2. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar
3. Davlat xaridlarini amalga oshirishning nazorat tizimi
4. Davlat xaridlari bo‘yicha markaziy axborot portali
5. Davlat xaridlarining prinsiplari
6. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
Davlat xaridlari jarayoni
Davlat xaridlari jarayoni
davlat xaridlarini rejalashtirish;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
shartnomani tuzish va bajarish;
davlat xaridlari monitoringi.
Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda byudjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish o'rtasida o'zaro aloqani ta‘minlashdan iborat bo'ladi.

Davlat xaridlarining yillik reja-jadvali budjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25 martiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi. Kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik rejajadvallari korporativ buyurtmachilar tomonidan joriy yilning 25 dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi. Kelgusi chorak uchun davlat xaridlarining choraklik reja-jadvallari davlat buyurtmachilari tomonidan joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.