1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə9/16
tarix06.09.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#141804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

40000 DAROMADLAR
40200 Markaziy bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40201 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarilishi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40205 Markaziy bankdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar — Nostro
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40405 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40409 Boshqa banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40600 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40601 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40605 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40609 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40613 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40617 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40694 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari (davlatning xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli majburiyatlari), davlatning obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va xorijiy emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlarini qo‘shgan holda boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar) bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizlar summasi, shuningdek oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarning diskonti bo‘yicha amortizatsiya qilingan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
40700 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40701 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40705 Davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar
40709 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40713 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40717 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40794 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar (Davlat xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari), davlatning obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari)ga qilingan investitsiya bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiya bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
41000 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan foizlar
41001 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Import bilan bog‘liq veksellar
41003 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Akkreditivlar
41005 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
41009 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
41013 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41017 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41021 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
41025 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksel va akseptlar (eksport bilan bog‘liq bo‘lgan veksellar, trast hujjatlari bilan kafolatlangan veksellar, muddati o‘tgan va sud jarayonidagi veksellar), akkreditivlar asosida mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalar asosidagi mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41200 Bankning to‘lanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar
41201 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Mahalliy
41205 Mijozlarning akseptlar yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan (mahalliy va xorijiy) akseptlar asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning to‘lanmagan akseptlari asosida mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizlar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
41400 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41401 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41601 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41605 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41609 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41801 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41805 Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41809 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41901 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41905 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
41909 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42200 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42201 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42205 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42209 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42301 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42305 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
42400 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(42400-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42401 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(42401-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42405 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(42405-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42409 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(42409-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
42500 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42501 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42505 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42509 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42609 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43100 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43101 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43105 Respublika korxonalariga berilgan muddati o‘tgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43109 Respublika korxonalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
43600 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43601 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43605 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43700 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43701 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43705 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43900 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43901 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
43905 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44000 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44001 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44005 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44101 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44201 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44205 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44301 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44305 Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44400 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44401 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44405 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
44500 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44500-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44501 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44501-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44505 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44505-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
44600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44700 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44800 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801 Davlat xazina veksellariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44805 Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44809 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44817 Yevroobligatsiyalarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44894 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar (davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar)ga qilingan investitsiyalar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha ishlab topilgan foizlar va diskontning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar, mukofotning amortizatsiya qilingan va xarid qilish xarajatlari summasi aks ettiriladi.
44900 Boshqa foizli daromadlar
44901 Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnif hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44903 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan marja
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan va miqdori qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan marja hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad (marja) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilgan summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44907 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hosilaviy instrumentlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hosilaviy instrumentlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.
(44907-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
45000 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan repo bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45001 Markaziy bankdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45003 Boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45005 Hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45007 Jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45009 Yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45011 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
45013 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
(45013-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
45015 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45094 Boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlariga bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilish summasi, REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmasligi natijasida hisobdan chiqarilgan daromad summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45100 Foizli daromadlar — lizing (moliyaviy ijara)
45101 Boshqa banklarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45107 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
45109 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
(45109-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
45111 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45113 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45115 Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117 Muddati o‘tgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizinglar bo‘yicha bankning ishlab topilgan foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200 Foizsiz daromadlar
45201 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Markaziy bank
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hisobvaraqlarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun bankning ishlab topilgan daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankka ko‘rsatilgan xizmat uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatgani uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45209 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda ko‘rsatgan vositachilik (vositachilik haqi, brokerlik mukofotlash va boshqalar) xizmatlaridan olingan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45221 Bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning trast operatsiyalaridan ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45225 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga overdraft berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45233 Kreditlar bo‘yicha vositachilik daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45235 Lizing bo‘yicha vositachilik va komission daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizingni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik va komission daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida lizingni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45237 Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: potensial qarzdorlarga zaxiralangan kredit liniyasi uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalda berilmaslik ehtimoli mumkin bo‘lgan kreditlarga doir kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarda ishlab topilgan daromad summasi hamda kredit berilmagan bo‘lsa ham muddati o‘tgan kredit majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45241 Menejment xizmati bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga bergan ma’lumotlar va maslahatlar xizmatidan olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida menejment bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45245 Sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bosh anderrayting (kafolatchi) hisoblanmaydigan, sindikat kreditlarda qatnashganidan daromadlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sindikat kreditlarda qatnashganligi natijasida ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45249 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy to‘lovlar (mahalliy trattalar, cheklar va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning olgan vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida mahalliy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45253 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy to‘lovlar (xalqaro pul o‘tkazmalari, xorijiy trattalar, yo‘l cheklari va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xorijiy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45257 Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan bank daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45261 Kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘z mijozlariga berilgan kafolatlari va kafilliklari bo‘yicha daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45265 Bank kartalari bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning kreditida to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
(45265-pozitsiyaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45294 Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmat va vositachiliklardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45400 Xorijiy valyutalardagi foyda
45401 “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
45403 Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan olingan foyda
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers/Svop bitimlari bo‘yicha hamda hisoblangan marjadan bank foydalari hisobi olib boriladi. Foyda o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyutalarda tuzilgan bitimlardan ishlab topilgan va ochiq valyuta pozitsiyalarini revalvatsiya qilish natijasida vujudga kelgan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45605 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalari bo‘yicha foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydaning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan foydaning kamaygan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45609 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarining haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
45611 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘sgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kredit bo‘yicha noto‘g‘ri aks ettirilgan summalarning hisobdan chiqarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar
45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydalarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45717 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar
45721 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan dividendlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Ushbu hisobvaraqlar boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan va amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun qo‘llaniladi.
45803 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya — qilishdan olingan foyda
45805 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan va amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromad va foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45809 Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha hisoblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlar qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45900 Boshqa foizsiz daromadlar
45901 Bank asosiy vositalarining ijarasi bo‘yicha daromadlar
45905 Bankning ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalari bo‘yicha daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45909 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlari bo‘yicha kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45924 Hisobdan chiqarilgan aktivlarning qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: 2022-yil 1-yanvardan so‘ng tashkil qilingan zaxira hisobidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning, shuningdek qayta tasniflash natijasida o‘tgan yillarda yaratilgan zaxiralarning qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 2022-yil 1-yanvardan so‘ng tashkil qilingan zaxira hisobidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning, shuningdek qayta tasniflash natijasida o‘tgan yillarda yaratilgan zaxiralarning qaytarilishi bo‘yicha kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
(45924-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
45994 Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, ishlab topilgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin