ga teng. Agar o’lchash aniqligini millimetrning bir necha o’ndan bir ulushigacha yetkazish talab qilinsa, o’lchash moslamasining qo’shimcha shkalasi - noniusdan foydalaniladi.

1.1-rasm

Chiziqli nonius - masshtab bo’ylab sirpana oladigan kichkina chizgichdir. Bu chizgichda m ta bo’limdan iborat shkalacha bor (1.1 - rasm). Bu shkalachadagi hamma m ta bo’limning umumiy uzunligi asosiy shkaladagi eng kichik bo’limlarning m - 1 tasiga teng, ya’ni




mx = ( m - 1) y

Bu tenglikdagi x - nonius bo’limining uzunligi, y esa masshtabdagi eng kichik bo’limning uzunligidir. Yuqoridagi tenglikdan:


x = y -
Shkala bo’limining uzunligi bilan nonius bo’limi uzunligining ayirmasi

x = y - x = (1)


bo’ladi, bu x ayirma nonius aniqligi deyiladi. Ana shu kattalik noniusning maksimal xatosini bildiradi.
Chiziqli nonius vositasi bilan o’lchash usullarini o’rganaylik. L – o’lchanayotgan kesma bo’lsin (1.2-rasm).


1.2-rasm

Bu kesmaning boshini (bir uchini) asosiy masshtabning 0 chizig’iga to’g’ri keltiraylik; bu vaqtda kesmaning oxiri (ikkinchi uchi) masshtabdagi k - bo’lim bilan (k +1) - bo’lim orasida bo’lsin. U holda:




L = k y + L

deb yozish mumkin, bunda L - masshtabdagi k - bo’limning hozircha noma’lum bo’lgan ulushidir.


Endi, L kesmaning oxiriga noniusning 0 chizig’ini to’g’ri keltirib qo’yamiz. Nonius bo’limlarining uzunligi masshtab bo’limlarining uzunligiga teng bo’lmaganidan noniusda shunday bir n raqamli bo’lim albatta topiladiki, bu bo’lim chizig’i masshtabning tegishli (k + n) - bo’limining chizig’iga juda yaqin keladi. 1.2-rasmdan ko’rinib turibdiki,

L = ny - nx = n ( y - x) = n x,


Demak, kesmaning butun uzunligi:




L = ky + n x,
yoki, (1) ga asosan,
L = ky + n- (2)

Bu formulani quyidagicha ta’riflash mumkin: nonius vositasidagi o’lchanayotgan kesmaning uzunligi masshtabning butun ( to’liq ) bo’limlari soni bilan noniusning masshtab bo’limlaridan biriga to’g’ri kelgan bo’lim raqamini nonius aniqligiga ko’paytirish natijasining yig’indisiga teng.





1.3- rasm

Doiraviy nonius graduslarga yoki undan maydaroq bo’limlarga bo’lingan doira (limb) bo’ylab sirpana oladigan yoy shaklidagi chizg’ichdan iborat.


Bu chizg’ichda ham m ta bo’lim bo’lib, ularning umumiy uzunligi limb bo’limlarining m-1 tasiga teng (1.3-rasm), ya’ni m=(m-1) , bunda - nonius bo’limmining gradus yoki minutlarda ifodalangan qiymati,  esa limbning eng kichik bo’limining qiymatidir. Doiraviy noniusning aniqligi
= 
bo’lib, limbning noliga nisbatan hisoblanadigan burchaklar quyidagi formuladan topiladi
=k+n yoki =k+  (3)

1.4-rasm


Misol tariqasida 1.4-rasmda o’lchanayotgan burchak 141o 51 30 ga teng, chunki k= 141o 40; =20 (1o uchta bo’limga bo’lingan ); m=40 kichik bo’limcha; n=23 kichik bo’limcha. Shunday qilib burchak
141o 40+23 =141o 40+11,5 (11 30)=141o 51 30
Noniusli asboblar jumlasiga shtangentsirkul va mikrometr ham kiradi .

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin