TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
6-bob. Kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari 54. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yo‘li bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt Mijozlarning depozit hisobvarag‘i;
2) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik to‘lovlar (soliq to‘lovlari, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlar) uchun naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 29824 “Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari”;
3) jismoniy shaxslar tomonidan kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt Mijozlarning tegishli kredit hisobvarag‘i yoki
Kt 12599 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” va 14999 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan kredit to‘langanda);
4) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi uchun naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16309 “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoki
Kt 16377 “Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” yoxud
Kt 42005 “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar to‘langanda);
5) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha vaqtida to‘lanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda to‘langanda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16405 “Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar”;
6) jismoniy shaxslar tomonidan o‘zlarining bank kartalariga kirim qilish uchun naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” va 23122 “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” va 23122 “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari” va 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar”;
7) bank xizmat haqi uchun mijozlar tomonidan bank kassasiga naqd pul topshirilganda:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kredit 4XXXX tegishli daromadlar hisobvarag‘i.
55. Bank kassasidan naqd pullar chiqim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
1) bank kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, dividendlar, xizmat safari xarajatlari, nafaqa va moddiy yordam pullari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha naqd pul berilganda:
Dt Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
2) bank kassasidan mazkur filialning mijozi bo‘lgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari” va 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
3) bank kassasidan mazkur bankning boshqa filiali mijozi bo‘lgan jismoniy shaxsning bank kartasidan naqd pul berilganda:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Bankning boshqa filialida:
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
4) boshqa bank mijozi bo‘lgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda:
naqd pul bergan bankning filialida:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
naqd pul bergan bankning Bosh ofisida:
Dt 10511 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — Naqd pulni bergan filial;
bank kartasi ochilgan bankning Bosh ofisida:
Dt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 21012 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Dt 21012 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 10511 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — naqd pulni bergan bankning Bosh ofisi;
bank kartasi ochilgan bank filialida:
Dt 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
Kt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Dt 22212 “Bosh ofis/filiallarga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Kt 16111 “Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — Bosh ofis.
56. Bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan “eskirgan” toifadagi naqd pullari 10198 “Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi va ushbu hisobvaraqqa “eskirgan” toifadagi naqd pullar 17301 “Tranzit hisobvarag‘i” orqali kirim (chiqim) qilinadi.
57. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablag‘lari bo‘yicha inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) inkassatorlar tomonidan yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari shu bankning mijoziga tegishli bo‘lsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i;
2) inkassatorlar tomonidan yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
3) inkassatorlar tomonidan yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli bo‘lsa:
Dt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar”.
58. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari bankning aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 19903 “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”.
59. Agar qayta sanash kassasida ortiqcha naqd pul mablag‘lari aniqlansa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”.
60. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bankning mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i.
61. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijozining 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga shartnomada kelishilgan hollarda o‘tkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”.
62. Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli bo‘lsa, unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29816 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar”.
63. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bankning mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijozning hisobvarag‘idan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Mijozning depozit hisobvarag‘i;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
64. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” balans hisobvarag‘idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli bo‘lsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar”;
Kt 19935 “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”.
65. Boshqa bankning mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar”).
Bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli bo‘lgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali);
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
66. Mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali);
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i”.
Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29896 “Boshqa majburiyatlar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali);
Kt 29896 “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
67. Filiallari mavjud bo‘lmagan banklar o‘rtasida amalga oshiriladigan banklararo to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Boshqa bankning mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i (10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘i orqali);
Benefitsiar bankka, ya’ni mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘i orqali);
Kt Mijozning depozit hisobvarag‘i.
68. Filiali mavjud bo‘lmagan tashabbuskor bank madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirishi lozim:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” (10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘i orqali).
69. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlariga (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) madad puli olish uchun mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” (Markaziy bankning 16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali);
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar”.
70. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
71. Filiali mavjud bo‘lmagan tashabbuskor bankka HKKMdan Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”.
72. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud bo‘lmagan tashabbuskor bankdan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar”;
Kt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
73. Tashabbuskor bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali).
Benefetsiar bankning filialiga, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali);
Kt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar”;
Benefitsiar bankning filiali, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
Tashabbuskor bankning filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10307 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”.
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi to‘g‘risida tashabbuskor bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21307 “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar”;
Kt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
74. Tijorat bankining filiallari Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan boshqa tijorat banki filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Tashabbuskor bankning filiallari madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali mablag‘ jo‘natadilar:
Dt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 21008 “Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar).
Benefetsiar bankning filialiga madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” 16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali;
Kt 21008 “Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bankning filiali madad puli jo‘natganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
Tashabbuskor bankning filialida, ya’ni madad puli olgan filialda olingan madad puli summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 10507 “Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bankning filialiga tashabbuskor bankning filiali tomonidan jo‘natilgan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21008 “Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
75. Bir bankning filiallari o‘rtasida madad pullarini berish va olish bo‘yicha buxgalteriya hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tashabbuskor bankning filiali, ya’ni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu bankning benefitsiar filialiga mablag‘ jo‘natganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 22202 “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali).
Bankning benefitsiar bank filialiga elektron to‘lov orqali madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali);
Kt 22202 “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar”.
Bankning benefitsiar filiali, ya’ni madad puli jo‘natuvchi 22202 “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar” hisobvaraqqa madad puli uchun mablag‘ kelib tushgandan so‘ng quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Bankning tashabbuskor filialiga, ya’ni madad puli oluvchi bankka madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”;
Kt 16101 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar”.
Benefitsiar bank filiali, ya’ni madad puli jo‘natgan filial tashabbuskor bank filiali, ya’ni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22202 “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar”;
Kt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
76. Bankomatlarga madad puli qo‘yilganda, bankomatlardagi qolgan pullar yoki to‘lovga yaroqsiz naqd pullar bankka qaytarilganda, har bir bankomat bo‘yicha naqd pul mablag‘lari 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga(dan) 17301 “Tranzit hisobvaraqlari” orqali kirim (chiqim) qilinadi.
77. Bankomatdan bank kartasi orqali naqd pul olinganda, har bir holat uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Dt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
Kt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23504 “Bank kartalaridan berilgan naqd pullar yoki jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 17401 “Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”.
78. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida Online-inkassatsiya operatsiyalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 202XX “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 202XX Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
3) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 29804 “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Kt 202XX Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar.
79. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi bank kartalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 22214 “Bosh ofis/filiallarga bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 16113 “Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
Dt 22214 “Bosh ofis/filiallarga bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar”;
Kt 16113 “Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
3) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 21014 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 45294 “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda);
Dt 10513 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Dt 23116 “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar”;
Kt 22617 “Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar” va 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari”;
Dt 21014 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”;
Kt 10513 “Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”.
80. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning kreditlari to‘langanda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) agar mijozga ushbu bankning filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” yoki
Kt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt Mijozning ssuda hisobvarag‘i yoki
Kt 16309 “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoxud
Kt 16377 “Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar”;
Dt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 4XXXX Tegishli daromadlar hisobvarag‘i;
2) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (Kredit olingan filial);
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (Kredit olingan filial);
Kt Mijozning ssuda hisobvarag‘i yoki
Kt 16309 “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoxud
Kt 16377 “Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” yoki
Kt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Dt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 4XXXX Tegishli daromadlar hisobvarag‘i.
81. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida boshqa to‘lovlar amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 10107 “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt To‘lovlarni oluvchilarning hisobvaraqlari.
82. Bankning amaliyot kassalariga madad pulini jo‘natganda, amaliyot kuni oxirida amaliyot kassalaridagi qoldiq naqd pullar 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘idan tegishli amaliyot kassasi uchun ochilgan 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga (dan) 17301 “Tranzit hisobvarag‘i” orqali kirim (chiqim) qilinadi. Bunda, amaliyot kassasidagi qoldiq naqd pullar boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan amaliyot kassasiga tegishli bo‘lsa, mablag‘lar 29896 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaraqqa kirim qilinadi.
83. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqcha naqd pullarni Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlariga jo‘natganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
Kt 10111 “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
84. Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar”;
Kt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” (Markaziy bankda).
Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan so‘ng, tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi to‘g‘risida tasdiqnomani jo‘natishi shart.
85. Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablag‘ o‘tkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” (Markaziy bankda);
Kt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar” (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali).
86. Tijorat banklariga Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirishlari shart:
Dt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar”;
Kt 10109 “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
87. Tijorat bankiga topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablag‘ kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21314 “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” (Markaziy bankda) (16103 “Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i);
Kt 10311 “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar”.