1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja



Yüklə 66,42 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü66,42 Kb.
#180896
  1   2   3   4
Ma\'ruza matni (3)


1-MAVZU: O’SISH VA RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI
Reja:
1.Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining ahamiyati.
2. Maktab gigiyenasi haqida tushuncha.
3.Akseleratsiya tushunchasi nimani anglatadi


Tayanch tushunchalar: Fiziologiya, gigiyena, pedagog, sog’lom avlod, o’sish, rivojlanish, geteroxroniya, akseleratsiya, irsiyat, muhit, dominanta, retsessiv, xromosoma, gen, mutatsiya, irsiy kasalliklar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov: «Hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta’lim va tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish masalasini qo‘ydi. Shuning uchun mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida hozirgi zamon darajasiga chiqarish maqsadida katta ahamiyat berib kelinmoqda».


Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o‘sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi fiziologik o‘zlashtirishlarini yaxshi bilib olgandagina o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil eta oladi. Tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’sirini gigiyenik ahamiyatini o‘rganishi esa bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlashda o‘qituvchiga yordam beradi.
Yosh fiziologiyasining vazifasi o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to‘qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqadir davrlarda aniqlashdir. Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o‘zaro munosabatlari va ular o‘rtasida bog‘lanish sabablarini aniqlab beradi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida etakchi ro’l o‘ynashini tushunib olishga yordam beradi.
O’sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har-xil organ va tizimlarning faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlar Bilan harakterlanadi. O‘qituvchi bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini o‘rgangan ekan, ayrim tizim va organlarining (suyak-muskul, nafas olish organlari, qon aylanishi, nerv tizimi, sezgi organlari, oshqozon ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, teri, ayiruv organlari) tuzilishi xususiyatlarini hamda ularning faoliyatlarini va gigiyenasi bilan tanishadi. Uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish uchun nerv tizimining ishlash qonuniyatlarini bilish ayniqsa muhumdir.
Gigiyena – bola organizmini tashqi muhit ta’siriga o‘zaro bog‘liqligini o‘rgatadigan fan bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘sib va rivojlanib kelayotgan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o‘quv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalasini echib bo‘lmaydi.
Gigiyena predmeti bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi: shular jumlasidan, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’siri (tabiiy, sotsial-ijtimoiy), jismoniy rivojlanish, salomatligi va anotomik-fiziologik xususiyatlari, o‘qitishni gigiyenik sharoitlari, o‘quvchilarning mehnat va dam olish tartibi, o‘quvchilar kasalliklarini oldini olish va ko‘pgina boshqa vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Organizmdagi har bir tizimning gigiyenasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak-muskul tizimining gigiyenasi-harakat rejimini, partada to‘g‘ri o‘tirish, ishlash jarayonida gavdani to‘g‘ri tutish, yozayotganda qo‘l panjalarini ishlatilishini normaga solish va hokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarni yo‘lga qo‘yish, ularga rioya qilish, o‘sib rivojlanib kelayotgan bolalarni salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon beradi.
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo‘llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi - xususiyatlari nasldan-naslga o‘zgarmagan holda o‘tadi.
Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlodda turg‘un saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bo‘lib, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashinuvini harakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi.Irsiyat nasldan-naslga qay tarzda o‘tishini bilish uchun hujayra haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Barcha tirik organizm hujayralardan tashkil topgan.
1665 yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi hujayra ta’limotining tug‘ilishiga olib keldi. U po‘kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganda mayda katakchalarni ko‘rdi va ularga hujayralar deb nom berdi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan hujayraning tarkibi va hujayradagi moddalar almashinuvi o‘rganila boshlandi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon shakllarda bo‘ladi. Har bir hujayras sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan tashkil topgan.
Tuzilishi, kelib chiqishi ia funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi .Organizmdagi hamma to‘qimalar 4 guruhga: epiteliy (qonlovchi), biriktiruvchi (tayanch-grafik), muskul(mushak) va nerv to‘qimalariga bo‘linadi. Epitelty to‘qimasi bir va ko‘p qavatli bo‘lib, yupqa plastinka shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Biriktiruvchi to‘qima asosan o‘rganizmning ichki qismini tashkil etib, qon va limfa to‘qimasi, tog‘ay va suyak to‘qimasi, silliq muskullar to‘qimasiga bo‘linadi.
Hujayra ko‘p hujayrali organizmlarning funksional va genetik oddiy tuzilmasidir. Har bir hujayra yadro, sitoplazma va hujayra membranasidan tashkil topgan bo’ladi. Hozir hujayraning tuzilishini o‘rganishda bir necha ming marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskopdan foydalaniladi.
Hujayra membranasi uch qavat tuzilishga ega bo‘lib, har bir qavati taxminan 25A qalinlikda bo‘ladi. Tashqi va ichki qavatlari bir qator joylashgan oqsil molekulalaridan tuzilgan. O‘rta qavati ikki qator joylashgan lipid molekulalaridan tuzilgan. Hujayrada moddalar almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza, mineral tuzlar ana shu membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi.
Sitoplazma yarim suyuq muhit bo‘lib, elektron mikroskopda qaralganda, uning mayda donador strukturasi aniq ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va hujayraning barcha organoidlari universal va maxsus organoidlarga bo‘linadi. Universal organoidlar barcha organizmlar hujayrasida bo‘ladi. Maxsus organoidlar ba’zi hujayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, Gol’ji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hujayra markazi kiradi. Maxsus organoidlarga muskul hujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillar va harakat organoidlari - xivchinlar, kiprikchalar kiradi. Yadro hujayraning asosiy qismi bo‘lib, bo‘linish xususiyatiga ega. Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Yadro tashqi va ichki membrana orqali sitoplazmadan ajralib turadi. Membranada teshikchalar (poralar) bo‘lib, oqsil molekulalari, aminokislotalar, nukleotidlar ana shu teshikchalardan o‘tadi, natijada sitoplazma bilan yadro o‘rtasida aktiv moddalar almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Yadroning ichi suyuqlik (shira) bilan to‘lgan bo‘lib, bu yerda xromosomalar, yadrochalar (bitta yoki ko‘p) joylashgan. Yadro shirasi tarkibida oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bo‘ladi.
Lizosoma yumaloqroq shaklda bo‘lib, membranasi uch qavatdan tuzilgan. Uning tarkibidagi fermentlar ta’sirida oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar parchalanadi.
Endoplazmatik to‘r membrana bilan chegaralangan murakkab tuzilgan kanallar va sisternalardan iborat. Kup hujayralarda endoplazmatik to‘r membranasi yuzasida ko‘p granulalar joylashgan bo‘ladi. Ular ribosomalar deb yuritiladi. Ribosomalar hujayrada juda mayda bo‘lib, sitoplazmada erkin holda ham bo‘ladi. Yadroda joylashgan ribosomalarda yadro oqsillar sintezlanadi. Endoplazmatik to‘rda joylashgan ribosomalar oqsillarni sintezlashda aktiv ro’l o‘ynaydi.
Golji apparati yadro atrofida joylashgan, qo‘sh qavat membranali murakkab to‘r shakldagi tuzilmalardan iborat.
Mitoxondriyalar boshqacha qilib hujayraning kuch stansiyalari deb ham yuritiladi. Ular oval, yumaloqroq, bir oz chuziq yoki tayoqchasimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi. Hujayrada 50 tagacha, ba’zi hujayralarda 900 tagacha mitoxondriyalar bo‘ladi. Mitoxondriyalar membranasi ikki qavatdan iborat.Ular tarkibida oqsillar, lipidlar nuklein kislotalar borligi kuzatilgan. Shuningdek, ular tarkibida hujayradagi energiya almashinuvida ishtirok etuvchi ko‘pgina fermentlar saqlanadi. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) hosil bo‘ladi.
Muskul to‘qimasi. Bu to‘qima tolalarida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan miofibrillar bo‘ladi. Shu bilan u boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Organizmda silliq va ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimalari bor.
Nerv to‘qimasi tashqi muhit tasirida ichki organlarda ro‘y beradigan, tasirotni, yani nerv impul’slarini o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Nerv to‘qimasi neyron va neyrogliyadan tuzilgan. Organizm irsiyatini o‘rganmay turib, nasldan-naslga o‘tuvchi kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin emas.



Yüklə 66,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin