1-mustaqil oʻqish uchun material jeymi Makkenzi – taʼlim texnologiyalari boʻyicha mutaxassis Taʼlimda qaysi savollar muhim ahamiyatga ega?



Yüklə 15,49 Kb.
tarix15.12.2022
ölçüsü15,49 Kb.
#75078
hpN3njJR8m93rP0siUs18akj5SGIj2DSdoT9Bwqi


1-MUSTAQIL OʻQISH UCHUN MATERIAL
Jeymi Makkenzi – taʼlim texnologiyalari boʻyicha mutaxassis
Taʼlimda qaysi savollar muhim ahamiyatga ega?
Yuqori darajada fikrlash quyidagi 3 xil savoldan birini talab etadi.
Asosiy savollar
Nimaga? Qanday qilib? Qaysi?

Nimaga?

Nimaga narsalar ular sodir boʻlgan tarzda sodir boʻladi?
Bu savol sabab va oqibatni tahlil qilishni talab etadi. U tabiiy ravishda muammolarni yechishga (Qanday qilib?) yoki qaror qabul qilishga yetaklaydi (Qaysi biri eng yaxshisi?)

Nimaga? toʻrt yoshli bolalarning eng sevimli savoli. Bu hodisalarni bilishning eng sodda vositasidir (konstruktivizm). Oʻquvchilar tomonidan beriladigan savollarni tadqiq qilish davomida Nimaga? degan savol asosan bolalar bogʻchasi sinf xonalarida koʻp berilishini va eng kam hollarda oʻrta taʼlim maktablari sinflarida berilishini aniqladim. Nimaga  quyosh har kuni botadi? Nimaga  yomgʻir yogʻadi? Nimaga baʼzi odamlar mashinasi derazasidan axlatni uloqtirib ketishadi? Nimaga  baʼzi odamlar oʻgʻrilik sodir etishadi? Nimaga baʼzi odamlar farzandlariga yomon munosabatda boʻlishadi? Nimaga maktabda koʻproq savollar bera olmayman?

Qanday qilib?

Qanday qilib ishni yaxshiroq bajarish, tayyorlash mumkin?
Bu savol muammolarga yechim topishning asosi hisoblanadi. Bu savol atrofimizdagi narsalarning yangi va yaxshiroq variantlarini yaratmagunimizcha berilaveradi.

Qanday qilib? Ixtirochining sevimli savoli. Qanday qilib? buzilgan jihozni tuzatuvchi va bankdagi bankomatdan naqd pul olishni bizga oʻrgatuvchi savoldir. Qanday qilib? savoli dasturiy taʼminotlar ishlab chiquvchilarni bizning smartfonimizga yangilanishlar joʻnatishga undaydi va ixtirochilarni yangidan yangi smartfon turlarini yaratishga ilhomlantiradi. Qanday qilib? islohotchilarning ehtirosi, qaxramonlarning eʼtiqodidir.

Qaysi biri eng yaxshisi?

Qaysini tanlayman?
Bu savol asoslangan, aniq mezonlar va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishga undaydi.

Qaysi? eng muhim savol boʻlib, bu savolga javob berish orqali biz oʻzimizning kelajakda kim boʻlishimizni aniqlab beradi. Qaysi maktab, universitetga oʻqishga boraman yoki qaysi kasb egasi boʻlaman? Qaysi yoʻldan boraman? Muammoga yechim topishda, qaror qabul qilishda, Qaysi yoʻlni, yechimni tanlayman? Jiddiy kasallikka chalinganda oʻzim uchun Qaysi davoni tanlayman?


Koʻpchilik maktablarda savollar qanday beriladi?


Maktabda juda koʻp savollar beriladi, lekin ularning asosiy qismi oʻqituvchilar tomonidan beriladi va odatda 2-3 sekundda bitta savoldan beriladi. Afsuski, bunday savollar yomgʻiri biz ragʻbatlantirishimiz kerak boʻlgan, yuqori darajada mushohoda qilishga, tanqidiy fikrlashga undovchi savollar emas, aksincha oʻquvchilar xotirasini tekshiruvchi savollardir. Eng muhim savollar bu oʻquvchilar tomonidan beriladigan, ularga taqdim etilgan maʼlumot, material yoki voqea va hodisalarda maʼno topishiga intilishini koʻrsatuvchi savollardir. Afsusular boʻlsinki, soʻnggi oʻn yillikda sinfdagi maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, sinfda oʻquvchilar tomonidan beriladigan savollar koʻlami va hajmi tobora kamayib bormoqda.
Yüklə 15,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin