1-mavzu. OʻZbekiston — yago



Yüklə 93,91 Kb.
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü93,91 Kb.
#100898
  1   2   3
1 Mavzu O\'zbekiston Yagonadir vatim mavzusi


1-MAVZU. OʻZBEKISTON YAGONADIR VATANIM



Buyuksanmo'tabarsan eng ulugzamin-onajon Vatan! Ozod Sharafiddinov



Vatan — uni har kim o‘z tasavvurida turlicha talqin etadi. Kimdir onaga qiyoslasa, kimdir jannatga yana boshqa birov esa o‘z uyiga o‘xshatadi. Nima bo‘lganda ham qiyoslangan barchasi yagona, inson uchun takrorlanmasdir… .Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. O'zbekiston - mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakatdir. Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g`oyaning o`rni beqiyos. Zotan, bugun eng qudratli deya e`tirof etiladigan AQSH, Angliya, Germaniya, Xitoy, Rossiya,Turkiya,Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g`oya ustiga qurilgan. Shu asnoda, Prezidentimiz bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik, avvalo, oiladan, maktabdan, qolaversa, biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi.


O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.


Vatan — tug‘ilgan tuprog‘imiz, bolaligimiz o‘tgan chang ko‘chalar, yaqinlarimiz, ustozlarimiz, do‘stlarimizni har kuni ko‘rish imkoni bo‘lgan muqaddas go‘sha. O‘zbekistonda tug‘ilganmiz — bu eng buyuk baxt. Televizor yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali notinch yurtlarni, aholisi ko‘chalarda sarson bo‘layotgan, ayollari, bolalari bir burda nonga zor ellarni ko‘rib, beixtiyor tinchligimizga shukr qilaman. Vatan tuyg‘usini har qadamda his qilaman. har tong osoyishta uyg‘onganimda, oilam bag‘rida salomat yashayotganim — bularning bari yana bir bor Vatanni sevishga, shu yurtning tuprog‘ini e’zozlashga turtki beradi. Bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Samimiy insonga inson do’st bo’lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo’lmog’i uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o’sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan qadrini faqat bir soniya bo’lsa ham musofir bo’lgan insongina tushunadi. Vatan ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog’ingan yuraklar taftiga mehr urug’ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom va abadiy bo’lsin!
Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. Inson nasl-nasabini, kimligini bilgani sari esa bu tuyg‘u ildiz otadi, yuksalib boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi.


Lug'at


Lug'at




Yüklə 93,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin