1 Onam qiziman. Hayotimning porloq yulduzi



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə1/2
tarix28.10.2022
ölçüsü51,59 Kb.
#66621
  1   2
2 5343985183710252555



SHE’RLAR
1) Onam qiziman.
Hayotimning porloq yulduzi,
Oy qoshiga kelar kunduzi.
Mehribonim chashmi giryonim,
Mehringizla ulg’aydi jonim.
Volidamning hayo iziman,
Baxtim shuki onam qiziman.
Siz tufayli yuribmanda sog’,
Hayotdirsiz ko’ksim baland tog’.
Eng qimmatli xazinam o’ziz,
Go’zallikda maftunkor ko’ziz.
Volidamning hayo iziman,
Baxtim shuki onam qiziman.
Boshingizda hayo ro’molin,
Ko’rib yuring farzand kamolin.
Qalbingizga tushmasin hech g’am,
Yuvib ketsin tongdagi shabnam.
Volidamning hayo iziman ,
Baxtim shuki onam qiziman.
Jannat ko’shkiga loyiqdir ayol,
Ijobat bo’lsinki sursa ne xayol.
Ibosi yarashgan misli farishta ,
Onamlar bor uyimiz nurli sarishta.
Volidamning hayo iziman,
Baxtim shuki onam qiziman.
Qalbimdasan Vatan
Vatan beshigimsan orombaxsh o’zing,
Onam allasimi, yo aytgan so’zing.
Men uchun ilingan non ila tuzing,
Qalbimda jo’sh urgan tuyg’uyim vatan.
Quchog’im to’ldirgan qizil lolasan,
Gulga oshno ko’ngil oshiq bolasan
Yurakni titratgan ajib nolasan
Qalbimda jo’sh urgan tuyg’uyim vatan.
Olovni bag’riga olgan tandirmi,
Qizargan kulchani uzgan kamdirmi.
Quvonch tuyg’usidan ko’zlar namdirmi,
Qalbimda jo’sh urgan tuyg’uyim vatan.
Bobom kindik qoni to’kilgan tuproq,
Halol mehnat deya qo’llari qadoq.
Shu sabab kelajak biz uchun porloq,
Qalbimda jo’sh urgan tuyg’uyim vatan.
Ko’ngilga berkingan so’zlarim bisyor,
Go’zal betakrorsan ey ko’hna diyor.
To’y-u tomoshalar ko’paysin alyor,
Qalbimda jo’sh urgan tuyg’uyim vatan.
3)She’riyat kuyi.
Ko’ngilda tug’ular nazm lolasi,
Qalbda bastalanar uning nolasi.
Go’zallik ufurar qilasan rohat,
Chiroyi balqiydi tingla Sabohat.
She’riyat qalblarga yoqasan olov,
She’rdan ilhom olib yurak yonar lov.
Yuraklarda o’t bor,qalbda mehr ko’p,
Mo’jiza atalmish she’rda sehr ko’p.
Zulfiya ,she’rlari so’zim isboti,
Ilhom-la yaralgan uchqurdir oti.
Minbarda yangragan ul zot navosi,
She’rdan taralmoqda Toshkent havosi.
4) Vatan.
Oh, mening diyorim O’zbekistonim,
Rayhonlarga to’la bog’-u bo’stonim.
Lolaga burkangan hur gulistonim,
Go’zallik bobida tengsizsan vatan.
Gohida esganda mayin shabboda ,
Shirmoy non hidlari kelar havoda.
Tabiat kuylaydi jonli navoda ,
Go’zallik bobida tengsizsan vatan.
Samoda bulutlar qulochin yozar,
Yerimiz ostida to’la tillo zar.
Binolar bo’y cho’zib bulutdan o’zar,
Go’zallik bobida tengsizsan vatan.
5) Yoshlar ittifoqi.
Har qachon imkonni izlagin do’stim,
Yuksak marralarni ko’zlagin do’stim.
Nima qiynamoqda so’zlagin do’stim,
Yoshlar ittifoqi beradi yordam.
Ezgulik nurini hammaga sochar,
Undan yovuzliklar ortiga qochar.
Barcha yo’nalishlar quchog’in ochar,
Yoshlar ittifoqi beradi yordam.
Dilingdagini sen yuzaga chiqar,
Iste’dod sohibi hammaga yoqar.
Jamoamiz faqat sen uchun boqar,
Yoshlar ittifoqi beradi yordam.
6) O’zbegim bayrog’i.
Yurtimning bayrog’I ko’klarda uchar,
Baland parvoz qilib osmonni quchar.
Quyosh zarrin nurin olamga sochar,
Hilpirab turaver O’zbek bayrog’I,
Moviy rang suvlar-u, osmondan darak,
Alvon irmoqlarga to’ladir yurak.
Yurt deb yonib yasha jon bo’lsin halak,
Hilpirab turaver O’zbek bayrog’i.
Navqiron yarim oy savlatin to’kar,
Ketma-ket tizilib turganday askar.
O’n ikki yulduzlar misoli hulkar,
Hilpirab turaver O’zbek bayrog’i.
Osmonni zamin et,bor vujuding yoz,
Bulutda sayr etsang yarashadur noz.
Turfa bayroqlardan tegmasinlar ko’z,
Doimo baland bo’l yurtim bayrog’i.
7) Vatan.
Baxtimiz iqboli o’zingsan vatan,
Bahor,yoz gullagan anvoyi chaman.
Har daraxt,gulzoring tafti o’zgacha,
Bag’ringda o’saman so’nggi kungacha.
Seningla o’tagan kunim men uchun laziz,
Sensan betakrorim,hammadan aziz.
Tanho yaralgansan Makkaday bitta,
Barq urib ko’klayver maqsading katta.
8) Kitobim-oftobim.
Bilim erur oltin kon,
Egallagin bo’l xoqon.
Sharafga burkovchi shon,
Kitob-la bo’lgin har on.
Kitob emasdir yomon,
Ranging bo’lmaydi somon.
Kitob-la bo’lmas armon,
Qalqondir tegmas kamon.
O’zbekning yo’li ravon,
To’xtamaydi bu karvon.
Joningga bo’lar darmon,
Senikidir bu zamon.

Bilimla kezgin jahon,


O’rganib chiq kitobxon.
9) Islom bobo.
Yurtimning dong’ini taratgan podshoh,
Dunyoni o’ziga qaratgan podshoh.
Jahonda tengsizim Temur bobomday,
Osoyishta zamin yaratgan podshoh.
Yurtimga erkinlik bergan bobojon,
Qalblarga ma’rifat ekgan bobojon.
Yigirma besh yillik tarixni qurdi,
Hayotda hamisha oldinga yurdi.
Buyuk bobolarim o’g’lonlariday,
Yurt uchun hamisha qalqondek turdi.
Xalqimga erkinlik bergan bobojon,
Qalblarga ma’rifat ekgan bobojon.
Ko’nglingiz to’q bo’lsin hamisha bizdan,
Sho’x-shodon,mard,jasur o’g’il-u qizdan.
Buyuklar vatanni qo’riqlaganday,
Sadoqat ruhida boramiz izdan.
Yurtimga erkinlik bergan bobojon,
Qalblarga ma’rifat ekgan bobojon.
Nelarni boshidan o’tkazdi bu el,
Uch kunlik g’allani yetkazdi bu el.
Urush yillarida vatan jangida,
Yovlarni yurtidan ketkazdi bu el.
O’zbegim qudratli bo’lar bobojon,
Ko’nglingiz albatta to’lar bobojon.
Yangi yurtboshimiz bo’lsinlar omon,
Siz qoldirgan yo’lni qilmoqda ravon.
Zabardast,paxlavon bobolarimday,
Xotira ruhida ketyapmiz har on.
Yurtim ming yoshlarga to’lsin bobojon,
Joyingiz jannatdan bo’lsin bobojon.

10) Xotira hiyoboni.
Ozod yurtda davron surarsan bugun,
Uying tinch-ku qalbing mudom hotirjam.
Buyuk insonlarning mardligi uchun,
Dasturxon to’rida oila jamul jam,
Aslo o’chirmagin bobong chirog’in,
Qani bor sayr et xotira bog’in.
Tuproqni hovuchla qo’llaringga ol,
Yurt deya jon bergan O’zbek qoni bor.
Yoningda tik tursa so’ra hol-ahvol,
Toliqqan bu ko’zlar diydor uchun zor.
Aslo toptalmasin o’tganlar hoki,
Yurt uchun keraksan tiriksan toki.
Diyoring tinchligi, farzanding baxti,

G’aflatda uxlama dadil bo’l tetik.


Yoshlar qo’lidadir kelajak taxti,
Azal chiqmagaydir qo’ldan totuvlik.
Aslo o’chirmaymiz Temur chirog’in,
Doim yo’qlagaymiz xotira bog’in.
11)O’zbekistonim.
Vatanlar ichida sensan yagona,
Chamanlar ichida gulsan bir dona.
Tafting misoli mehridaryo ona,
Shoiralaring ko’p kuylaydi yona.
Oh mening mustaqil O’zbekistonim,
Ifori hushbo’yim,hur gulistonim.
Har qarich tuprog’ing ko’zimga surtay,
Yurt deya she’r yozdim sen uchun atay.
Shodlikdan do’ppimni osmonga otay,
Izhor etolmasam aytgil men netay.
Oh mening mustaqil O’zbekistonim,
Ifori hushbo’yim,hur gulistonim.
Kindik qon to’kilgan yashil diyorim,
Tayanch-u,suyanchim sen iftixorim.
Husningni madh etar kuylar dutorim,
Qay yerda bo’lsam ham sen madadkorim.
Oh mening mustaqil O’zbekistonim,
Ifori hushbo’yim hur gulistonim
Vatan shahdi doim urar yuraklarda,
Yurt kori deb kuch yugurar bilaklarda.
Yosh-u qari aytgan har bir tilaklarda,
Humo qushi uchib yursin falaklarda.
Oh mening mustaqil O’zbekistonim,
Ifori hushbo’yim hur gulistonim.
12)Chidagin inson.
Hayotda nelarni ko’rmaydi inson,
Shu sabab qiziqdir bu ko’hna olam.
Tingla ey birodar,Ollohga ishon,
Sadoqatli bo’lgin mo’tabar odam.
Boshingga ish tushsa also g’am yema,
Yuksaklarga intil doim bo'l dadil.
O’zingni o’zgadan also kam dema,
Matonatli bo’lgin va yana odil.
Azal yaralgandir dunyo shundayin,
Doim aytganlaring bo’lmaydi ro’yo.
Boqsang har bir inson yashar sendayin,
Novcha yoki pastmi to’laroq va yo.
Har bitta chehrada bo’lar mayuslik,
Berkinmachoq o’ynar unda tabassum.
Baxtni kutib yashash katta ojizlik,
Hammada bo’ladi hayajon bosim.
Peshonaga sayqal qat-qat chiziqlar,
Dersiz kulib;-,,Tangri yozgani shudir.’’
Qosh qoqib,chimirib va yo og’riqlar,
O’zimiz yozamiz haqiqat shudir.
O’tkinchi dunyoda uxlama uyg’on,
Tiniq zilol suvga yuzlaringni yuv.
Hapqirib uradi yurakda tug’yon,
Hayot uchun kurash,baxt ortidan quv.

13) Ho'qandi latif


Mening yagona uyim ,
Sen uchun aytgan kuyim.
Hushhavo salqin so’lim,
Qo'qon mening maskanim.
Shirin mevaga bisyor,
Daraxtida asal bor.
Bog’bonlarga Olloh yor,
Qo'qon qalbim parchasi.
Tarixi bo’lgan doston,
Azaldan xalqi polvon.
Yengilmaydi hech o’g’lon,
Qo'qon yurak darchasi.
Naqshinkor binolari,
Mehnatkash dehqonlari.
Mehmondo’st insonlari,
Qo'qon mehr go’shasi.
Gulla yashna diyorim,
Qaldirg’ochli ayvonim.
Go’zalsan betakrorim,
Qo'qon mening maskanim.

14) Bizning maskan.


Sayr etay do’stlarim bugun,
Quloch yozib xursand aylanib.
Yaypan shahrim,aziz maskanim,
Jamolingga mushtoq shaylanib.
Shildir-shildir suvingda hayot,
15)Ko’rinadi tarix chashmasi.
Boshin egib turar majnuntol,
Tinglab turar bulbuldan bayot.
Bog’laringda qolayin bir zum,
Tog’laringdan olayin nafas.
Go’zalimsan o’n sakkiz yoshli,
Hayratlanar ko’rganda ko’zum.
Gulla yashna chamanim mening,
Jamolingga tegmasin hech ko’z.
Boqiy bo’lib yashnagin mudom,
Go’zal taqdir peshonang sening.

16) She'riyat ustozimga.


Ezgulik ulashish ustozga odat,
Dildagi niyatlar bo’lsin ijobat.
Tark etmasin ularni baxt-u saodat,
Olloxim asrasa kelmas uqubat.
She’riyat bog’boni o’zingiz ustoz,
Haqiqat so’zlaydi ko’zingiz ustoz.
Taftingiz issiqdir misoli oftob,
Onamdek jonkuyar,bo’lsam sal betob.
Bilim birgalikda o’rgatar odob,
Saranjom bo’lgin der,ko’p o’qi kitob
She’riyat bog’boni o’zingiz ustoz,
Haqiqat so’zlaydi ko’zingiz ustoz.
Siz tuzgan,,Qaldirg’och’’eng zo’r to’garak,
She’rxonlik bazmida bo’ladi o’rnak.
Barcha shogirdlariz nomidan tilak,
Qilgan mehnatizdan xormasin bilak.
She’riyat bog’boni o’zingiz ustoz,
Haqiqat so’zlaydi ko’zingiz ustoz.

17) Kitobdagi zarrin nur.


Hattoki yoshing yuzga yetsa ham,
Qalbdagi mehringni sen qilgin baham.
Dilingni yoritsin Olloh kalomi,
Qo’lni ko’ksingga qo’y,bo’lsin saloming.
Yo’lingda uchrasa bag’ritosh inson,
Qo’lingda tosh bilan quvmagin nodon.
Qalbini eritgin misoli oftob,
Har neki desa ham ko’rsatib odob.
Halol mehnat qilgin ayni shu tobda,
Senga yordam bergan asli kitobda.
Ezgulik,poklikdan yaralar nurlar,
Dengizda poyonsiz yoqut-u durlar.
Zehningni ishlatsang keladi foyda,
Kitoblar yoqutdir har neki joyda.

E’tiqod,iymoning bo’lar mustahkam,


Bilim-la orttirgin dunyo ilmin ham.
18)Vaqt.
Umr o’tkinchidir o’tadi yillar,
Bir zum to’xtatolmas bu biyron tillar.
Uchqur tulpordayin shoshilar millar,
G’ayrating borida,yoshlik chog’ida,
Ilm gulin tergin maktab bog’ida.
Olgan bilimimiz o’yilsa toshga,
Kitob-u devorlar urilmas boshga.
Erta qor yog’masin sochlar-u qoshga ,
G’ayrating borida,yoshlik chog’ida,
Ilm gulin tergin,maktab bog’ida.

19)"Dono word."


Kitobga berib mehr,
Go’yo bor unda sehr.
Ezgulik kasbi axir,
Eng zo’ridir Dono word.
Topishmoq yoki jumboq,
Boshqotir,berar saboq.
Vaqting o’tar doim chog,’
Eng zo’ridir Dono word.
O’rganmoqchi bo’lsang til,
Rasmlardan ko’rib bil.
Sahifalar xilma-xil,
Eng zo’ridir Dono word.
Ta’riflashga so’z bisyor,
Maktublar jo’nat Sayyor.
Sen uchun doim tayyor,
Zo’rlardandir Dono word.

20)"Yaypan ovozi."


Haqiqat barq urar kurtaklarida,
Tabiat yashnagay etaklarida.
Ezgulik jo bo’lgan ertaklarida,
Baralla kuylayver Yaypan ovozi.
Adolat doimo qanotin yozgan,
Bilimlar bellashib doimo o’zgan.
Yurtimning har qarich tuprog’in kezgan,
Baralla kuylayver Yaypan ovozi.
Tatib ko’rib bilgin totuvlik tamin,
Topolmaysan sira bu yurtning kamin.
Ilhom pariimsan ey ko’hna zamin,
Baralla kuylayver Yaypan ovozi.

21)Yurtimiz posbonlari.


Yurtim chegarasi sizla mustahkam,
O’zbek Alpomishi,jasur o’g’lonlar.
Boshlagan ishini tutadi mahkam,
Kuch-quvvatga to’lgan sizday arslonlar.
Bilakda g’ayrati jo’sh urib turar,
Jaloliddin,Temur avlodi sizlar.
Bosgan qadamidan o’t chaqnab yurar,
Jasorat bobida qoldirgan izlar.
Yurtim bayrog’ini ko’tarib har dam,
Doim olg’a boring,hamisha omon.
Metindek iroda,baquvvat,bardam,
El uchun qalqonsiz unutmang hamon.

22)Shoirlarning sultoni.


Nazm saroyida yangraydi navo,
She’riyat bog’idan keladi sado.
Xamsa uyg’onadi tebranar qog’oz,
Bobom Navoiydan kelmoqda ovoz.
So’zga oshuftalik Xurosonga xos,
Hirot o’gitlari Alisherga mos.
Bayqaro otida sayr etar hamon,
Aytgan har bir so’zi otilgan kamon.
Sheriyat sultoni Navoiy bobom,
Maftunkor satrlar o’lmas,bardavom.
Besh asr o’tsa ham ash’or sizniki,
Tutgan qalamingiz endi bizniki.

23)O’zbegim qizlari.


O’zbegim xalqi suluvlarga boy,
Bamisoli tiniq,sharqiroq soy.
Aqlli,hayoli ayollari bor,
Qancha oshiqlar emish intizor.
Ko’zlari olovday chaqnaydi yulduz,
Hayo daraxtidan sekingina uz.
Avaylab asragin hech berma ozor,
Topolmaysan boshqa izlama bozor.
Har jabhada mardona bo’lgan,
Momolarin yo’lidan yurgan.
Hushsurat-u suhandon qizlar,
Iboli qizlarni dunyolar izlar.

24)Ayollarga tilagim.


Bahordek pokiza go’zal kelinchak,
Ko’zlaridan yoshlar oqmasin chak-chak.
Fayz beshigi tebranar asta belanchak,
Chechaklar o’stirib gullasin ayol.
Bag’rida asraydi jajji bolasin,
Qalb-qo’ri,farzandi,gul-u lolasin.
Tangrim ham tinglagay uning nolasin,
Novdalar o’stirib,gullatsin ayol.
Ulg’ayib o’ssa ham birdek parvona,
Dunyoda farzand deb yasharkan ona.
Nabiralar unga bo’lsa parvona,
Nihol parvarishlab bog’ bo’lsin ayol.
Hosilin ko’rish ham nasib aylasin,
Avvalo yurakka sog’lik joylansin.
Olloxim sizlarni doim siylasin,
Baxtimizga doim bor bo’lsin ayol.
25)Bahor.
Bahor fasli azal,bunchalar go’zal,
Novdalarda yashil kurtagin yozar.
Oppoq qor ostida gullagan chechak,
Tarnovda oqadi yomg’irlar chak-chak.
Sovuq qish ortidan keladi bahor,
Honushin boshlaydi qushchalar nahor.
Bog’-rog’lar kiygan yam-yashil ko’ylak,
Yurtim uzra parvoz qilmoqda laylak.
Moychechak,chuchmuoma,yalpizi rayhon,
Hushbo’y iforlarin taratar hamon.
Sumalak mazasi also emas kam,
Yetti mo’jizadir bahor fasli ham.

26)Betakror fasl.


She’rlarimda aks etadi bahor,
Qiyg’os gullagan o’rik gullari.
Alvon-alvon ochilgan lolalar,
Darakchi fasl boychechaklari.
Go’zal fasl,nafis bahorim,
Maftunkor-u betakrorim.
Shudring o’xshar bamisoli dur,
Gullar fasli bahor faslidur.
Chuchmuomalar go’zal buncha ham,
Atirgul,lola unda mujassam.
Go’zal fasl,nafis bahorim,
Maftunkor-u betakrorim.

27)Navro’zi olam.


Musaffo osmonda qanotin yozib,
Viqorla uchmoqda turfa varraklar.
Hushbo’y g’unchalarni novdaga tizib,
O’zgacha gullabdi bu ko’hna bog’lar.
Doshqozon bag’rida qaynar sumalak,
Unga bezak bo’lar yong’oq-u toshlar.
Yangi kun kelmoqda go’zal kamalak,
Atlas-u adrasga burkangan yoshlar.
Yurtim yangi yoshing bo’lsin muborak,
Navro’z ayyomidan yayrasin olam.
Qaldirg’ochlar yelib bermoqda darak,
Yarashib turibdi yam-yashil ko’klam.

28)Navro’zoy.


Oppoq qorning bag’rida unib,
Bosh kotarar bir nafas tinib.
Boychechagim quyoshdek tiniq,
Keldi bahor Navro’zoy bilan.
Bodom shoxin gullatib asta,
Quchog’ida gullari dasta.
Hirom aylab qadam ohista,
Keldi bahor Navro’zoy bilan.
Shifobaxshli go’zal tabiat,
Olib kelar a’lo kayfiyat.
Shabbodada dillarda rohat,
Keldi bahor Navro’zoy bilan.
Tovlanib osmonda kamalak,
Tiniq rangda musaffo falak.
Doshqozonda qaynar sumalak,
Keldi bahor Navro’zoy bilan.

29)Yangi yil.


Go’zal fasl bayrami,
Yangi yilim kelmoqda.
Sovg’alarning o’rami,
Qor uchqunlar yelmoqda.
Bayram kuni hamma shod,
Yelib yugurar doim.
Ko’ngilni qilib obod ,
Taom pishirar oyim.
Uyimizning to’rida,
Yashnab turadi archa.
Bor vujudi qo’rida ,
Yaltiroqlar bir qancha.
Qorbobo,Qorqiz bugun,
Mehmon bo’ladi bizga.
Barcha kelganlar uchun,
Sovg’a ham yetar sizga.

30)Hayvonlarning Yangi yil orzusi.


Yangi yil hammaga olib kelar baxt,
Ko’ngilda orzular tug’ular har vaqt.
Men uchun,siz uchun barchaga birday,
Go’yoki u bizga yashirin sirday.
Bayramda juda ko’p tilaklar bisyor,
Archaning ostida sovg’alar qator.
Intiqib kutamiz bu kunni doim,
Hayvonlar ham kutar der edi oyim.
Sigir: Yem-xashak joyida bo’lsa og’ilda,
Suv o’rniga sharbat tursa ming xilda.
Oyoqni uzatib yotardim faqat,
Tagimda ko’rpacha bo’lsa uch qavat.
Quyon:Eh,tezroq Yangi yil kelsaydi deyman,
Oltin qoziqlarni men ko’proq yeyman.
Qish bo’yi oqarar,momiq tuklarim,
Hammaga foydali mening yuklarim.
Bo’ri:Cho’ponning qo’ylari semizdan semiz,
Biya ham charchagan ulashib qimiz.
Bayram kuni kelsin mayli yonimga,
Ishtaham ochilib yoqar jonimga.
Tulki:Aqlimga aqllar qo’shilsa deyman,
Hech qanday zahmatsiz bedana yeyman.
Semiz bu qushchalar juda ham laqma,
Shu sabab tayyordir men uchun luqma.
Mushuk:Xonani changitish men uchun emas,
Ziyoli mushuklar sichqonni yemas.
Yangi yil sovg’asi bo’lsin bir savat,
Ovqatlanib bo’lib uxlayin faqat.
Kuchuk:Har kungi nasibam bir dona suyak,
Bayram kuni menga ovqatlar kerak.
Qo’riqchi itdirman bir katta uyga,
Dardimni solmasam bo’lmaydi kuyga.
Hayvonlar birgalikda:Yangi yil bayrami kelaqol tezroq,
Niyatlar ushalsin,orzular ko’proq.
Bu kun ijobatdir har neki tilak,
Aytgancha bittadan shirinlik kerak.

31)Qor.
Osmonning bag’rida raqsga tushib,


Yelvizak shamolday ko’chib yuradi.
Oppoq qor uchquni shamolday uchib,
Erimay atiga bir zum turadi.
Archaning ko’rkisan,qishning bezagi,
Bunchalar go’zalsan,shunchalar oppoq.
Sen kelsang keladi bayram daragi,
Qachon ayt turasan qo’limda ko’proq.
Ezgulik misoli yog’aver jo’shib,
Rangingla yorishsin bu olam tongi.
Sen kabi pokiza,poklikdan qo’shib,
O’zgacha yangrasin Yangi yil bongi.

32)Qorboboning orzusi.


Menman o’sha Qorbobo,
Sovg’alarga boy bobo.
Qorqizim menga dastyor,
Menda ham orzu bisyor.
Ko’p joylarda yurganman,
Ko’plarni men ko’rganman.
Faqt notanishdir yoz,
Kun o’tarmish doim soz.
Quyoshbobo bo’larmish,
Tongdan salom yo’llarmish.
Uy isitilmas unda,
Havo issiqmish kunda.
Ariqlarda suzishni,
Pishgan meva uzishni.
Quyoshda men toblanib,
Yuray deyman sollanib.
Niyatim shu yagona,
Ushalsinda bir dona.
Boshimda yog’sinda qor,
Atrof esa yoz,bahor.

33)Qorqizning orzusi.


Xayol surib bir kun Qorqizoy,
Orzu qilib qoldi hoynahoy.
Bir zum sayr etib xonasin,
Mehmon qildi ko’p dugonasin.
Qizil shapkacha:-Rahmat sizga qorqizoy,
Qoplaringiz bo’lsin boy.
Sovg’a uchun ming rahmat,
Bu yil ham kelsin omad.
Zumrad:-Yangi yildan ko’nglim shod,
Do’stlar bilan uy obod.
Sizni yo’qlab bir keldim,
Qorlarday uchib yeldim.
Raponzil:-Sochimga turli munchoq,
Yuboribsiz o’yinchoq.
Uzoqdan keldim atay,
Sog’ingan bo’lsam netay.
Zolushka;-Qovoqdan qilib saroy,
Jo’natibsiz uchqur toy.
Qalbingiz qordayin oq,
Umringiz bo’lsin uzoq.
Orzusiga yetibdi Qorqiz,
Malikaday chiroyli oyqiz.
Dillarda g’am qolmadi bugun,
Diydorlashib yechildi tugun.

34)Sovg’alar muborak.


Bayramlar ichida sulton Yangi yil,
Tabriklab charchamas do’stlarni bu til.
Mo’jizaga boydir hayot turfa xil,
Bayram muborakdir aziz yurtdoshlar.
Osmon etagidan yog’adi unlar,
Bayram arafasi uzayar kunlar.
Negadir bilmayman uyqusiz tunlar,
Byram muborakdir aziz yurtdoshlar.
Tashqari sovuqda lek yurak qaynoq,
Qo’limda turmagan laylak qor o’ynoq.
Nazmga sol desa,yozmayin qandoq,
Bayram muborakdir aziz yurtdoshlar.
Qarang derazaga yozilganmish xat,
Serjilo naqshlar beradi rohat.
Yetib keldik mana tan-jonlar sihat,
Bayram muborakdir aziz yurtdoshlar.
Shodlik mehmon bo’lib kelgan shu chog’da,
Kumush libos kiying yumalab tog’da.
Bunday go’zallik yo’q erami bog’da,
Bayram muborakdir aziz yurtdoshlar.
Qish bo’yi ter to’kar tomlarda kurak,
Laylak qor yog’ishi bayramdan darak.
Negadir tanamdan oshiqar yurak,
Yangi yil muborak jonajon do’stlar.

35)Odam savdosi.


Jaholatning bozori u,odam savdosi,
Qaydan keldi yurtimga millat balosi.
Hayo,iffat ro’molini yo’qotganlar,
Zalolatning qopqoniga o’zin otganlar.
Yo’l yuradi faqat kezar balchiqlarni,
Sherik qilar qalampirday achchiqlarni.
Ikki dunyo ochilmagay qalb ko’zlari,
Qiyomatda qorayadi oq yuzlari.
Odam sotish halol emas,yolg’on bari,
O’z safdoshin sotmagaydir asalari.
Erkakmi-u ayolmi bilib bo’lmas,
Qiyofasi odam biroq inson emas.
Chetda qilgan savdolari chetda qolsin,
Nopok kelgan hadyalarin qaytib olsin.
Millatdoshin o’zga elga sotganlarni,
O’z yurtiga ig’vo toshin otganlarni.
Bukilsinda undaylarni qaddi-basti,
Yer ko’tarmas,bir kun tortar tuproq osti.
Harom bozor mo’minga xos emas asli,
Hazonlarga almashildi bahor fasli.
Jaholatning botqog’ini kezganlar ko’p,
Ojiz qilib ko’zlariga tiqganlar cho’p.
Xalq nafratin qozonganning savobi yo’q,
Topganlari ohiratda yonguvchi cho’q.
Vatandoshim sendan qolsin kattakon bog’,
Yovuzlikni yuvib ketar bo’lmasa dog’.
Bila turib egri yo’ldan yurma sira,
Porlayotgan hayotingni qilma xira.

36)Mevalar arz-doti.


Bog’ tomon oralaydi,
Sekin asta Matmusa.
Daraxtdan mo’ralaydi,
Mevalar tezroq pishsa.
Bolakayda zo’ravon,
Har kun tosh otar tinmay.
Ko’tarolmaydi narvon,
Sinib ketadi bilmay.
Mevalar tilga kirdi,
Buni qarang ajabo.
Birma-bir sekin turdi,
Bog’lardan keldi sado.
Xurmo;-Tirnoqlanganman juda,
Biling ahvolim yomon.
,,Limonsan’’-deb behuda,
Otib yubordi omon.
Uzum;-Qushlar taladi meni,
Eh,o’shalarning turqi.
Ko’rmadim ayting neni,
Ohiri bo’ldim pirqi.
Behi;-Tukchalarim yoqardi,
Hamma menga boqardi.
Quyoshday edim sariq,
Hozirchi yuzim yoriq.
Mevalar birgalikda;,,-Ey,insonlar bizlarga,
Biroz rahm qilingiz.
Qand mevamiz sizlarga,
Bizga mehr beringiz.

37)Sabzavotlar mojarosi.


Sabzavotlar bo’lib jam,
Maqtanibdi juda ham.
Mazah qilib bi-birin,
Ochibdida bor sirin.
Sabzi;-Oltin qoziq der meni,
Oshda suyib yer meni.
Rangim meni sap-sariq,
Bo’y o’stirishim aniq.
Kartoshka;-Ko’p maqtanma sabzioy,
Mensiz aniq holing voy.
Sho’rvada shirin tamim,
Yo’q sira sendan kamim.
Piyoz; -Sho’rva oshning zirvagi,
Mazali eng keragi.
Suqilib keldi piyoz,
O’zini bilib tannoz.
-Narsalarning baxsiga,
Qo’shildi karam,shalg’om.
Kelmadi hech ongiga,
Pishmasa barchasi hom.
Bekajon kirib kelib,
Qushday yelib,yugurib.
Kartoshka,sabzi,piyoz,
Baridan to’g’rar oz-oz.
Shunda egilib boshlar,
Uyaldi bu beboshlar.
Do’stlik qadrin bilishdi,
Ahil,inoq bo’lishdi.
Kamtarlikda gap ko’pdir,
Manmanlikka joy yo’qdir.
Bundaylarning holi voy,
Gap uqsaydi hoynahoy.

,,Op qoling mevalardan.’’


Bir kun bozor oralab,
Qog’ozimni qoralab.
Kezdim men sekin rasta,
Qadam tashladim asta.
Darmondori izladim,
Mevalarni ko’zladim.
Odamlardek so’zlashar,
Menga qarab bo’zlashar.
Olma;-Qarindoshlarim bisyor,
Meni ol yurma bekor.
Darmondori bo’laman,
Temirlarga to’laman.
Nok;-Mevalarning go’zali,
Chanqoqbosdi asali.
Chiroyda tengsiz o’zim,
Meni ol tingla so’zim.
Anor;-Serhosilman men juda,
Bolalarim bir to’da.
Jannat ifori menda,
Tanlash navbati senda.
Shaftoli;-Yoshimni o’tdim yashab,
Behi,kiviga o’xshab.
Ustimda bordir to’nim,
Olib ket meni inim.
O’rik;-Yurak bo’lsa baquvvat,
Men beramanda quvvat.
Atrofni sen bir kuzat,
Savatni tezroq uzat.
Uzum;-Adashlarim ko’p bisyor,
Bag’rim keng emasman tor.
Yoshligimda yeb oling,
Sumkaga meni soling.
Banan;-Jahon kezib men asta,
Keldim O’zbekistonga.
Yeganlar bo’lmas xasta,
Shifoman saratonga.
Limon;-Tumov mendan qochadi,
Asal bag’rin ochadi.
Nordon bo’lsamda o’zim,
O’tkazamanda so’zim.
Kivi;-Ishtahani ochaman,
Yoqmay qolsam qochaman.
G’o’ra o’rik qondoshim,
Limonjon partadoshim.
Mandarin;-Shirinman juda-juda,
Soqqa ketmas behuda.
Apelsinga do’st hamdam,
Sog’misiz bonjur madam.
Ho’p mayli deb barini,
Eng zo’ri sarasini.
Mevalarni o’radim,
Narx-navoni so’radim.
Dehqonda kelishtirib,
Meni xursand ayladi.
Boshqaga solishtirib,
Eng maqulin sayladi.
Sog’lom bo’lay desangiz,
Mevalardan yesangiz.
Aqlingiz yaxshi ishlar,
Mustahkam bo’lar tishlar.

38)Pazanda bekajon.


Oshxonada fayz bisyor,
Chinni toza misli qor.
To’rt fasl doim bahor,
Bekajonda pazanda.
Chang g’ubor qo’nmas sira,
Tabingiz bo’lmas xira.
Har sohada ko’p qirra,
Bekajonda pazanda.
Taomlari mazzali,
Doimgidek jizzali.
Murabboning asali,
Bekajonda pazanda.
Bazan qo’llari qadoq,
Ortgandan qilar quroq.
Tejamkorning qalbi oq,
Bekajonda pazanda.

39)Kashfiyotchi.


Zoologiya fanini,
Yoqtiradi Yorqinoy.
Hayvonlar tanasini,
O’rganmoqchi eh voy-voy.
Asalarining asal,
Berishin bilib oldi.
Bo’lmaslik uchun kasal,
Uzoq o’ylarga toldi.
Asalarini sana,
Asal berar o’n tovoq.
Olmoqchi bo’ldi ana,
Qovoq aridan qovoq.

40)Ichki ishlar.


Adolat yo’lida yurarlar mag’rur,
Temur merosidir so’zda haqiqat.
Yarashar nomiga iftixor g’urur,
Yurt ravnaqiga qo’shaversin shuhrat.
Elim deb,yurtim deb yonib yashaydi,
Zimmasida erur eng oliy xizmat.
Olg’a dadillikda qadam tashlaydi,
Uyquni tanimas tun-u kun har vaqt.
Yovlarni yurtiga also kiritmas,
Bellashsa raqibin ko’tarib urar.
Yovuzni xalqiga also yo’latmas,
Ezgulik-la bo’lib shu yo’lda yurar.
Mustahkam qo’rg’ondir oilasi aziz,
Matonat,botirlik ota merosdir.
Bir-biridan shirin farzandlar laziz,
Yaqinlarga mehrin ko'pligi rostdir.
Ey yurtim zabardast,o’ktam o’g’loni,
Buyuk zamin uzra qulochingni yoz.
Qaldirg’ochlar in qurgan fayzli ayvon,
Seni kutib mudom qiladi e’zoz.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin