1. Pedagogika tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,52 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,52 Kb.
#199550
1. Pedagogika tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari-fayllar.org


1. Pedagogika tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari

1. Pedagogika tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari.


Fanni òqitishdan maqsad- talabaning umumiy pedagogik bilim darajasini kengaytirish, pedagogik merosimizga tòģri munosabatda bòlishga òrgatish, ta'lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti , tarbiya va ta'lim uning rivojlanish jarayoni, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichni ilmiy bilimlar darajasi bilan boģliqligi tòģrisida aniq bilimlar hosil qilish
Fanning vazifasi- talabalarni ilmiy pedagogik merosga doir bilimlar bilan qurollantirsh, ularda turli tarixiy davrlarda ta'lim tarbiyaga oid pedagogik fikrlar taraqqiyotiga doir yaxlit tasavvurlarni tarkib toptirish, pedagogik merosdan foydalana olish kònikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
2. Pedagogika tarixi fani metidologiyasi nimaga asoslanadi?
Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma'naviy merosi, Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Òzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.Karimovning ta'lim tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol ğoyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.
3. Buyuk olmon olimi Xerler "Sharq Yevropaning muallimidir ",deganda nimani nazarda tutgan?
Sharq xalqi qadimdan ta'lim tarbiya borasida òziga xos dorulfunun yayratgan. Hatto òzbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura keng hukm surgan. Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va òrgandik. Endingi vazifa Sharq Sharq pedagogikasi bilan Ğarb pedagogikasini eng ilğor an'analarini òrganishga e'tibor qaratishdan iborat. Chunki ilmu- fan Sharqda taraqqiy etgan. Buyuk olmon olimi Xerler " Sharq yevropaning muallimidir " deganda haq edi. Yuqoridagi fikrlarning òzi madaniyat, marifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bòladi. Chunki savodxonlik maktablarining,qadimgi yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda "Avesto", Suğd, Baqtriya, Urxun-Yenisey , Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida vujudga kelganligi shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon ekanligidan dalolat beradi.
4. Pedagogika tarixini òrganish bòlajak òqituvchiga qanday imkoniyat yaratib beradi?
Pedagogika tarixini òrganish bòlajak òqituvchilarning faqat pedagogik madaniyatlarini oshiribgina qolmay, balki shu bilan birga unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. Shuningdek òtmishning ta'lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini òrganadi . Bu esa uning kundalik pedagogik faoliyatda yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorladim.
5. Pedagogika tarixi qanday fan? U qaysi fanlar bilan uzviy aloqador?

Pedagogika tarixi fani ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi. Tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma- xil bòlganligini ochib beradi.



Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar bilan boğliq ,ya'ni, pedagogika , psixologiya, madaniyat tarixi, Òzbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya ,axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqador.
http://fayllar.org
Yüklə 3,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin