4-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORALAR
REJA:
1. Quyosh sistemasidagi sayyoralarning harakati.
2. Quyosh sistemasidagi sayyoralarning tuzilishi.
Adabiyotlar:
1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018.
2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005.
3. Sayfullayev G’.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet.
4. Sayfullayev G’.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet..
5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet.
Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ulaming yoʻldoshlari, oʻn minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda koʻp meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun Quyosh atrofida bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda oʻz oʻqlari atrofida ham aylanadilar.
Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan boʻlsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr boʻladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan boʻsh joylar koʻproq ekanligi chizmadan koʻrinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda boʻlib, diametri mazkur masshtab boʻyicha 0,33 millimetrga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan boʻladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr boʻlib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.
Sayyoralaming eng ulkani - Yupiteming diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metrni, Satumning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqligi 100 metrni tashkil etadi.
Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib koʻrsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr boʻlib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.
Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq boʻlib, Quyoshdan uzoqligi 400 metrni tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi boʻlsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi boʻla olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).
Bulutsiz tunda 3 000 taga yaqin yulduzni koʻra olishimiz mumkin. Koʻrinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud. Olimlar azaldan yulduzlarni oʻrganishga qiziqqanlar. Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulug’bek (1394-1449) yulduzlarni oʻrganish uchun Samarqandda maxsus inshoot - rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlarni oʻrganish natijalarini toʻplab, alohida kitob yozib qoldirgan. Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yulduz haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |