1-SHAXSIY TOPSHIRIQ TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI.
Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi:
Ranjirlangan variatsion qator;
Diskret variatsion qator;
Oraliqli variatsion qator.
Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi.
Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi.
Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi.
Misol. Aytaylik potokda 50 ta talaba boʻlib, ulardan oldingi semestrda matematika fanidan 1-imtixon natijalari haqida maʼlumot yigʻildi deylik. Natijada 2, 3, 4, 5 baholardan iborat boʻlgan aralash-quralash 50 ta songa ega boʻlamiz. Demak tanlanma hajmi n=50 katta, lar orasidagi farq esa kichik bolgani uchun, bunday maʼlumotlarni tahlil qilish uchun diskret variatsion qator tuziladi. Aytaylik 12 kishi 2 baho, 14 kishi 3 baho, 18 kishi 4 baho, 6 kishi 5 baho olganligi sanab chiqdik deb faraz qilsak, bu maʼlumot quyidagicha diskret variatsion qator koʻrinishida yoziladi:
Har bir talaba guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos variant maʼlumotlarini Я.К. Кольде “Практикум по теории вероятностей и математической статистике” nomli kitobdan (105-148 betlar) olib, quyidagicha ishlarni amalga oshirishi lozim.
Hisoblashlar ikki xil usulda amalga oshirilsin:
Formulalar yordamida talabaning oʻzi mustaqil ravishda.