Mavzu: Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlad xaridlari Reja: 1 Yagona yetkazib beruvchi tushunchasi. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi



Yüklə 35,56 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü35,56 Kb.
#172679
  1   2   3   4   5   6
Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari




Mavzu: Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlad xaridlari
Reja:
1 Yagona yetkazib beruvchi tushunchasi. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi.
2 Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish mezonlari. Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirishning afzalliklari.
3 Davlat buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha xarid qilinadigan tovarlar. Yagona yetkazib beruvchilar reestri.
4 Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish bo'yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Yagona yetkazib beruvchi tushunchasi. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi.
Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy mexanizmlar joriy etilib, aloqa kanallarining ish faoliyati yoʻlga qoʻyildi, vakant lavozimlar boʻyicha rasmiy veb-saytga eʻlon berilib, Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari va muassasalariga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq va shaffof tanlov asosida, internet tarmogʻida onlayn rejimda namoyish etish orqali tashkil etildi.
Ishga qabul qilish uchun hujjat topshirgan nomzodlarni tekshirish va xulosa tuzish amaliyoti joriy etildi, mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi asosiy shartlar kiritildi va xodimlar yozma tartibda imzo qoʻygan holda tanishtirildi.
Manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xodimlarning deklaratsiya toʻldirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi asosiy shartlar kiritildi, kontragentlarni tekshirish ijobiy yoki salbiy xulosa tuzish va reestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi, shuningdek davlat dasturlarining ijrosi haqida umumiy hisobot yuritish, korrupsiyaga qarshi tartibtaomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish hamda monitoring va nazorat tadbirlari natijasiga koʻra korrupsiyaviy harakat deb hisoblangan holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish, reestrini yuritish yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son, 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son, 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarida vazirlikka yuklatilgan vazifalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini soʻnggi oʻzgartirishlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarning loyihalari ishlab chiqildi.

II. Siyosat va tartib-taomillar.


Vazirlik markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida quyidagi 15 ta ichki lokal idoraviy hujjatlar yangi tahrirda vazirning tegishli buyruqlari bilan qabul qilindi. Xususan:
xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni oʻzida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati; xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini taʻminlashga qaratilgan
– Odob-axloq qoidalari;
xodim mehnat shartnomasi boʻyicha oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan gʻayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda gʻayriqonuniy maqsadlarda oʻzining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʻsir qilish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa qimmatliklar koʻrinishida pora taklif qilmaslik, vaʻda bermaslik, pul toʻlamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik va pora olmaslik, bironbir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, shuningdek oʻz vakolatlarini suiisteʻmol qilmaslik majburiyatini olishi nazarda tutilgan – mehnat shartnomalariga oʻzgartirishinng asosiy shartlari;
taraflar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, vaʻda bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul toʻlamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, yaʻni Vazirlik xodimi oʻz xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrilishiga kafolat berishi nazarda tutilgan
– kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga asosiy shartlari;
korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun aloqa kanallari ishlashining asosiy tamoyillarini, shuningdek, xabarlarni qabul qilish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va kelib tushgan xabarlarga munosabat bildirish tartibini belgilaydigan – korrupsiyaga oid harakatlar toʻgʻrisida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash reglamenti;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish asoslari va turlarini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqish tartibini nazarda tutuvchi – korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va korrupsiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishi haqidagi hisobotni shakllantirish tartibini belgilaydigan – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
faoliyatda manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solishga qaratilgan – manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi nizom;
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavfxatarlarni baholashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi hamda korrupsiyaviy xavf xatarlarni baholashda yagona yondashuvni yaratishga qaratilgan – korrupsiyaviy xavfxatarlarni baholash uslubiyoti;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni sodir etishga olib kelayotgan sabablarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularni qonun hujjatlariga hamda Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tashkilotlarining ichki hujjatlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan – xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish yuzasidan uslubiy koʻrsatma;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi samaradorligini baholash hamda vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashklotlarining faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida tekshirish, nazorat yoki tanqidiy oʻrganish koʻrinishida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi holatining tahlili belgilangan – korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablarga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;
vazirlik tomonidan xarid qilish tartib-taomillari, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishda ishtirokchilarni majburiy tekshirishning asosiy talablari, tartibi va usullarini belgilaydigan – Vazirlikda kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma;
vazirlikka ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvini oʻtkazishning tamoyillari, talablari, tartibi va muddatlarini belgilovchi – Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma;
vazirlik xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchiligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarini buzilishiga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazishni belgilovchi – Vazirlik xodimlarining korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglamenti;
davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan – davlat xaridlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom.

Yüklə 35,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin