1-маъруза Mavzu: Raqobat nazariyasi. Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 соат)



Yüklə 28,26 Kb.
səhifə1/4
tarix07.09.2023
ölçüsü28,26 Kb.
#141859
  1   2   3   4
1-ma\'ruza


1-маъруза
Mavzu: Raqobat nazariyasi. Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 соат)
Reja:

  1. Raqobat va bozor ustuvorligi qonunining zarurligi, iqtisodiyotning mazmuni va mohiyati.

  2. Bozor ustuvorligi qonunining mazmuni va mohiyati.



Ma’lumki, raqobat kishilar hayotiga kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilanoq kirib kelgan. Butun taraqqiyot davri mobaynida insoniyat tabiat va o‘zaro yorug‘ va issiq joy, qulay yashash va ishlash sharoiti, resurslardan cheksiz foydalanish uchun raqobatlashib kelgan. Turli davrlarda, turli vaqtda va turli sharoitlarda raqobat turlicha namoyon bo‘lgan. Buni oddiy bellashuvdan to‘qnashuvga, to‘qnashuvlarning raqobat kurashiga, raqobat kurashining raqobat urushlariga aylanishi bilan izohlashimiz mumkin.
“Raqobat” tushunchasi rus tiliga nemis tilidagi “konkurrenz” so‘zidan kirib kelgan, o‘z navbatida nemis tiliga bu so‘z lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, qadimgi lotinlar “concurro/concurrentia” so‘zi bilan tomonlarning o‘zaro munosabatlari, to‘qnashuvi, bellashuvi va o‘zaro kelishish orqali qo‘shilib ketishi ham tushinilgan.
Bozor munosabatlari raqobatning asosida eng avvalo kishilarning ehtiyojlariga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifodalaydi. Xuddi shuningdek, iste‘molga, ishlab chiqarish, kommunikasiya va boshqarishga bog‘liq manfaatlari ham raqobatning asosini tashkil etadi.
Keyingi yillarda raqobatga juda katta ahamiyat berilmoqdaki, buni isboti O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida ham o‘z ifodasini topadi. Misol uchun: O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2023 yildagi O‘RQ-850-son, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunini keltirish mumkin. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan.
Qonunning maqsadi: tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin