1-ma’ruza: Iroda. Irodaning metodologik muammolari



Yüklə 153,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.09.2023
ölçüsü153,14 Kb.
#147873
1-MA’RUZA Iroda. Irodaning metodologik muammolari



1-MA’RUZA: Iroda. Irodaning metodologik muammolari 
Reja
1.
Iroda haqida umimiy tushuncha 
2.
Irodaning metodologik muammolari 
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga irodaning psixik faoliyatda namoyon bo‘lishi, 
irodaviy akt, shaxsning irodaviy sifatlari haqida ma’lumot berish. Tushunchalar va 
tayanch iboralar: Iroda, irodaviy akt, ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar, dadillik
qat’iylik, ma’suliyat, sabr-toqat, matonat.
Asosiy savollar: Iroda haqida tushuncha. Iroda aktining tuzilishi. Irodaning 
metodologik muammolari 
Psixologik umumlashmalarda ta’kidlanishicha, emotsiya bilan iroda ilmiy 
kategoriya sifatida o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘langanligi tufayli ko‘pincha 
ularni 
bilish 
(kognitiv) 
jarayoniga 
qarama-qarshi 
tarzda 
shaxsning 
emotsionalirodaviy, umumiy tizimga birlashtirishadi. Psixika evolyutsiyasida 
emotsiyalar taraqqiyotning quyi bosqichida yotgan bo‘lsa, iroda uning yuksak 
darajasidan joy egallagan. Iroda boshqa psixik hodisalar singari aks ettirishning bitta 
shakli sifatida gavdalanadi. Irodaviy jarayonda faoliyatning obyektiv maqsadi aks 
ettiruvchi obyekt bo‘lib hisoblanadi, ammo bu voqelik o‘zidan o‘zi emas, balki 
ushbu maqsadga erishishni ta’minlovchi shaxsiy faoliyatni aynan bajarilishi 
uyg‘unligida kechadi. Bizningcha, irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
“Insonning o‘z oldiga qo‘ygan ongli maqsadiga itoat etgan holda to‘siqlarni yenga 
olish, shaxsiy faoliyatini anglagan tarzda faol boshqarish va nazorat qila bilish 
qobiliyati iroda deyiladi”. Irodaning namoyon bo‘lishida xamisha irodaviy zo‘r 
berish ishtirok etadi va u qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan 
qiyinchiliklarni yengishga yo‘naltiriladi. Muayyan maqsadni amalga oshirishda 
qiyinchiliklar ba’zi hollarda o‘ta kuchsiz, gohida esa kuchli zo‘r berishni talab etadi. 
Iroda ongning uch asosiy xususiyatini o‘zida mujassamlashtiradi: bilish, munosabat 
va kechinma. Irodaviy harakat maqsadi doimo inson ko‘ngliga yaqin, moyil, 
mutanosib obraz shaklida anglanadi. Maqsadga erishishning ahamiyatini va 
ro‘yobga keladigan to‘siqlarni bilish qiyinchiliklarga munosabat tariqasida 
namoyon bo‘ladi hamda tushuniladi. Irodaviy zo‘r berishning o‘zi esa kechinma 
sifatida aks etadi. Irodaviy zo‘riqish kechinmasining o‘zi psixologik tuzilishiga 
ko‘ra, murakkab bo‘lib, shaxs to‘rt asosiy kechinmasining eng yuksagi hisoblanadi. 
Insonning irodaviy harakatlarini quyidagi bosqichlardan iborat ekanligini tavsiflash 
mumkin. 1. Maqsadni va unga erishish intilishni anglash. 2. Maqsadga erishishning 
bir qator imkoniyatlari mavjudligini tushunish. 3. Fikriy imkoniyatlarni tasdiqlovchi 
yoki inkor qiluvchi motivlarning paydo bo‘lishi. 4. Motivlar kurashi va ustuvor, 
kuchli motivni tanlash. 5. Qaror sifatida gavdalanuvchi imkoniyatlarni qabul qilish. 


6. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish. Metodologik nuqtai nazardan “Maqsad” 
tushunchasi “Men nima qilishim kerak” degan ma’no anglatadi. “Motiv” 
tushunchasi esa goh “xohish”, goho “kerak” ma’nosida gavdalanib, u “Nima uchun 
buni qilish shart” degan so‘z birikmasini aks ettiradi. Iroda tuzilmaviy jihatdan 
irodaviy harakat bosqichlari, irodaviy akt (harakat), irodaviy sifatlar, irodaviy zo‘r 
berish, irodaviy kurashlar, maqsad ko‘zlash, qaror qabul qilish, irodaviy malakalar, 
mexanizmlar, tashqi va ichki omillardan tashkil topadi. Umumiy maqsadning 
ijtimoiy ahamiyati irodaviy aktda shaxsning irodaviy faoliyatida namoyon bo‘ladi, 
uning qiymati zo‘riqishda yoki iroda kuchida mujassamlashadi. Mustaqil ish 
topshiriqlari: Irodaning ijtimoiy-tarixiy jabhalari. Tadqiqot tarixi va talqini 
(Aristotel, Dekart, Spinoza, Lokk, Gelbetsiy, Didro, Smit, Kant, Vundt, Grott, Ribo, 
Darvin, Ushinskiy, Lange, Lipps, Yang, Uotson, Sechenov, Pavlov, Mak-Daugoll, 
Freyd, Sanford va boshqalar.) Iroda ning predmeti va uning o‘ziga xosligi. Iroda 
ning vazifalari. Irodaning ijtimoiy hayotidagi ahamiyati va roli. 

Yüklə 153,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin