1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/16
tarix06.09.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#141804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;

3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;

2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3336]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-noyabr,
20/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qaroriga
1-ILOVA
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur hujjat tijorat banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
1-bob. Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi umumiy tavsifi
1. Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi (bundan buyon matnda hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
2. Hisobvaraqlar rejasi banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro‘yxatidan iborat.
3. Buxgalteriya o‘tkazmalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash hamda hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalariga tuzatishlar kiritishda hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham ularning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalariga ruxsat beriladi.
4. Hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, u chet el valyutasidagi barcha operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi.
5. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir moliyaviy operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinadi.
Hisobot sanasida chet el valyutalari bo‘yicha Bosh kitoblardagi jami summalar milliy valyutaga o‘tkaziladi va amalga oshirilgan barcha moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
6. Hisobvaraqlar Bosh va Yordamchi kitoblarda yuritilishini hamda bir tizimda tasniflanishi, guruhlanishi va avtomatlashtirilishini yengillashtirish, shuningdek moliyaviy operatsiyalar yozuvini tezlashtirish maqsadida kodlashtiriladi.
7. Bosh kitobda hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:

S

MM

SS

C

Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi):

1

Aktiv

2

Majburiyatlar

3

Xususiy kapital

4

Daromadlar

5

Xarajatlar

9

Balansdan tashqari hisobvaraqlar

MM

Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)

SS

Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)

Bunda, hisobvaraqlarni raqamli kodlashtirishda quyidagi zarur shartlar inobatga olinadi:
jamlanma hisobvaraqlar uchun “MM” va/yoki “SS” nol raqamlariga ega bo‘ladi (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”);
“Aktivlar” bo‘limidagi “zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun “SS” o‘rnida 99 raqami qo‘llaniladi.
8. Shaxsiy hisobvaraqlar Yordamchi kitobda quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin