mahalliy bozorda muvozanat narxga ta\'sir etuvchi omillar
Mavzu: mahalliy bozorda muvozanat narxga ta'sir etuvchi omillar
Fan: Mikroiqtisodiyot
Guruh: 110 ММТ_S
Talaba: Toshpo’latova Sarvinoz
MUSTAQIL ISH
REJA
Bozordagi talab va taklifning o’zgarishi
Muvozanat narxni to’g’ridan-to’g’ri muvozanatlik sharti bo’yicha aniqlash
bozorning dinamik modelida bozor narxi ning o’zgarishi
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi.
Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi.
Muvozanat narx deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdori ni unga bo’lgan talab miqdori unga bo’lgan talab miqdori ga tenglashtirsa, ya’ni Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig’iqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi. va nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning o’zgarishi, bozor muvozanatini o’zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig’i o’ngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig’i chapga siljisa), va lar ham kamayadi.
Bozor taklifi oshsa (taklif chizig’i o’ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig’i chapga siljisa), muvozanat narx o’sadi, muvozanat tovar hajmi
Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o’zida siljishsa, muvozanat narx va muvozanat miqdor larning o’zgarishi har xil bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo’lib, u ma’lum vaqt oralig’ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo’lishi mumkin). Bunday bozor modelida o’zgaruvchilar vaqtga bog’liq emas.