1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari



Yüklə 16,35 Kb.
səhifə1/6
tarix14.10.2023
ölçüsü16,35 Kb.
#155557
  1   2   3   4   5   6
1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari-fayllar.org


1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari

20-variant


1.Marketing konseptsiyasi nima va uning turlari
2.Marketing xizmati va tadqiqotining maqsadi
3.Marketingda talab turlari
Javoblar:
1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari
Marketing konsepsiyasi — bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi yoki korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari tizimidir.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
  • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;


  • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;


  • marketing strategiyasini aniqlash;


  • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.


Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan evolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi.


Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
  • ishlab chiqarish konsepsiyasi;


  • tovar konsepsiyasi;


  • sotish konsepsiyasi;


  • an’anaviy marketing konsepsiyasi;


  • ijtimoiy-ahlokiy marketing konsepsiyasi;


  • o’zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.




2. Marketing xizmatlari — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, soliqlar tizimi va bozor elementlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, reklamami uyushtirish Marketing xizmatlarining asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Shuningdek, Marketing xizmatlari jonli va umumlashgan mehnat resurslaridan foydalanish normativlarini aniqlashda ishtirok etadi; tovarlarni oqilona sotishni tashkil qiladi, moddiytexnika taʼminoti masalalarini hal etadi; sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarni iqtisodiy va texnikaviy holatini tahlil qiladi; korxonaning yaqin va uzoq istiqbolini belgilashda ishtirok etadi, ishlab chiqarishni marketing nuqtai nazaridan operativ tarzda tashkil etadi; mehnatni va unga haq toʻlashni yuqori darajada olib borish bilan shugʻullanadi.



Yüklə 16,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin