1. Quyidagilarni mos ravishda toping



Yüklə 18,99 Kb.
tarix05.10.2022
ölçüsü18,99 Kb.
#64557
24.02.2022 9 – sinf


1. Quyidagilarni mos ravishda toping
a) mikologiya b) embriologiya c) fiziologiya d) gidrobiologiya e) etologiya
1) hayvonot olamining xulq-atvorini o’rganadi 2) qazilma holdagi organızmlarni o'rganadi 3) murtak rivojlanishini o'rganadi 4) suv muhitidagı organizmlarni o'rganadi 5) organizmlar organlar tuzilishini o'rganadi 6) organizmlar organlar funksiyalarini o’rganadi 7) hayvonot olamini xulq-atvorini o'rganadi 8) mikroorganizmlarni o’rganadi
A) a-8, b-3, d-4, e-7 B) c-5, b-3, e-7, d-4
C) b-3, e-7, c-6, d-4 D) a-8, b-3, c-6, d-4
2. ATF haqidagi ma'lumotlarni ajrating.
1) gidrofil emas 2) gidrofob emas
3) tarkibida mikroelementlardan N uchraydi 4) tarkibida makroelementlardan P uchraydi
5) tarkibida mikroelementlardan yod va mis uchraydi 6) makroergik bog larga ega
7) fagat geterotroflar uchun asosiy energiya manbayi. 8) tarkibida monosaxaridlardan riboza uchraydi 9) universal energiya manbayi
A) 4, 7, 9 B) 1, 3, 6 C) 2, 5 D) 4, 1, 8
3. Hujayra darajasidan boshlab orqali avlodlar davomiyligi va hayotning uzliksizligi ta'minlanadi.
A) genetik axborotni nasldan naslga o'tkazish
B) matritsali sintez reaksiyaları
C) hujayra hayotiy jarayonlarining fermentative boshqarilishi
D) to'qima va organlarning paydo bo'lishi
4. Bir hujayrali organizmlar boshqarilish
... yo'l bilan amalga Oshadi.
Nuqtalar orniga mos jumlani qo'ying.
A) nervgumoral B) gumoral-kimyoviy
C) fizik-kimyoviy D) nerv-kimyoviy
5. Bionika bu ...
A) organizmlar hayot faoliyatining o'ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, biologik sistemalar yaratish
B) organizmlar hayot faoliyatining o'ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, texnik sistemalar yaratish
C) anorganik tabiat faoliyatining o'ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik sistemalar yaratish
D) anorganik tabiat faoliyatining o'ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik va biologic sistemalar yaratish
6. Mikroelementlarning biologik ahamiyati to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.1) rux-DNK-polimeraza va RNK-polimeraza fermentlari, insulin gormoni tarkibiga kiradi 2) azot-ATF, xlorofill, vitaminlar tarkibiga kiradi 3) xlor-oshqozon shirasi tarkibiga kiradi 4) kobalt- B12 vitamini tarkibiga kiradi 5) kalsiy -muskullar qisqarishini
ta'minlaydi 6) ftor-tish email tarkibiga kiradi.
A) 1,3, 6 B) 2, 4,5 C) 1, 2, 5 D) 1,4, 6
7. Postebmrional rivojlanish davri metamorfoz yo‘li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang. 1) sariq falanga; 2) butli o‘rgimchak; 3) exinokokk; 4) nereida; 5) yomg‘ir chuvalchangi;
6) odam askaridasi; 7) sariq chayon;
8) chuchuk suv gidrasi.
A) 2, 8 B) 3, 6 C) 4, 5 D) 1, 7
8. Hujayra po’sti pektin (a) va murein (b) dan iborat organizm mlarni juftlab orsating:
1) xrokokk 2) tugunak bakteriyasi 3) qoqshol bakteriyasi 4) asillatoriya 5) nostok 6) kuydirgi bakteriyasi
A) a-1, 4, 5 b-2, 3, 6 B) a-2, 4, 5 b-1, 3, 6 C) a-1, 3, 4 b-2, 5, 6 D a-1, 2, 3 b-4, 5, 6
9. Qanday genotipli ota-ona organizmlari chatishtirilganda hamma farzandlar polidaktiliya bilan kasallangan bo’ladi? 1) Aa x AA; 2) AA x AA; 3) aa x aa;
4) AA x aa; 5) Aa x Aa
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 1,5 D) 2,3
10. Otoskleroz - o’rta quloq suyakchalarining noto’g’ri rivojlanishidan kelib chiqadi. Karlikka olib keluvchi bu kasallik autosoma dominant holda irsiylanadi. Ota-ona geterozigotali bo’lgan oilada kasal bola tug'ilish ehtimolini toping.
A) 100% B) 75% C) 50% D) 25%
11. G`o`za osimligida malla rangli tola, oq
tola ustidan to`liqsiz (chala) dominantlik
qiladi. F1 da hosil bo`lgan novotrang tolali
o`simlik oq rangli formasi bilan
chatishtirilganda F2 da qanday formalar hosil
bo`ladi?
A) Faqat novvot rang B) Malla va oq rangli
C) Faqat oq rangli D) Novvot va oq rangli
E) Faqat malla rangli
12. Bulg`or garmdorilarining qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo`ladi. Qizil rangni boshqaruvchi gen dominant, yupqa etli bo`lish retsessiv genga bog`liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromosomalarda joylashgaji. Agar geterozigotali qizil, qalin po`stli garmdorim ikki belgisi bo`yicha retsessiv xili bilan chatishtirilsa F1 da qanday fenotipga ega bo`lgan garmdorilar olinadi?
A. 25% qizil yupqa; 25% qizil qalin; 25% yashil yupqa; 25% yashil qalin
B. 50% qizil yupqa; 50% yashil yupqa
C. 75% qizil yupqa; 25% yashil qalin
D. 25% qizil yupqa; 50% yashil qalin; 25%qizil qalin
13. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda guanin nukleotidining soni nechaga teng?
A) 1128 B) 1222 C) 2444 D) 2256
14. Quyidagi atamalarni ularga mos keluvchi ta'riflar bilan juftlang
1) turgor 2) plazmoliz 3) deplazmoliz 4) buferlik
a) vakuolaga suv kirib, hujayraning tarangligini saglashi: b) hujayra tarangligining yo'qolishi c) tarangligi yo'qolgan hujayraning toza suvda o'z holatiga qaytishi d) hujayraning kuchsiz ishqoriy holatni saqlab turishi
A) 1-d, 2-c, 3-h, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
15. Endositoz turlarini aniqlang.
A) ekzositoz va pinositoz B) pinositoz va fagositoz C) leykositoz va fagositoz D) ekzositoz va leykositoz
16. Biologiya atamasini fanga kiritgan olim(lar)ni aniqlang:
A) Ch. Darvin, J. B. Lamark
B) J. B. Lamark, G. R. Trevinarus
C) G. R. Trevinarus, Ch. Darvin
D) D. I. Ivanovskiy, F. Leffler
17. Qaysi usul yordamida hujayra nazariyasi, biogenetik va irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuni kashf etilgan?
A) kuzatish B) taqqoslash
C) tarixiy D) eksperimental
18. Virus hujayradan chiqishining qaysi usulida xo’jayin hujayralari saqlanib qolishi mumkin
A) portlash B) kurtaklanish
C) membrana teshiklaridan chiqishi
D) membranani botib kirishi
19. ...tufayli tur turg'unligi ta'minlanadi,
... natijasida esa tur xilma-xilligi ortadi. Nuqtalar o'rniga kerakli jumlani qo'ying!
A) I qo'zg'aluvchanlik, II irsiyat
B) I o'zgaruvchanlik, II qayta tiklash
C) I irsiyat, II o'zgaruvchanlik
D) I ko'payish, Il oziqlanish
20. Tiriklikning qaysi darajasida (I) -energiyani toplash va taqsimlash, (II) - modda va energiyani davriy aylanishi kuzatiladi?
A) I biotsenoz, II biosfera
B) I populayatsiya, II biosfera
C) I biogeotsenoz, II biosfera
D) I populyatsiya, I biogeosenoz


Yüklə 18,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin