1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


-bob. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə15/16
tarix06.09.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#141804
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

2-bob. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
17. Nomoddiy aktivlar qiymatini oldindan to‘lash orqali balansga kirim qilish quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
1) Aktivlar qiymati to‘langanda:

Dt 19909

“Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”;

Kt

Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;

2) Aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:

Dt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

Kt 19909

“Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”;

18. Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:

Dt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

Kt 29802

“To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;

2) Aktivlar qiymati to‘langanda:

Dt 29802

“To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;

Kt

Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;

19. Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi:

Dt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

Kt 45994

“Boshqa foizsiz daromadlar”.

20. Qayta baholashdan so‘ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning balans qiymati va yig‘ilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1) Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a)

Dt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

Kt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;

b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:

Dt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;

Kt 16605

“Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)”;

2) qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining ko‘payish summasi ilgari xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining kamayish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim;
3) Agar aktivning qayta baholangan qiymati balans qiymatidan kam bo‘lsa, aktiv summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:

Dt 16605

“Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)”;

Kt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;

b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:

Dt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (oldingi ko‘payish chegarasida);

Kt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

4) Agar 30908 — hisobvaraq qoldig‘i (aynan ushbu toifadagi nomoddiy aktivlarga tegishli bo‘lgan) yetarli bo‘lmasa, qayta baholangan aktiv qiymatining qo‘shimcha kamayishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:

Dt 55995

“Boshqa foizsiz xarajatlar”;

Kt 16601

“Nomoddiy aktivlar”.

21. 30908 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiy)” hisobvarag‘iga bevosita hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;

Kt 31203

“Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.

Ushbu holda qayta baholash musbat natijasining har oyda hisobdan chiqariladigan summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi va boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng.
22. Nomoddiy aktivlar amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan bank xarajatlariga kiritiladi:

Dt 56618

“Eskirish — Nomoddiy aktivlar”;

Kt 16605

“Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)”.

23. Nomoddiy aktivlar chiqib ketishida ularning qoldiq qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
1) yig‘ilgan eskirish summasiga:

Dt 16605

“Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)”;

Kt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

2) mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda bor bo‘lgan qoldiq summasiga:

Dt 30908

“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;

Kt 31203

“Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.

24. Hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) nomoddiy aktivlar yetkazib berilgandan so‘ng xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:

Dt 19909

“Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”;

Kt 16601

“Nomoddiy aktivlar”;

2) to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:

Dt

Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i;

Kt 19909
Kt 45913

“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar” yoki
“Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda”;

b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:

Dt
Dt 55906

Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i yoki
“Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”;

Kt 19909

“Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun;

3) oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda:

Dt

Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i;

Kt 29802

“Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”;

a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:

Dt 29802

“To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;

Kt 45913
Kt 16601

“Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda”;
“Nomoddiy aktivlar”;

b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:

Dt 29802

“Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”;

Dt 55906
Kt 16601

“Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”;
“Nomoddiy aktivlar”.

25. To‘liq eskirganligi munosabati bilan, fors-major holatlarida, tekinga berilganda nomoddiy aktivlarning qiymati belgilangan tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq qiymati summasiga:

Dt 55906

“Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”;

Kt 16601

“Nomoddiy aktivlar”.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin