1-sinfda musiqa o`qitishning vazifalarni va mazmuni Reja: Kirish



Yüklə 42,93 Kb.
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü42,93 Kb.
#149777
  1   2
1-sinfda musiqa o`qitishning vazifalarni va mazmuni


1-sinfda musiqa o`qitishning vazifalarni va mazmuni
Reja:
Kirish
1. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari.
2. Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsadi va vazifaiari.
3. Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning ish mazmuni yil chorak mavzulari.
4. Birinchi sinfda boialar cholg‘u asboblariga jo ‘r boiish. 5. Birinchi sinfda musiqiy-ritmik harakatlami bajarish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Boshlangich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o’qitiladigan barchaf anlar qatori musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqainsonhis -tuyrulariniorzu -istaklarini o‘ziga xos badiy tilda ifoda etadi va hissiyotlami faol ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san’ati bilan boialar bog‘chalarida oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali tanish boiadilar. Musiqa madaniyatidarslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlami tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg‘u asboblarida jo ‘r bo‘lish musiqaga ishtiyojlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat -e’tibor uncha to‘liq shakllanmagan boiadi, ular ko‘proq serharakat va uyinga moyil bo‘ladilar. Shuningdek birinchi sinf o‘quvchilari psixologik - fiziologik harakterga ko‘ra, ma’lum darajada xotirasi, nutqi diqqati - e’tibori, ovoz apparatlari to‘liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo‘ladi. SHunga ko‘ra bolalami musiqaga tobora qiziktirishda, butun dars davomida ulami kayfiyatini saqlashda, o‘qituvchi ochiq samimiy, shirin muomalasi va yokimli xatti - harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilami musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan, ulami musiqaviy o"quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra, ulami uch differetsional guruxga bo‘lish lozim. I- guruxga —iqtidorli musiqiy o‘quvi musiqiy qobilyati rivojlangan bolalar kiradi; II - guruxga - musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o‘qituvchi ovoziga tayangan, holda tushadigan bolalar; III - guruxga - sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o‘quvi bo‘sh bolalar kiradi. Musiqa madaniyati darslarida o‘qituvchi o‘quvc-hilami kuydagicha o‘tkazish lozim. Birinchi guruh bolalami orqa qatorga, ikkinchi gurux bolalami oldiigi qatprga, uchinchi guruh bolalarni esa o‘rta qatorga o‘tkazish tavsiya etiladi. Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy o‘quvi o‘sadi va shakllanadi. Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish uchun, ularni har bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda, ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust bo‘lgan c/quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsdagi faoliyat turlari tez -tez almashib turishi, o‘quvchilari zerikmaslik, toliqmaslikni shu bilan birga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi. Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilardamusiqagaqiziqishuyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toyatirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi; 1. 0 ‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o‘quvini rivojlantirish. 2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish. 3. Kuylash malakalami ustirish. 4. Musiqiy badiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik tarbiyalash. Ma’lumki, musiqa - hayot va davr aksidir. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda musiqa darslarini dasturining bosh mavzusi «Musiqa va hayot»dir. Boshlang‘ich sinfda musiqa madaniyati darslari, bolalarning hayotiy tajribalariga tayangan holda, olib borish, badiy ta’lim beruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega. Zeroki, dasturda kuylash va tinglash uchun tavsiya etiladigan qo‘shiqlar va musiqiy asarlar, baxtli bolalik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, tabiatga muhabbat haqida asarlardan iboratdir. Birinchi sinfda bolalar musiqaning harakteri obrazlari orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq (konkret) tushunchalarga aylanadi. SHuningdek, birinchi sinfda o‘quv yili boshida ilk bor olingan bilimlar notagacha bo‘lgan davr deb ataladi. Musiqiy faoliyatlaming birinchi turlariga doir vazifalar, ish mazmunini tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar ashula aytish, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish musiqali uyinlar, qadam tashlash bolalar cholg'u asboblarida jo‘r boiish, musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Birinchi sinfda xor bo‘lib qo‘shiq kuylash - jamoa faoliyati sifatida o‘quvchilami bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bundan bosh miyadagi nerv xujayralari faol qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his - tuygularini faolligini ta’minlaydi, ko‘krak qismi tovush hosil qiluvchi a’zolami artikulyatsiya va nafas organlarini faollashtiradi hamda o‘quvchilaming samarali ishlashga sharoit yaratadi. Boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq o‘rgatish uchun awai shu qo‘shiq tinglanadi so‘ng qo‘shiq crrgatish metodi asosida o‘rgatiladi: 1. Qo‘shiq haqida o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zi (qo‘shiq muallifiari haqida, asaming tarixiy yoki tarbiyaviy ahamiyati haqida, qisqa hikoya qilish, shu asarga doir qiziqarli hayotiy suxbat o'tkazish va rasmlar ko‘rsatish). 2. Qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan toMiq ijro etib berilishi. 3. Qo‘shiqni musiqiy harakteri, uning ifoda vositalari, shakli, janrini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. 4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish. 5. Qo'shiqni ijro sifatlari ustida ishlash (nafas, sof intonatsiya, talaffuz, dinamik belgilar asosida ifodali kuylash). 6. Taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o‘tkazish (savol-javob) ko‘rgazmali materiallar asosida. Bunga misol qilib, darslikdagi quyidagi asarlarni aytishimiz mumkin: «Buvijonim» D.Omonullaeva musiqasi, N.Ruzimuhammedov she’ri, «Baxtiy erkatoy» T.Toshmatov musiqasi, T.Ilxomov she’ri, «Diloromning qo‘shig‘i» D.Omonullaeva musiqasi, H.Muhammad she’ri «Nisholda», R.Tolipov she’ri D.Omonullayeva musiqasi. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni ovoz diapazonini aniqlash va kengaytirigaga aloqida e’tibor berish lozim. Birinchi sinfda o‘quvchilami ovoz diapazoni (DO, - LYa,), keyinchalik esa, ulami ovoz diapazoni kegayib o‘quv yili oxirlarila (DO, - D 0 2)gacha ham boiishi mumkin. Qo‘shiqlarni o‘quvchilarga musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o‘quvi, xotirasiga, talaffuziga ahamiyat beriladi. Qo‘shiqlaming differtsioial guruhlarga bo‘lib o‘rgatish dars samaradorligini oshiradi. Musiqiy o‘quv bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilami qiziqish va musiqiy qobiliyatini yanada ustirish uchun o‘qituvchilami uch guruhga boiib o‘tkazish lozim. Musiqiy o‘quv bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomonidan jarangdor ovozlarini eshitib, ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar. Bu yoshdagi o‘quvchilami ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega bo‘ladi. 0 ‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasini so‘z o‘rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi,, fa,,solb,) boshlab, yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo‘shiq kuylash samaradorligini oshiradi. Musiqa tinglash - darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani idrok etib kiradilar.
Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir A1 -Farobiy aytganidek, «Bu fan tana cog‘lig‘i foydalidir». Bobomiz SHayx Sa’diy «Musiqa odam ruxiningyo‘ldoshidir» - degan edi. SHunday ekan, biz musiqa o‘qitishni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan boshlashimiz lozim. Chunki, boshlang‘ich sinfda maktabda musiqa ta’limotini poydevori quyiladi. Boshlang‘ich maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi - boshlang'ich sinf o‘quvchilarga musiqa san’ati go‘zallik qonunlari asosida o‘rganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta’limning axloqiy - estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi boMib hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish quyidagi vazifa!ami amalga oshirimni maqsad qilib qo‘yadi: 1.0 ‘quvchilarda musiqaga ixlos uyrotish va ulaming musiqiy qobiliyatlarini ritm tuyg‘usini o‘stirish musiqiy o‘quv xotira, diqqat va badiiy didni shakllantirish; 2. 0 ‘quvchilarda milliy musiqa merosimizga va u orqali Ona -Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash; 3. 0 ‘quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish. 0 ‘quvchilarda go‘zallikni ko‘ra bilish va hayotta go‘zallik olib kirish qobiliyatini rivojlantirish. 0 ‘quvchilaming musiqiy ijodkorligini taassurotini boyitishda, tasavvurlarini kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa tinglash darsining boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyat turlari (qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa madaniyati darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini atrofdagi go‘zal narsalami idrok eta olishga va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. «Boshlang‘ich ta’lim uchun Davlat Ta’lim standartlari» asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chikildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalqkuylari vaqo‘shiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o‘z aksini topgan. Dastuming bosh mavzusi «Musiqa va hayot» yil, chorak, dars mavzulari, yil mavzusiga bo‘ysunadi va mantiqiy uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Bu boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisidan ish mazmunini yangi lashni talab etadi. Yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy - nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki o‘quvchiiaming musiqa darsiga bo‘lgan qiziqishini ustirishda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruxida tarbiyalashda va ulami ma’naviyatli, ma’rifatli qilib voyaga yetkazishda o‘qituvchi yetakchi bo‘lib hisoblanadi. Barchaga ma’lumki, har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darsnii olib borolmaydi. Boshlangich sinf musiqa o‘qituvchisi bo‘lish uchun o‘z kasbiga va bolalariga mexr quygan yuksak madaniyatli keng dunyoqarashga eta boigan shaxs boim ogi lozim. U pedagogika, psixologiya, boialar fiziologiyasining amaliy sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i lozim. Boshlangich sinflarda musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa madaniyati darslari bilan birga u sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini ham tashkil etishi va boshqarishi lozim. Maktabda sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy soatlar o‘tkazish, musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarini olib borish, boshlangich sinf o‘qituvchisi zimmasidadir. Bunga «Mustaqillik bayrami», «Bilimlar kuni», « 0 ‘qituvchilar kuni», «Alifbe bayrami», «Yangi yil», «Navruz bayrami», boialar shoirlari, san’atkorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Bugungi mustaqillik sharoitida ta’lim muammolarini xal qilishda boshlangach sinf musiqa o‘qituvchisi zamon bilan hamnafas qadam tashlab axborot texnologiyasi va ilg‘or pedagogik texnologiya malakalarini tuliq o‘ziashtirish va shular asosida ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etmogi lozim. Mavzuniю Qo;shiq aytsalar, uni avval eshitib idrok etib, so‘ng o‘rganib kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. Musiqa tinglashga doir asarlar shakl va janr jihatidan xilma - xil boim og‘i lozim. Aynan musiqa tinglash vositasida boialar turli o‘zbek xalq cholg‘u sozlari, o‘zbek xalq musiqasidan namunalar («Chertmak», «Dutor bayoti», «Alla», «Dilxiroj») kabi asarlar bilan boialar kompozitorlari va bastakorlar hayoti va ijodi, milliy musihamiz an’analari kuy va qo‘shiqlar bilan tanishadilar. Musiqiy o‘quv bo'sh boigan boialar har tomondan jarangdor ovozlami eshitib ularga taqlid qilib, chiroyli, sof intonatsiy ada kuylashga harakat qiladilar. Boshlangich sinf o‘quvchilari o‘z diqqat - e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish, chapak chalish, qadam tashlash kabi hilma - hil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa boialar musiqiy cholg‘u asboblari (doiracha, bubencha, shiqildoq, marakassa, uch burchak, rumba, barabancha)da jo‘r boiish va ritmik raqs harakatlarini bajarish, bolalami faollashtiradi va dars qiziqarli, mazmunli o‘tadi. Kuylar ohangini o‘quvchilarning xotirasida chuqur o‘mashib qolishi uchun, ular bilan birga kuylash tavsiya etiladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak, musiqani asariami yaxshi esda saqlab qolish uchun kamida 2 - 3 marta eshittirish har gal kuyning yangi qirralari bilan tanishtirib boriladi, musiqa tinglashni esa sodda so‘zli asarlardan boshlab asta -sekin murakkablashtirib borish lozim. Darsning har beshta faoliyati bir -biri bilan uzviy bogiik holda darsning mazmunini bir - butun boiishini ta’minlash lozim. Darsning chorak yil mavzulari bir - biri bilan izchil bogianib bir - birini toidirish kerak.
3-sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik xarakter iga ko’ra 1-2-sinflardan ancha farq qiladi. 2-sinfda olingan bilim va malakalar musiqa qonuniyatiga doir yanada konkret nazariy bilimga aylanadi. Ularning diqqat e’tibori turkun, nutqi ravon bo’ladi, ovoz apparatlari shakllangan ikki ovozlarni kuylash malakasiga ega bo’ladilar. 3-sinf o’quvchilari do1 - re2 (mi2) diapazonidagi bir ovozli va ikki ovozli elementlari bo’lgan qo’shiqlarni ijro qiladilar. Kuylash jarayonida o’z partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi partiyadagilar ovozini eshitib, kuzatib borishlari lozim. Yakka xolda, guruh yoki butun sinf bilan a’capclla qo’shiqlarini kuylash, ovozda asarning mazmimi va xarakterini ochib berishga intilish, o’zi va o’rtoqlarining ijrosiga to’g’ri baho bera olish, ijroda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni sezish va tuzatish, 4/4 o’lchovidagi dirijyorlik harakatlarini bilish, ishoralarga mos kuylash bular 3-sinf o’quvchilarini xor malakalarini maqsadi va vazifalari. O’quvchilarni musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirishda va musiqa qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim ro’l o’ynaydi. 3-sinfda o’quvchilar, 1 va 2 -sinfda о’quvchilar musiqa tinglash bo’yicha egallagan malakalarini takomilashtiradilar, yangi bilimlarni egallaydilar:

  1. tinglayotgan asarning kuyini esda aniq saqlab qolish, ayrim parchalarni kuylab

bera olish;

  1. musiqaning ifoda vositalari 4/4 o’lchovi, punkti,ritmi, intonatsiya, kalitoldida

bitta diyez yoki bitta bemoli bo’lgan tonalliklar;
v) marsh, raqs, qo’shiq haqida kengroq tushunchaga ega bo’lish. Xajm jihatidan
kattaroq bo’lgan asarlarni diqqat bilan oxirigacha tinglash;
g) o’zbek xalq cholg’u asboblaridan tashkil topgan orkestrning ayrim asboblari
bilan yaqindan tanishish:
d) xor turi va ularning o’ziga xususiyatini (bolalar, erkaqlar, ayollar yoki aralash xor
ekanligini) aniqlash;
e) tinglanayotganda asarning xarakteriga ko’ra uning mazmuni mavzuini
aniqlash;
O’qituvchi ijrosidan tashqari gramplastinka yozuvidan, magnit tasmalaridagi yozuvlardan foydalanib, bolalar xori, professional san’atkorlar, cholg’u asboblarida ijro etgan musiqiy asarlar, xalq qo’shiq va kuylarini tinglab idrok etish bilan o’quvchilarni sexrli musiqa olamiga olib kirish badiiy didini, qiziqishini rivojlantirish mumkin. Dasturda 3-sinf o’quvchilarga musiqa savodi bo’yicha ma’lum xajmda bilim berish, nota bilan kuylash malakalarini hosil qilishga ham alohida e’tibor berilgan. Musiqa savodida 3-sinfda o’quvchilar 1 va 2-sinflarda olgan bilimlarini takomilashtiradilar. Ayni paytda yangi malakalarga ham ega bo’ladilar:
a) nuqtali notalar, butun, un oltitalik notalar va pauzalar haqida tushunchaga ega bo’lish;
b) tovush qatorining yarim tonlar bo’yicha bo’linishini bilish. Butun ton haqida tushunchaga ega bo’lish, major va minor ladlarini bilish;
v) altratsiya belgilari bilan batafsil tanishish va kuylaganda unga amal qilish. Musiqa asarlarini tinglab qaysi dinamik tusda ijro etilayotganini aniqlay olish;
g) metr-ritm, takt va o’lchov haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lish, ijro etilayotgan kuyning o’lchovini aniqlay olish. Bunda milliy usullardan foydalanish;
d) turli o’lchovdagi notalarni, skripka kalitini yoza olish;
Musiqa savodidan notaga qarab kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O’qituvchfhi qo’l harakatiga qarab va ularni qo’llarini harakatga keltirib turli mashqlar qoshiqlarni kuylay oladigan bo’lishadi.
3-sinf oquvchilarning musiqa darsiga qiziqishlar yanada ortib borishga qaramasdan, darsning har bir elementini tajribalarga asoslanib tushuntirish lozim. Uchinchi sinf dars rejasini tuzganda ayniqsa, ijodiy yondoshish, uning strukturasini mantiqan bog’lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq belgilash, bolalarda aktiv qiziqish uyg’otib, badiiy emotsional kechinmalarni vujudga keltirish, ularni ovoziga moslab tuzish kerak. O’quvchilar o’quv jarayonida musiqaning hayotiyligini, soddadan murakkabga qarab uzluksiz rivojlanishini musiqaning nazariyasi va janrlarini tuzilishi va mohiyati, boshqa san’at turlari bilan aloqasini o’rganib boradilar.
3-sinfda yil mavzusi: «Musiqada shakl va mazmun»
I-chorak: «Musiqa ifoda vositalari»
II-chorak: «Xor va orkestr»
III-chorak: «Musiqaning tuzilishi»
IV-chorak: «Oddiy musiqa shakllari. Band va naqorat.»
Shuningdek, musiqa darslari yil, chorak mavzulari asosida rejalashtirilib faoliyat asosida o’tiladi.
4-sinfda o’quvchilar psixologik-fiziologik jihatidan hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo’ladilar. Diqqat e’tibori turg’un, jiddiy bo’lgan masalalar ustida fikrlash, xajmiy jihatidan kattaroq bo’lgan musiqani ham eshitishga qodir bo’ladilar. Taqqoslash, izlanish, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o’qituvchi nixoyatda uylab, oqilona ish tutishi lozim. Nag bir darsdan unumli foydalanishi kerak. Bundan maqsad, bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga,dars uslubiga, musiqa san’atiga,ashula ayttrishga qiziqtirishdan iboratdir. 4-sinfda milliy musiqa merosini o’rganish kuchaytiriladi, unga qiyoslab umumbashariy musiqa boyligidan nodir namunalar o’rganiladi. Musiqa san’ati haqida umumlashma nazariy va amaliy bilim-malakalar hosil qiladi. Qo’shiq kuylash malaka ko’nikmalarini rivojlantiradi. 11 yoshdagi bolalarda ovoz ko’krak qismi kengayganligi sababli, tovush ancha kuchaygan bo’ladi. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo’shiq parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib kuylash kerak. Mashq va ashulalar doimo sekin tempdan boshlab o’rgatiladi. Qo’shiq o’rgatishda dirijyorlik uslubida fortepiano cholg’u asbobidan unumli foydalanish lozim. Qo’shiq o’rgatish davomida sof unisonga, ikki ovozlilikka, badiiy ijroga erishish lozim.
Musiqa tinglash jarayonida o’zbek xalq musiqasi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati, o’zbek xalq musiqasining qardosh xalqlar musiqasi bilan yaqinligi va o’xshashligi haqida tanishtirish lozim. O’quvchilarda musiqaga mehr va xavas uyg’otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Musiqa savodining eng muhim ahamiyati quyi sinfda olingan bilim va malakalarga asoslanib, vokal-xor mashqlari va qo’shiqlarni nota bilan kuylash. O’quvchilarning ton va yarim ton haqidagi bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklari va tovush qatorlarini jo’rli va jo’rsiz kuylash, eshitish va taqqoslab aniqlash. 4/4 o’lchovini vokal-xor mashqlari va asarlar musolida o’rganish. Punktir ritmni musiqaning ifoda vositasi sifatida or’ganish. 3/4 va 4/4 o’lchovlarini kuchli va kuchsiz xissalariga kо’ta taqqoslash yo’li bilan farqlay bilish. Chorak, yarim va butun notalarni hamda shu o’lchovdagi pauzalarni bilish. 2/4, 3/4 va 4/4 o’lchovli mashq va qo’shiqlarni tinglash va kuylab taktlash, tinglash uchun
berilgan asarlarni tahlil qila olishdir. Kalendar mavzuli reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga olgan xolda chorak yil mavzulari hisobga olib, reja tuziladi.
IV-sinfda yil mavzusi: «Xalq musiqa ijodi»
I-chorak: «O’zbek xalq musiqasining ommaviy janri»
II-chorak: «Xalq ashulalari va ashula yo’lidagi kuylar.
O’zbek musiqasida bastakorlik uslubi»
III-chorak: «Kompozitorlik uslubi haqida ma’lumot»
IV-chorak: «Kompozitorlar ijodida xalq musiqasi namunalari»
Shuningdek, ta’lim jarayonida 4-sinf o’quvchilar quyidagilar haqida bilim va malakalarga ega bo’ladilar:
O’rganilgan asarlarning nomlari va muallif chiziq ijodkorlarini bilish: xalq musiqaning badiiy boyligi, tarixiy va madaniy jitxatidan rang-barangligi va go’zalligi, uning janrga boyligini ta’riflab berish. O’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari (terma, qo’shiq, lapar, yalla va cholg’u kuylari) ni bilish va ularning badiiy xususiyatlariga ko’ra ajrata olish. O’zbek musiqa amaliyotida ijodning uch uslubi ommaviy, xalq musiqa ijodi, bastakorlik hamda kompozitorlik ijodlari mavjudligi haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.
1-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal-qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilish zarur. 1-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xapakteriga ko’ra ma’lum darajada xotirasi to’liq rivojlanmagan, diqqat-e’tibori, ovoz apparatlari to’la shakilanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, ovoz diapazonlari cheklangan bo’ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo’shiq kuylash bolalar ovoz apparatlarining shakillanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars strukturasini buzib, musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o’rnida ham qo’shiq kuylatish xollariga yo’l qo’yish tavsiya qilinmaydi. O’quvchilarning ovoz apparatlariga putur yetkazmaslik ovozni saqlashning muhim sharti birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash, ishchi diapazonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Kichiq maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo’ladilar. 1-sinfdan boshlab o’quvchilarning vokal va xor malakalari takomillashtirib boriladi. O’tirib va turib kuylaganda gavdani to’g’ri tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, garmonik intervallarni to’g’ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan xolda (mayin ovozda, yoqimli) kuylash ustida muntazam ravishda ish olib boriladi. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda ashula o’rganishdan oldin maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan avval o’quvchilarni ishchi diapazonining prima (o’rta) tovushlaridan boshlab pastga tomon yo’naluvchi tetraxordlardan foydalaniladi. Nafas esa me’yorida, shovqinsiz, yelkani ko’tarmay, o’z vaqtida olish va mayin atakada kuylashga alohida e’tibor beriladi. «Qattiq ataka» boshlang’ich sinflarda juda kam ishlatiladi. Chunki, qattiq atakada kuylash xali juda ham nafis bo’lgan ovoz apparatlarining zo’riqishiga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun dasturdagi qo’shiqlarda o’qituvchining o’zi o’quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlarni hisobga olgan xolda tanlab oladi.
Repertuarga kiritilgan musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarini nazarga olgan xolda, mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil bo’lmog’i kerak. Ushbu asarlar ularni xis-tuyg’ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va tabiatni aks yettirishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni hayotiy tajribalariga asoslangan xolda har bir musiqa zamirida ma’lum xis-tuyg’u va fikrlar aks yettirilishi haqida tushuntirishi kerak. Birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o’zidan paydo bo’lmasligi, uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib yaratishi haqida suhbat o’tkazadi. Buning uchun «Musiqani kim yaratadi?», «Kim ijro etadi?», «Kim tinglaydi?», - degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’rganiladigan asarlarning xarakterlarini obrazli qilib ifodalansa, bolalar uni tushunib mazmunini aniq qilib ochib beradilar.
Dasturda o’quvchilarga musiqa savodi bo’yicha ma’lum xajmda bilim berish, nota bilan kuylash malakalarini hosil qilishga ham alohida e’tibor berilgan. Darsning bu turida tovush qator bosqichlarining baland-pastligi, nota chiziqlariga joylashuvi, pauzalarning uzun-qisqaligi, o’lchov, major va minor ladlari, dinamik tuslar kabi musiqaning nazariy elementlari bilan tanishadilar.
1-sinfda musiqa savodini o’rganish yuzasidan o’quv yilining oxiriga kelib bolalar musiqa haqida quyidagi bilim va malakalariga ega bo’ladilar:

  1. birinchi oktavadagi notalarni yaxshi bilish;

  2. chorak va yarimtalik notalarni eshitib farq qila bilish va yoza olish;

v) bolalar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib va notalarning nomlarini
aytish bilan bir vaqtda, ularni nota yozuvidan kuzatib borganlari xolda,
birinchi oktava doirasida kuylash;
Musiqa tinglash darsning boshidan oxirigacha amalga oshadi. Agar 1-sinf bolalari sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak, ular musiqani idrok etib kiradilar.Ashula aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib, so’ng organib kuylaydilar.
Raqsga tushganda ham musiqani tinglab borib uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. Faqatgina musiqa tinglashgina o’quvchilarni chin ma’nodagi keng musiqa olamiga olib kirishi mumkin, chunki ashula aytganda ular taqat o’z ovozlari imkoniyatlariga ko’ra bolalar qo’shiqlarini kuylaydilar. 1 -sinf o’quvchilar turli xarakter va janrlardagi musiqa asarlarini eshitish bilan birga, xilma-xil cholg’u asboblari, ularning sadolari va tovush tembrlari bilan ham tanishadilar. O’quvchilar asarni qayta-qayta eshitganlaridagina uni yaxshi o’zlashtirib, puxta esda saqlashlari va sevishlari mumkin. Asar bilan tanishish jarayonida uning haqida oq’ituvchining qisqa, omma qiziqarli va obrazli kirish so’zlari, asarning janri, tuzilishi, mazmuni, ifoda vositalari va badiiy obrazlari haqidagi qiziqarli suhbatlar muhim ro’l o’ynaydi.
Shunday qilib, 1-sinfda bolalar musiqaning xarakteri va obrazlari haqida, uning oddiy qonuniyatlari haqida umumlashma bilim va nisbiy tushunchalarga ega bo’ladilar, bu shartli ravishda notaga bo’lgan davr deb ataladi. Musiqa elementlari asosan qo’l bilan kuy harakati, tovushlar baland-pastligi, uzun-qisqaligi:
Qo’shiq haqida o’qituvchining qisqacha kirish so’zi (mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlar, hayotiy ahamiyatlar va boshqalarni hikoya, suhbat yo’li bilan qisqacha bayon etish); qo’shiqni ijro etib yoki gram yozuvida eshittirish; suhbat yo’li bilan qo’shiqning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmunini aniqlash hamda ayrim ijro uslublarini belgilash; qo’shiqni musiqali jumlalarga bo’lib o’rgatish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash; qo’shiqni ijro etish va qo’shiq haqidagi bolalar taasurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o’tkazish, ya’ni umumlashtirish.
Birinchi sinfda yil mavzusi «Biz musiqani sevamiz» , chorak mavzulari esa:
I-chorak: «Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar»
II-chorak: «Musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar»
III-cnorak: «Xushnavo cholg’ularimiz»
IV-chorak: «Xushnavo cholg’ularimiz»
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z diqqat-e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib tura olmaydilar, tezda charchab qoladilar. Shuning uchun bu sinflarda fizqult pauza daqiqalaridan foydalaniladi. Musiqa darslarida fizqult pauza daqiqalari o’rniga ijroga ritm berib borish, chapak chalish, bir joyda turgan xolda qadam tashlash, takt xissalarini sanash, dirijyorlik elementlarini qo’llash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqa asboblarida chalish va raqs harakatlarini bajarish ularni darsga faol jalb qilishga qo’l keladi. Bu harakatlar o’quvchilarning fikrlarini faollashtiradi, dars qiziqarli o’tadi.
Xulosa
1-sinfda olingan bilim va hosil qilingan malakalar 2-sinfda chuqurlashtiriladi va takomillashtiriladi. Yangi materialni o’rganishga kirishuvdan oldin avvalgi sinfda o’rganilgan materialni takrorlash va mustahkamlash zarur.
Ikkinchi sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga kо’ra
1-sinf o’quvchilariga o’xshash bo’ladi. Ularning diqqat-e’tiborini turg’unligi ham yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Chunki, ular o’yin bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ko’proq qiziqadilar. 2-sinfda vokal-xor ishiga e’tibor kuchayadi va
1-sinfda egallagan malakalarni takomillashtiradi. Masalan, kuylaganda o’zini erkin tutish, ovoz apparatlarida va musqullarda zo’rikish bo’lmasligiga erishish, chuqur nafas olish malakalarini o’stirish; tez sur’atli asarlarni qo’yilganda jumlalar oralig’ida nafas tez va yetarli ola bilish; uzunroq frazalarni kuylaganda nafasni me’yorida olish va bir maromda sarflay bilish; unlilarni to’g’ri talaffuz etish; undosh tovushlarni burro va aniq talaffuz qilish; unisonda (bir ovozlikda) dinamik tuslarga to’la rioya qilgan
xolda; sof va tiniq intonatsiyada ta’sirli qilib kuylash; 3/4 va 2/4
o’lchovlarida dirijyorlik harakatlarini tushunish; o’qituvchi asarga
dirijyorlik qilganda uning qo’liga qarab ko’pchilik bilan birgalikda nafas
olish, ijroni boshlash, dirijorlik ishorasiga amal qilgan xolda ijroni
to’xtatish.Musiqa tinglash musiqa faoliyatlarining yetakchisi hisoblanadi. Zero, darsda qo’llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 42,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin