1-ma’ruza. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Maktabgacha talimni boshqaruvchi vakillik organlari Reja



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü21,02 Kb.
#93774
  1   2   3
1-ma’ruza. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga r


1-ma’ruza. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Maktabgacha talimni boshqaruvchi vakillik organlari
Reja

  1. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish.

  2. Maktabgacha talimni boshqaruvchi vakillik organlari


Asosiy adabiyotlar:
1. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y
2. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogik” TDPU nashriyoti T:. 2013 yil
3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.


Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish - Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi. Metodika uyushmasi hujjatlari: Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi: yillik ish rejasi; yig'ilish bayonnomalari; hisobotlar; metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi. Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
Seminar va seminar mashg'ulotlari. Maktabgacha ta'lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir. Seminarlarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta'lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan belgilanadi. Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma'ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzusi bo'yicha o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur. Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash mumkin: mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi; o'yin faoliyatiga rahbarligi. Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qo'shiq san'atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo'shiqlarni kuylashga o'rgatish kabi mavzularda seminarlar tashkil etilishi mumkin. Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan bo'lib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarian esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi. Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida seminar mashg'ulotlari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Seminar mashg'ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak. Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin: yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi); turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari; maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari; tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos jihatlari va hokazo.
Ma'ruzalar Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g'oyaviysiyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviyma'rifiy mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi. O'z ustida ishlash Bu - maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviysiyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi fao- liyatining keng tarqalgan shakllaridan biri. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ish rejasida maktabgacha ta'lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalarni chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o'z ifodasini topadi. Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e’tibor beriladi. Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta'lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar o'z vaqtida hal etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan otaonalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarida otaonalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'lim menejmenti boshqaruv san’ati sifatida "Menejment" inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida boshqaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hoki-miyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma'nolarini anglatadi. Menejment ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya'ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmuidir. Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya'ni turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlarni boshqarish, ularni o‘z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish, sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demaqdir.
L.Fishman fikriga ko‘ra, ta'lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta'lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog‘ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; ikkinchi pog‘ona - o‘quvchilar faoliyatini boshqarish.
Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
- ta'lim menejmenti "maqsadga muvofiqlik" so‘zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o‘lchovga ega;
- ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol' o‘ynaydi);
- menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
- ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatna-shuvi.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruv o‘ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta'kidlab, quyidagicha ta'rif beradilar: "Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir".
O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunida, O‘zbekistonda ta'lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tasarrufiga kiradi.
Respublikamizda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan birga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o‘z faoliyatini "O’zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta'lim to‘g‘risida"gi Nizom asosida amalga oshiradi.



Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin