2) Yuridik shaxslar tomonidan to'lanadigan yer solig'i
3) Jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan yer solig'i
4) Xulosa
1. Soliqlarning iqtisodiy tahlili. Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliq deganda Soliq Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
Qo'shilgan qiymat solig'i
Aksiz solig'i
Foyda solig'i
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq
foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
Suv resursidan foydalanganlik uchun soliq
Mol-mulk soligi
Yer solig‘i
Ijtimoiy soliq.
Soliq to‘lovchilar:
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. 51-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar
2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i 424-modda. Umumiy qoidalar
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydi
425-modda. Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar soliq to'lovchisi hisoblanadi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
426-modda. Soliq solish obyekti
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
2) aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar;
5) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
6) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
427-modda. Soliq bazasi
Quyidagilar soliq bazasidir:
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati.
428-modda. Soliq imtiyozlari
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalar.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
magistral issiqlik trassalari;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
429-modda. Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda Farg'ona viloyatida 33mln so'm deb baholanadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
430-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi.
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay
432-modda. Soliqni to‘lash tartibi
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.