1. tadbirkorning huquqi tadbirkorning majburiyati shartnoma majburiyatlarini bajarish



Yüklə 94,29 Kb.
səhifə1/17
tarix27.06.2023
ölçüsü94,29 Kb.
#135409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. tadbirkorning huquqi tadbirkorning majburiyati shartnoma majb (1)


1-Mavzu: Ta’sis hujjatlarda o‘z ifodasini topishi zarur bo’lgan muhim jihatlar.
Reja:
1.TADBIRKORNING HUQUQI
2.TADBIRKORNING MAJBURIYATI
3. SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARISH
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval uning mas’uliyatini to‘liq his etish lozim. Tadbirkorlik mas’uliyati, eng avvalo, qonun hujjatlarida belgilab berilgan huquq va majburiyatlarning bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi. Tadbirkorning huquqi – davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi belgilangan yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi. Masalan, tadbirkorning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: – qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish; – mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; – o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlash; – barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etish; – kreditlar olish, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini hamda molmulkini shartnoma shartlari asosida jalb etish; – tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. Tadbirkorlik mas’uliyati ko‘proq tadbirkor tomonidan majburiyatlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi. Tadbirkorning majburiyati – davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi. Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar – davlat idoralari, korxonalar va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boradi. Shunday ekan, u eng avvalo mazkur shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim. Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mavjud bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaqtida yoki yetarli hajmda yetkazib berilmasligi – mamlakatda narx-navoning keskin o‘sishi hamda ocharchilikning kelib chiqishiga; korxonalarga xomashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi – ishlab chiqarishning qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtisodiyotning inqirozga yuz tutishiga olib keladi. TO‘LOVLARNI O‘Z VAQTIDA TO‘LASH Tadbirkor o‘z faoliyati natijasida kelib chiqadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi zarur. Aks holda, davlat budjeti daromad qismining bajarilmasligi va budjet taqchilligining paydo bo‘lishiga olib keladi. Oqibatda, davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi korxona va tashkilotlar moliyaviy ta’minotiga putur yetadi, ularning ishchi va xodimlari o‘z vaqtida maosh olmaydi, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar kechikadi. Tadbirkor agar o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan foydalansa, ishchi va xodimlarning ish haqi va boshqa ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishi lozim. O‘z vaqtida va mehnatiga munosib miqdorda ish haqi olmagan ishchining mehnat unumdorligi pasayadi. Oqibatda boshqa ishga 72 o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bularning barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. QONUN HUJJATLARI TALABLARIGA RIOYA ETISH Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etish kerak. Chunki yetarli darajada yoritilmagan, issiqlik bilan ta’minlanmagan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yish mumkin bo‘lgan sharoitda ishchilar yuqori unum bilan ishlay olmaydi. Qolaversa, buning oqibatida ro‘y bergan noxush holatlar, baxtsiz hodisalarga ish beruvchi – tadbirkor to‘liq javobgar bo‘ladi. Ekologiya, ya’ni atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qilmaslik, ishlab chiqarish chiqindilarini aholi yashash punktlariga, suv havzalariga tashlash, zaharli modda yoki gazlar chiqishining oldini olmaslik, avvalo, shu korxonadagi ishchi va tadbirkorning, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining sog‘lig‘iga putur yetkazadi. HALOL RAQOBATLASHUV Boshqa tadbirkorlar bilan raqobatlashganda faqat uning ruxsat etilgan (halol raqobat) turlaridan foydalanilishi, ayni paytda, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi lozim. O‘z raqiblarini qo‘rqitish, ularning tijorat yoki sanoat sirlarini o‘g‘irlashga harakat qilish, mol-mulkiga qasddan ziyon yetkazish, raqobatchilarni sindirish uchun demping narx, ya’ni mahsulotni o‘z tannarxidan past bo‘lgan narxda sotish kabi usullar nohalol (g‘irrom) raqobat turlari hisoblanadi. Bunday raqobatlashuvning keng yoyilishi iqtisodiyotdagi barqarorlikning buzilishiga, jamiyatda esa jinoyatchilikning kengayishiga olib keladi. TO‘G‘RI HISOB YURITISH VA HISOBDORLIK Tadbirkor buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishi, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlar- 73 da taqdim etishi shart. To‘g‘ri hisob yuritmaslik oqibatida tadbirkorning moliyaviy natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish, foydani yashirish orqali soliqni pasaytirish holatlari kelib chiqishi mumkin. TADBIRKORNING JAVOBGARLIGI Tadbirkorning javobgarligi belgilangan huquq va majburiyatlarga rioya etmaslik, ularni bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Tadbirkorning javobgarligi deganda tadbirkor tomonidan bajarilmagan shartnoma majburiyatlari, xo‘jalik subyektlari, iste’molchilar, yollanma ishchilar va davlatning poymol etilgan huquqlarini tiklashga yo‘naltirilgan muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirish majburiyati tushuniladi. Tadbirkorning javobgarligi – bu tadbirkor xatti-harakatining belgilangan qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob berish majburiyati. Tadbirkorning javobgarligi mulkiy (moddiy), ma’muriy, jinoiy va axloqiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Huquqbuzarlik subyektiga ko‘ra javobgarlik yakka tartibdagi, guruhiy yoki jamoaviy ko‘rinishlarga ajralishi mumkin. Yakka tartibdagi javobgarlikka tadbirkorlik faoliyati sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun alohida jismoniy shaxs, guruhiy javobgarlikka – jismoniy shaxslar guruhi, jamoaviy javobgarlikka – yuridik shaxslar ega bo‘ladi.

Yüklə 94,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin