1-Mavzu: Kirish. Maxsulot ishlab chiqarish fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə1/2
tarix07.07.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#136035
  1   2
1 – mavzu kirish

1-Mavzu: Kirish. Maxsulot ishlab chiqarish fanining maqsadi va vazifalari.


Reja:
1. « Maxsulot ishlab chiqarish » fanining mazmuni va fanining kelib chiqishi.
2. Asosiy jarayonlarning turlari.
3. O‘xshashlik teoremalari va mezonlari.

« Maxsulot ishlab chiqarish » fanining mazmuni


Kimyo sanoati korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom-ashyo va materiallarning ichki stro‘qturasi, tarkibi, agregat holatlari o‘zgaradi. Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat. Bunday jarayonlarga quyidagilar kiradi: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, gazlarni siqish va uzatish, moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug‘latish, xo‘l materiallarni quritish va boshqalar. Demak, turli kimyoviy materiallar va mahsulotlar (kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar, lak-buyoq, polimer va sintetik materiallar) ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy qonuniyatlar bilan ifodalangan bir tipdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat bo‘ladi. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari bir xil bo‘lgan mashina va qurilmalarda olib boriladi.


Kimyo texnologiyasining turli tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan jarayon va qurilmalar asosiy jarayonlar va qurilmalar deb yuritiladi. Masalan, suyuqlik aralashmalarini ajratishda keng ishlatiladigan xaydash jarayonini ko‘ramiz. Haydash jarayoni kislorod ishlab chiqarishda suyuq havoni ajratish, nitrat kislota ishlab chiqarishda suv va nitrat kislotani ajratish, sintetik kaucho‘q ishlab chiqarishda murakkab organiq mahsulotlarni ajratish va boshqa bir qator ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Asosiy qurilmalar qatoriga, masalan, tarelkali va nasadkali kolonnalar kiradi. Bunday kolonnalar yoki qurilmalar haydash (suyuq aralashmalarni issiqlik ta’sirida ajratish), absorbsiyalash (gaz va bug‘ aralashmalaridan biror komponentni suyuqlikka yuttirish), ekstraksiyalash (suyuq aralashmalarni erituvchi yordamida ajratish) kabi jarayonlarni amalga oshirishda ishlatiladi.
Kimyo sanoatining ko‘pchilik tarmoqlarida ishlatiladigan nasos va kompressorlar, filtr va syentrifugalar, siklon va skrubberlar, issiqlik almashtirgich va quritkichlar va asosiy qurilmalar jumlasiga kiradi. «Jarayon va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlar amalga oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prinsiplari va ularni hisoblash usullari o‘rganiladi. Asosiy jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish va qurilmalarni hisoblash usullarini tuzishda fizika, kimyo, fizik-kimyo, termodinamika, iqtisodiyot kabi fanlarning fundamental qonunlari asos qilib olinadi.
«Jarayon va qurilmalar» kursi kimyo sanoatining turli tarmoqlarida ishlatiladigan va tashqi ko‘rinishdan har xil bo‘lgan jarayonlar va qurilmalarning o‘xshashliklarini aniqlashga asoslanadi. Zamonaviy katta masshtabdagi ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda ham «jarayon va qurilmalar» fanining ahamiyati katta. O‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan jarayon avval laboratoriya sharoitida, kichik o‘lchamdagi qurilmalarda (modellarda) o‘rganiladi. So‘ngra olingan tadqiqot natijalari katta o‘lchamdagi sanoat qurilmalariga ko‘chiriladi. Shunday qilib, kichik sistemalarda olingan natijalardan katta sistemalarda foydalanish qonuniyatlari
Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin