1-ma'ruza: Fizika fani va uning vazifasi. Reja



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#126799
  1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza Fizika fani va uning vazifasi. Reja


1-ma'ruza:
Fizika fani va uning vazifasi.


Reja
1.Fizika fani. Fizika fanini boshqa fanlar bilan o'za'ro bog'liqligi. Fizika va
kimyo.
2.Fizikaviy tushunchalar.
3.Fizik tadqiqotlar usuli.
4. Fizik kattaliklar va birliklar sistemasi.


1.Fizika fani. Fizika fanini boshqa fanlar bilan o'za'ro bog'liqligi. Fizika va kimyo.
“Fizika” so'zi yunoncha (fyuzis) – tabiat degan so'zdan olingan. Bu so'z ostida, tabiatshunoslik fanini birinchi bo'lib tizimli ravishda bayon etgan olim, qadimgi yunion mutafakkiri Arastuning katta asari chiqqan.
Fizika-materiya va uning mavjudlik shakllarining eng oddiy va shu bilan birga umumiy xususiyatlarini o'rganadi. Bizni qurshab turgan dunyo moddiy bo'lib, u, abadiy mavjud va uzluksiz harakatdagi materiyadan iborat.
Materiya deb, keng ma'noda, bizning ongimizdan tashqaridagi, inson tomonidan xis qilish organlari yoki maxsus asboblar orqali aniqlanishi mumkin bo'lgan, tabiatda(Koinotda) real mavjud bo'lgan barcha narsalarga aytiladi.
Materiyaning konkret ko'rinishi turlicha bo'lib, ularga, elementar qismlari(elektronlar, protonlar, neytronlar va boshqalar), bu qismlarning kichik miqdordagi mujassami(atomlar, molekulalar, ionlar), fizik jismlar(elementar qismlarning ko'plik mujassami) va moddiy qismlari o'zarota'sirlashuvchi fizik maydonlar(gravitatsion, elektromagnit va boshqalar) kiradi.
Fizika fanning asosiy vazifasi, bizni qurshab turgan moddiy olamni har tomonlama bilish, uning tuzilishi va harakat qonunlarini aniqlash, bu qonuniyatlarni bir-biriga bog'lab o'rganishdir.
Fizika fan sifatida hodisalarni kuzatadi, aniqlaydi va tekshiradi, tushunchalar va terminlar kiritadi, qonunlarni ochadi va tariflaydi, nazariyalarni yaratadi, faktlarni tushuntiradi, hodisalarni bashorat qiladi.
Fizika o'rganadigan ob'ektlar


Fizika fanini boshqa fanlar bilan o'za'ro bog'liqligi.
Richard Feynman o'zining fizika bo'yicha ma'ruzalarida: «Fizika – bu barcha fanlardan eng fundamentali, eng keng qamrovligidir. Uni fanlarning rivojlanishiga ta'siri juda ham katta bo'lgan» deb aytgan.
Haqiqatda ham, hozirgi fizika ko'p zamonaviy fanlar vujudga keltirgan qadimdagi natural falsafaga tengdir.
Turli mutaxassisliklarning talabalari tomonidan fizikani o'zlashtirishga majbur bo'lishi bejiz emas. Ko'p hodisalarda fizika fani katta rol` o'ynaydi.
Astronomiya – yosh jihatdan fizikadan kattadir. Ammo, fan sifatida astronomiya fizika fani nega sayyoralar va yulduzlar shunday harakat qiladi, boshqacha emas degan savolga javob topgandan keyingina oyoqqa turgan.
Astronomiyadagi eng hayratli kashfiyot yulduzlar bo'lib, Yer kabi bir xil atomlardan iboratdir. Buni, fizik-spektroskopist olimlar aniqlangan.
Yulduzlar o'zini energiyasini qaerdan oladi? Bu savolga javob faqat 1940 yillarda, fiziklar tomonidan bo'linish reaktsiyasi va termoyadro sintezini ochilishi natijasida ma'lum bo'ldi. Astronomiya fizikaga shunchalik yaqinki, ular orasida chegara o'tkazish juda qiyin.
Astronomiya – oy, sayyoralar, yulduzlar hamda bizning sistemamizdan tashqaridagi koinotni o'rganuvchi fan bo'lib fizikaga asoslangan.
Astrofizika – bu astronomik olamning fizikasi. Siz aytishingiz mumkin: yulduzlarning holati hamda ularning aniqlash astronomiya fanining vazifasi deb, ammo yulduzlarning nurlanish sababini tushuntirish, astrofizikaning vazifalaridan bittasidir.
Biologiya-barcha biologik jarayonlarni mexanizmini faqat molekulyar va ichki xujayralar darajasida tushunish mumkin. Bu yerda biologlar fizikaviy bilimlarsiz va fizikaviy asboblarsiz ish ko'rishi qiyin, masalan asab faoliyatining murakkab faoliyati–mohiyati bo'yicha, elektromagnit hodisadir.
Geologiya – “astronomiya”ning boshqa bir turi bo'lib, bizning sayyoramizni chuqur o'rganadi. Fizik qonunlarga tayanmagan holda, birorta geologik jarayonni tushuntirib bo'lmaydi.
Meteorologiya – bu bizning atmosfera fizikamiz bo'lib, fizika tilida ob - havoni tushuntirishga intiluvchi fan.
Shuni aytib o'tish kerakki, fizika boshqa fanlar bilan aloqadordir. Bundan ko'rinib turibdiki, fizika fundamental bo'lib, boshqa tabiiy fanlar uning fundamentida quriladi.
Fizika yordamida rivojlanib, bu fanlar fizikani o'z yutuqlari bilan boyitadi va uning oldiga yangi masalalar qo'yadi, bularni yechib fizika yanada rivojlanadi.

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin