1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja



Yüklə 69,54 Kb.
səhifə1/13
tarix20.11.2023
ölçüsü69,54 Kb.
#166494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org


1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja

1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.
Peja:
1. Xronologiya haqida tushuncha bering. Tarixiy xronologiyaning ahamiyati, astronomik xronologiyaning predmeti va geoxronologik davrlashtirish haqida tushuncha bering.
Xronologiya vaqt o’lchovi haqidagi fan. Xronologiya so’zi grekcha “xronos” - 
vaqt, “logos” - fan deganidir. Xronologiya ikkiga bo’linadi: matematik (astronomik)
va tarixiy xronologiya. Astronomik xronologiya osmon jismlari harakatini hisoblab 
aniq astronomik vaqt o’rnatiladi. Uning asosida soniya, daqiqa, soat, kecha-
kunduz, sutka, xafta, oy, yillar, asr, eralar bilan hisoblaydi. Vaqtni hisoblash 
kalendar (taqvim) lar asosida hisoblanadi.
Tarixiy voqealar sanalari haqidagi to’g’ri va noto’g'ri ma'lumotlarni o’zida 
talkin etgan manbalar tarixiy xronologiyaning ob'yekti hisoblanadi.
Bu ilmiy fanning predmeti bo’lib, u yoki bu shaklda
berilgan sana axboroti xizmat qiladi. Shu axborotlarga asoslanib, xronolgiya
ma'lumotlari va uslublarini qo’llab, olimlar tarixiy faktlar va xujjatlarning paydo
bo’lish vaqtini aniqlaydilar. Buning uchun esa har bir xalq yoki davlatning u yoki
bu davr (tarixiy davr) dagi vaqt sanog'i kelib chiqishi va xususiyatlarini bilish 
zarur. Tarixiy xronologiya o’z oldiga ikki vazifani qo`yadi: nazariy va amaliy.
Birinchi vazifa shundan iborotki, tarixiy taraqqiyotda vaqt sanoq sistemasini
o’rganish, hamda ular o’zaro munosabatni o’rnatish va bir xronologik sanadan
ikkinchisiga o’tish prinsiplarini ishlab chiqishdir. 
Ikkinchisi shundan iboratki, yuqorida qayd etilganlarni amalga oshirish
uchun voqealar sanasini hozirgi zamon erasiga va umumiy qabul qilingan yil 
sanoq sistemasiga ko’chirish orqali tarixiy voqealar sanasini tavsiflash va aniqlik
kiritishdan iboratdir. 
Xronologiyaning asta-sekin taraqqiy eta borishi natijasida uning vazifalari
ham ancha kengayadi; olimlar uning ma'lumotlari va uslublaridan
manbashunoslik va tarixiy muammolarga doir masalalarni hal etishda
foydalanmoqda. 
Yordamchi tarix fanlar orasida xronologiya muhim fanlardan biri
hisoblanadi, chunki tarixning istalgan bir bo’lagini o’rganishning asosiy sharti 
voqealar ketma-ketligi va sanani aniqlash ilmini o’rganishdir. Xronologiya
uslublariga tayanib, tarixchi tarixiy xujjatlar va raqamlarning aniq sanasini 
o’rnatadi. Bu vazifani to’g’ri yechish uchun ma'lum bir xalqning u yoki bu tarixiy
davr bo’yicha shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari davrini sanashi bilan zarur. 
Shuni hisoinga olish kerakki, vaqtni hisoblash masalasini birgina davlat
chegarasida ko’rib chiqish jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Dunyo 
xalqlarining ko’p asrlardan buyon mavjudligi ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va
madaniy aloqalar kalendar sistemalaridagi ko’pgina elementlarning qo’shilib
ketishiga hamda bir xalqning ikkinchi xalq kalendarini o’zlashtirib olishini
tezlashtirdi. Bundan tashqari, ko’p millatli davlatlardan vaqt hisobi turli
millatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Ba'zi mamlakatlarda kalendar sistemasida
quyosh vaqti hisobi hukmron bo’lsa, boshqalarida vaqt hisobi oy taqvimi bo’yicha 
olib borilgan. Bu vaqt usullarini o’rganish uchun har bir tarixchi yer shari
xalqlarida vaqt hisobi paydo bo’lish va taraqqiy etish jarayoni bilan hamda barcha 
asosiy kalendar sistemalari bilan tanishuvi lozim.
Vaqt va uni hisoinga olish zarurligi haqidagi tasavvur odamlarda qadim 
zamonlarda xo’jalik hayoti zaruriyati asosida vujudga kelgan. Vaqt hisobi birliklari
qilib doimiy takrorlanib turgan tabiat hodisalari olingan. Bular: kun va tundan 
iborat bo’lgan sutkalar, osmonda oyning paydo bo’lishi, fazalarining almashinuvi,
ko’rinmay qolishi, ya'ni oy va yerning quyosh atrofida yillik aylanishi edi. 
Asta-sekin vaqtni aniqlash ehtiyoji oshgan. Buning uchun esa osmon jismlari
harakatini ko’proq kuzatish zarur edi va bu esa o’z navbatida astronomiya fanining 
rivojlanishini talab etadi. Shuning bilan birga boshqa masala paydo bo’ladi: ya'ni
sutkalar, oylar, yillar o’rtasidagi munosabatni aniqlash kerak edi. Bu masalani 
yechish uchun murakkab matematik hisob-kitoblarni olib borishga to’g’ri keldi.
Natijada qadim zamonlardan amaliy xronologiya sohasida astronomiya va 
matematik ma'lumotlarning qo’llanila boshlanishi asta sekin bu bilimlar
sistemasini ilmiy fanga aylantira boradi. 
Tarixiy xronologiya masalalarini yechish bilan shug'ullangan insonlarning
nomlarini asrab qola olmagan. Biroq, bizga ma'lumki Qadimgi Gretsiyada 
Eratosfen, Kalipp, Qadimgi Rimda esa Varron, Senzorin, Ptolemey, Manrobiy
asarlarida xronologiya masalalari yoritilgan. Rim kalendarini yaxshilashda
astronom Sozigen (er.avv. I asr)ning katta xizmatlari bor. Uning ishlab chiqqan
kalendari Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 48-yilda qabul qilingan va u Yuliy 
kalendari nomini olgan. Bu kalendar hozirgi zamon yil hisobiga asoslanadi.
O’rta asrlarda iqtisodiyot va madaniyatning, diniy urf-odatlarning 
rivojlanishi xronologiyaning kelgusida yanada mukammallashuviga olib kelgan.
O’rta asrlarda mavjud bo’lgan xilma-xil xronologik va kalendar sistemasini turli 
mumlakatlar va turli xalqlarning xo’jalik va madaniy jixatdan o’zaro
munosabatlarida to’sqinlik qilar edi. Shu sababdan ham VI asrda bu sistemalarni 
bir xil qilish, ya'ni xalqlar uchun 525-yilda Rim monaxi kichik Dionisiy yechadi,
ya'ni u Iso payg'ambarning tug'ilish sanasini hisoinga olib, xristian erasiga asos 
soladi. VII asr boshida esa islom dini asoschisi Muhammad zamonidan barcha
musulmonlar uchun yagona oy kalendari qonuniylashtirilgan va har bir yangi oy
va yangi yil oyning tug'ilganidan (hiloldan) boshlangan.
VII asr oxiri va VIII asr birinchi choragida angliyalik monax solnomachi 
Bedniyning xronologiya haqidagi asari dunyoga keladi. U “Olamning olti yoshi”
haqidagi asarida xristian erasi asosini himoya qilib chiqadi. 
XI asr boshida ensiklopedist olim Abu Rayxon Beruniyning “O’tmish
xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari yaratiladi va unda barcha xalqlarga oid 
bo’lgan eralar va diniy bayramlar yoritilgan edi.
XI asr ikkinchi yarmida yashab o’tgan shoir Umar Xayyom ham musulmon yil 
hisobi sistemasi tarixini o’rganish va bu sistemani ishlab chiqishda o’z xissasini
qo’shgan edi. U aniq quyosh taqvimini tuzib chiqdi va “Jalol” yoki “Malik” erasini 
tuzdi, bu era 1079-yil 15-martdan boshlandi.
XII asrda o`rta asr rusiyasida cherkov bayramlarini o’tkazish va xususan 
solnomadagi voqealarni sanalash bilan bog'liq masalalarni yechish uchun
xronologiya masalalariga qiziqish paydo bo’ladi. Xuddi shu davrda novgorodlik 
Kirikning xronologik asari yaratilgan. Pravoslav cherkovi uchun Rus davlatida bir
necha marta kalendar ma'lumotlarini tuzish ishlari olib borilgan. 
Italiyalik A.Lili va I.Dantilarning mehnati natijasida 1582 yilda yangi
kalendar sistemasi yaratiladi va uni Rim papasi nomi bilan “Grigoriy kalendari” 
deb ataladi. 1583-yilda esa Fransuz olimi J.Skaligerning “Vaqt hisobini yaxshilash
haqida” deb nomlangan asari nashrdan chiqdi. 
Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194-yillar) taniqli qadimgi matematik
bo’lib Aleksandriya va Afrikada ishlagan, o’z vaqtida Misrdagi Aleksandriya 
kutubxonasini boshqargan.
Grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha II asr) astronomiyaga oid 
,,Almagesta,, asarini yozadi.
Varron qomusiy olim edi. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo’lib, ularning ko’pi 
xronologiyaga bag'ishlangan.Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayhon
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy ham katta xissa qo’shgan. Beruniy arab , fors 
tillarida asar yozgan. U sansikrit , grek , suriya va Qadimgi yahudiy tillarini bilgan.
Solnomalar tavsifi haqidagi ko’plab tadqiqotlar XVII asrda Fransuz monaxi D.Petavi 
tomonidan amalga oshirildi. Umumiy tarif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis
olimi L. Ideler keyinroq esa nemis olimi Ortinsed tomonidan yaratilgan. XIX asrda 
xronologiya sohasidagi ishlar avvalo alohida turdagi solnomalarni chuqurroq
o’rganish va xalq kalendarlari asosida vaqtni belgilashga bag'ishlandi. Ko’plab 
ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistemamizga o`girish, mashhur
manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan: fir'avnlar (Misrda), Arxondlar 
(Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxallar faoliyatini
aniqladilar. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa 
fanlar bilan aloqasi muxim ahamiyatga egadir. Yangi ko’proq tarixiy xronologiyada
informatsion hisoblash texnikalarining qo’llanilishi ham ahamiyatlidir.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi respublikamiz xronologiya sohasida
jiddiy xronologiyasini chuqur va to’laqonli o’rganishga imkoniyat yaratdi. Tarix 
sohasining rivojlanishida mamlakatimiz rahbariyati ayniqsa respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimovning e'tibori katta bo’lib bu esa tarixiy xronologiyaning 
rivojlanishida yangi qirralarini ochmoqda. Tarixiy xronologiya kalendarning
rivojlanishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog'liqdir. Turli xalqlar turli tarixiy 
vaqtni xilma–xil tarzda hisoblaganlar.
Hozirgi paytda kalendar bu - turli mamlakatlarda vaqt hisobi sistemasi bo’lib 
uning asosida tabiatning davriy hodisalari osmon jismlari harakatlari, vaqt
oraliqlarining hisobi olib boriladi. Kalendar rivojida aniqrog`i kalendar sistemasida 
turli tarixiy jarayonlar xo’jalik sharoitlari xalqlarning hayoti o’z aksini topgan.
Kalendarni o’rganish tarix fanining xronologiyasiga kirib uning vazifasi turli 
hodisalar va xujjatlar sanalarini tuzishdan aniqlashdan iborat.
XVII asrda Fransuz olimi D.Petaviy va boshqa yevropalik olimlar o’z asarlarida 
yil hisobi sistemalarini amaliy maqsadlarda o’rganish masalalarini yoritganlar.
XVIII asrda esa Rossiya olimlarining tarixiy asarlarida xronologiyaga e'tibor 
kuchayadi. V.N.Tatihev “Rossiya tarixi” asarida maxsus bob ajratadi va uni “Vaqt
hisobi va yil boshi” deb ataydi. 
Yevropada xronologiya mustaqil ilmiy tarixiy fan sifatida XVIII asrda
shakllanadi. Rossiyada esa XIX asr boshidan boshlab xronologiya maxsus tarixiy 
fan sifatida rivojlana boshlaydi.
Yaqin va O`rta Sharqda esa xronologiyaga ilm sifatida qiziqish IX-X asrlarda 
Abbosiylar sulolasi xalifaligida paydo bo’lgan, tarixnavislik bilan bog'liqdir. Bu
davrda yashagan arab tarixchilari o’zlariga xos bo’lgan “dunyo tarixlarini” 
yaratishgan. Ularning kitoblarida bo’lib o’tgan voqealar tarixning dastlabki nuqtasi
“dunyo yaratilishi” va payg'ambarlar davriga, keyingi pog'onasi Qadimgi Eron 
shoxlari va Sosoniy podshoxlari tarixiga, oxirgi qismi esa bevosita arablar va islom
tarixiga bag'ishlangan. 


Yüklə 69,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin