1. Magnit maydon deb nimaga aytiladi va uning kuch chiziqlari qanday bo‘ladi?



Yüklə 17,05 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü17,05 Kb.
#45954
1. Magnit maydon deb nimaga aytiladi va uning kuch chiziqlari qa


8-topshiriq


1. Magnit maydon deb nimaga aytiladi va uning kuch chiziqlari qanday bo‘ladi?

Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonunita asosan aniqlanadi.

Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.




2.Magnit maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi va uning o‘lchov birligi ?
3. Bio-Savar-Laplas qonunining formulasini keltirib chiqaring?
4. Elektr tokining magnit maydoni qanday maydon?
5. Magnit maydon induksiyasiga ta’rif bering?
6. Magnit maydon energiyasi va zichligini formulasini yozing.
7. Uzun o`tkazgichdan biror masofadagi magnit maydon induktsisi?
8. Aylanma tokli o`tkazgich markazidagi magnit maydon induktsiyasi?
9. Magnit maydon induktsiyasining fizik ma‘nosi?
10.Chap qo‘l va o‘ng qo‘l qoidasiga ta’rif bering?
11.Magnetiklar deb nimaga aytiladi va ularning qanday turlarini bilasiz?
12.Magnetiklarning fizikaviy xususiyati deganda nimani tushunasiz?
13. Dia-paramagnetizm deb nimaga aytiladi?
14.Ferromagnetizm deb nimaga aytiladi?
15.Magnititiklarning qanday xossalarini bilasiz?
Yüklə 17,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin