3-Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatiga innavatsion ishlanmalarni joriy etish.
REJA:
1.INNOVATSION FAOLIYATNING ASOSIY KO’RINISHLARI
2. INNOVATSIYA - IQTISODIY QUDRATNI YUKSALTIRISH OMILI SIFATIDA
3. ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BANK BIZNESINING YANGI UFQLARINI OCHMOQDA
1. INNOVATSION FAOLIYATNING ASOSIY KO’RINISHLARI
Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bo’gliq qo’shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayondir. 2006 yil 7 avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishning muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining Qarori va 2007 yil 7 sentyabrdagi “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining, O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qarorida quyidagi ta’rif taklif etiladi: ”Innovatsion faoliyat – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va amaliy qo’llash bo’yicha ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish”.
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish mumkin:
Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy – tadqiqotchilik, tajriba- konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;
Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish;
Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
Innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy – texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish;
Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza , maslahat, axborot, yuridik va boshqa
xizmatlar ko’rsatish;
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.
Innovatsion faoliyat subyektlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy
shaxslar;
Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;
Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellectual mulk egalari:korxona loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;
Innovatsiyalar amalga oshirishda kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondler, korporatsiyalar, lizing firmalari va b.;
Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar:konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va b.;
Innovatsion faoliyatni boshqarish , muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari.
Subyektlar o’rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munsabatlar
vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari quyidagilar hisoblanadi:
Muayyan innovatsiyalarni o’zlashtirish natijalari va texnologiyalarni
belgilab beradigan innovatsion loyihalar;
Yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik samarani ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o’zlashtirish;
Fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar.
Dostları ilə paylaş: |