1-mustaqil ish Mavzu: Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari Maqsad



Yüklə 19,74 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü19,74 Kb.
#182051
1-топшириқ (1)


1-mustaqil ish
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari


Maqsad: Berilgan iqtisodiy tahlilning nazariy tushunchalari asosida mavzuni shakllantirish, ma’lumotlarni izlab toppish va esse yozish asosida bilim- ko’nikmalar hosil qilish .
Iqtisodiy tahlilning nazariy tushunchalari:
Iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanishi. Iktisodiy taxlilning obyekti va subyektlari. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari. Iqtisodiy tahlil fanining metodi. Iqtisodiy tahlilda omillar. Iqtisodiy tahlilning shakllari va turlari. iqtisodiy tahlilni tashkil qilish. Tahlilni o‘tkazshl bosqichlari. Tahlil natijalarini umumlashtirish. Tahlil natijasida anikdangan imkoniyatlarni amaliyotga tadbiq etsh. Tahlil uchun kerakli manbalar tizimi..Marketing tizimida iqgasodiy tahlilning vazifasi. Marketing tizimidagi tahlil turlari.. Mahsuloti (ish, xizmatlar)ga bo‘lgan talab va taklif.. Mahsuloti (ish, xizmatlari)ga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar. Raqobat darajasi ko‘rsatkichlari. Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini. Mahsulot hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini Ishlab chikarish faoliyatida asosiy kapital. Tijorat faoliyatida asosiy kapital. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Moddiy resurslarning tarkibiy tuzilishi. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar. Materiallardan samarali foydalanishning ahamiyati.
Topshiriq:

  1. Вerilgan iqtisodiy tahlilning nazariy tushunchalaridan birini tanlang ( o‘qituvchiga tasdiqlating),

  2. Shu asosida mavzuni yarating

  3. Berilgan talablar asosida esse yozing.

Topshiriqni bajarishga qo`yilgan talablar:

  • Hajmi  500-1000 so’zgacha.

  • Aniq mavzuda tizimli erkin fikrlar beriladi. Essening mavzusi aniq bo’lishi shart.;

  • Esse erkin kompozitsiyaga ega bo’ladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Hech qanday qolip yo ramkalarga solinmaydi;

  • Esseda yozuvchining “men”i yaqqol sezilib turadi. Bu essening zaruriy sifatlaridan biridir;

  • Ichki fikriy bog’liqlik mavjud bo’ladi. Barcha fikrlar bitta go’ya atrofida birlashadi. O’sha g’oyani dalillaydi hamda himoya qiladi;

  • Esse yozishda nisbatan oddiy so’z va iboralar tanlanadi.  Sababi fikrlashda aniq, qisqa va qat’iy qarorlar muhim ahamiyatga egadir;

  • Essening ichki tuzilishi erkin bo’ladi. Ya’ni barcha xatboshilar bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi muhim ahamiyatga egadir;

  • Mazmunan bir xil fikrlar takrorlari mavjud bo’lmaydi. Esse kichik janr bo’lgani uchun unda bir xil fikrlar takrori bo’lmasligi kerak;

  • Muammo biror g’oya shaklida qo’yiladi. Unga yechim “bir predmetning turli tamonlardan ko’rinishi” shaklida beriladi. Ya’ni bir fikr, qarash atrofidagi barcha ijobiy yo salbiy, ilmiy yo g’ayriilmiy va boshqa qarashlar beriladi. Muallif ular orasidan o’zi uchun haqiqat deganini tanlaydi. Uni asoslantiradi va himoya qiladi;

  • Esse har doim birinchi shaxsda yoziladi. Masalan:  “Men mana shu mavzu haqida yozishni istayman …” bilan boshlanadi va “Men quyidagi xulosalarga keldim …” bilan yakunlanadi. Bu muallifga o’zi uchun yangi ma’lumotlarni kashf etishga va esseda rasmiy tafsilotlarga berilmaslikka imkon beradi.

Yüklə 19,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin