1-mavzu. Model va modellashtirish tushunchalari



Yüklə 39,5 Kb.
səhifə1/6
tarix29.12.2021
ölçüsü39,5 Kb.
#49039
  1   2   3   4   5   6
1. Model va modellashtirish tushunchasi. Model (2)


1-mavzu. Model va modellashtirish tushunchalari.

1.Model va modellashtirish tushunchasi.

2.Modellashtirish bosqichlari.

3.Model turlari.
1. Model va modellashtirish tushunchasi. Model (lot. “Modulus” – o‘lchov,
me'yor) – biror ob'ekt yoki ob'ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli–globus, osmon va undagi yulduzlar modeli–planetariy
ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan
aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat
tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan
xossalarinigina o‘rganadilar. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya'ni
qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganlari, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim
qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida
yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini
o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi.

Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar


olish mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash,
jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular
asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning
xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi.


Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin